O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
IV bob bo‘yicha qisqacha xulosalar
Download 0.69 Mb.
|
3. Маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV bob bo‘yicha savollar
IV bob bo‘yicha qisqacha xulosalarInvestitsiya loyihalarini saralash, tanlash va moliyalash- tirishdan oldin uning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari hamda maqsadli ko‘rsatkichlari qayta ko‘rib chiqiladi. Loyihalarni tahlil qilishda 1960-yillardan keng qo‘llanilib kelayotgan diskontlash nazariyasi va metodologiyasidan foydalaniladi. Loyihadagi kelgusi qiymatlarni (pul oqimlarini) diskontlash koeffitsiyenti yordamida joriy qiymatga keltirish diskontlash demakdir. Diskontlash koeffitsiyenti valutaning qayta moliyalashtirish stavkasiga bog‘liqdir. Diskontlash koeffitsiyenti yordamida pul oqimlarining joriy va kelgusi qiymatlari hisoblanadi. Investitsiya loyihalarini baholashda annuitetlardan foy- dalaniladi. Joriy va kelgusi davr annuitetlari bo‘lib, ularni hisoblash usullari mavjud Аsosiy fondlarning amortizatsiyasiga annuitetlar o‘xshab ketadi. Renta qiymati ko‘rsatkichi loyihalar tahlilida qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlardan biridir. Аnnuitetlardan investitsiya loyihasining mablag‘larini qaytarish grafigi keltirib chiqariladi. Banklardagi depozitlarni hisob-kitoblari diskontlash nazariyasi va usullariga asoslanadi. Аnnuitetlarni qo‘llash shartlarini va o‘rnini bilish lozim. IV bob bo‘yicha savollarInvestitsiya loyihalarini baholashda qanday usullar mavjud? Diskontlash nazariyasi nima? Diskontlash koeffitsiyenti qanday aniqlanadi? Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi nima uchun o‘zgarib turadi? Joriy qiymat (PV) qanday aniqlanadi? Kelgusi qiymat (FV) qanday aniqlanadi? Аnnuitetning joriy qiymati (PVА) qanday aniqlanadi? Аnnuitetning kelgusi qiymati (FVА) qanday aniqlanadi? Аnnuitetning joriy qiymati (PVА) ning iqtisodiy mazmuni nima? Аnnuitetning kelgusi qiymati (FVА) ning iqtisodiy mazmuni nima? Аnnuitetni amalda qo‘llanilishiga misol keltira olasizmi? Depozitga 550 000 so‘m mablag‘ingizni 4 yil muddatga qo‘ygan bo‘lsangiz, uning foiz stavkasi yiliga 21% ni tashkil etsa, 4 yilan keyingi pulingiz qanchaga teng? Depozitga 1 500 000 so‘m mablag‘ingizni 3 yil muddatga qo‘ygan bo‘lsangiz, uning foiz stavkasi yiliga 20% ni tashkil etsa, 3 yildan keyingi pulingiz qanchaga teng? Depozitga 2 550 000 so‘m mablag‘ingizni 4 yil muddatga qo‘ygan bo‘lsangiz, uning foiz stavkasi yiliga 23% ni tashkil etsa, 4 yilan keyingi pulingiz qanchaga teng? 5 550 000 so‘m mablag‘ingiz 2025-yildagi kutilayotgan mablag‘ingiz bo‘lsin. Uni 2019-yilgi joriy qiymati qancha so‘mga teng, agar k=20% teng bo‘lsa? 2025-yildagi kutilayotgan mablag‘ingiz 2 550 000 so‘mga teng bo‘lsin. Uni 2019-yilgi joriy qiymati qancha so‘mga teng, agar k=20% teng bo‘lsa? Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling