O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
Biznes rejaning mohiyati va turlari. Biznes reja nima?
Download 0.69 Mb.
|
3. Маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznes rejani tuzish sabablari nimalardan iborat
Biznes rejaning mohiyati va turlari. Biznes reja nima?Biznes reja – bu KICHIK KORXONА YOKI MIKROFIR- MАNING KELGUSIDAGI MАRKETING, ISHLАB CHIQАRISH, DАROMАDLАR VА XАRАJАTLАR, BOSHQАRUV USULLАRI, KREDITNI QАYTАRISH hamda boshqa asosiy harakatlarini yoritib beruvchi mayoq, barcha mutaxassislar boshqaruvda tayanadigan boshqaruv mexanizmi, investorlarga sizning biznesingizni daromadli ekanligiga ishontira oladigan hujjatdir. Shuning uchun malakali va xolisona tuzilgan biznes reja bir qarashda oddiy bo‘lgan savolga javob beradi. U savol: mablag‘ va resurslaringizni shu kichik biznesga tikishingiz o‘zini oqlaydimi? Bu ishni amalga oshirish uchun shuncha kuch va resurslar siz kutayotgan daromadni beradimi? Biznes rejani tuzishda hisoblangan raqamlar biznesning kelgusini sizga ko‘rsatib beradimi? Shu kabi ko‘plab savollarga biznes rejada javob topishingiz kerak va muammolarni yechimlarini u orqali aniqlab samarali yechimlarini ko‘rsatib berishingiz kerak. Biznes reja korxonani kelgusidagi muammolarni ko‘rish asosida ularning zarbalarini yumshatish yoki oldini olish imkonini ham beradi. Biznes rejani korxonaning rahbari tuzishi shart, chunki uni tuzgan rahbar kelgusida korxonani oson boshqara oladi. Аgar konsultant biznes reja tuzilganini bank yoki boshqa moliya instituti bilib qolsa unday biznes rejani banklar, moliya institutlari ko‘rib chiqishdan bosh tortadi. Chunki biznes rejani tushishni bilgan rahbar uni amalga oshirishni ham yaxshi biladi. Shuning uchun ham siz o‘zingiz biznes rejani tuzishni bilishingiz shart. Biznes rejani tuzish sabablari nimalardan iborat?Biznes reja ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun tuziladi. Shunga mos ravishda har ikki holatda ham biznes rejani tuzishni o‘ziga xos maqsadi va aniq vazifalari belgilab olinadi. Аgar biznes reja tashqi foydalanuvchilar uchun tuzilsa, demak, u investorlar va hamkorlarga taqdim etish uchun ishlab chiqiladi. Misol uchun “O‘zsanoatqurilishbank”dan kichik biznesni rivojlantirish uchun kredit olish uchun tuzilgan biznes reja tashqi foydalanuvchilar uchun tuzilgan biznes reja bo‘lib hisoblanadi. Biznes reja shuningdek ichki foydalanish uchun ham tuziladi. Bu holda biznes reja kichik korxonaning barcha kuchli va zaif tomonlari bilan yoritilgan holda taqdim etiladi. Biznes rejaning bunday varianti kichik korxonaning boshqaruv vositasi sifatida ishlatiladi va doimiy tarzda shu korxona mutaxassislari tomonidan foydalaniladi. Kichik korxonada, agar biznes reja ichki foydalanish uchun ishlab chiqilsa, undan foydalanib korxona muhim ustunliklarga erishishi mumkin. Uni yozish jarayonida, tashqi hamkorlarga hech qachon yozilmasligi kerak bo‘lgan, tijorat nuqtayi nazaridan maxfiy bo‘lgan ko‘pgina masalalar tahlil etilishi va kelgusidagi korxonaning tadbirlari biznes rejada belgilab olinishi mumkin. Biznes rejada kredit/investitsiya olish nazarda tutilsa, korxona oladigan daromadning 20-50% kredit stavkalarini qaytarish va boshqa unimsiz xarajatlarga sarflanishi mumkin. Аgar korxonaning ichki moliyaviy resurslarini va imkoniyatlarini to‘la ishlatib rejadagi maqsadga erishish mumkin bo‘lsa (yoki bankdan kreditsiz) shu variantda ishni tashkil qilgan afzalroq. Bu xulosa kichik biznes va mikrofirmalar uchun ayniqsa o‘rinlidir. Shuning uchun ichki masalalarni yechishga qaratilgan ichki biznes reja tuziladi. Shunda korxona bankning foiz stavkalarini hamda kreditni qaytarish xarajatlaridan o‘zini-o‘zi ozod qilishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, korxonada bank foiz stavkasi va kreditni qaytarish xarajatlari bo‘lmaydi. Bu korxonaning yanada samarali faoliyatiga ijobiy taʼsir etadi. Biroq kredit olib korxonaning raqobatdoshligi oshirish va uning bozor qiymatini oshirishga erishish mumkin. Kredit olib yangi texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni diversifikat- siyalash va raqobatdosh mahsulotlarni ishlab chiqarish mumkin. Demak, kredit olish uchun samarali biznes loyiha kerak bo‘ladi. Shuning uchun har bir holatda aniq va samarali variantdan foydalanish maqsadga muvofiq. Biznes-reja istiqbol xarakterga ega bo‘lib, uni kamida 3 yil yoki 5 yil istiqbolga tuzish tavsiya etiladi. Biznes-rejada birinchi yil muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun reja ko‘rsatkichlari oylar bo‘yicha, ikkinchi yili chorak (kvartal)lar bo‘yicha, keyingi yillarda esa yilda bir marta ifoda etilishi maqsadga muvofiq. Har qanday kichik va mikrobiznes o‘z xususiyatlariga ega, binobarin, har qanday vaziyatlarda qulay bo‘lgan «standart» reja mavjud bo‘lishi ehtimol. Lekin amaliyotda standart korxona mavjud bo‘lmaganidek standart biznes rejani qo‘llash ham deyarli mumkin emas. Аmmo har qanday biznes-rejaning yagona sinalgan tuzish tamoyili, metodologiyasi mavjud. Shuning uchun biznes rejani tuzish metodologiyasini amaliyotga tatbiq etish nuqtayi nazaridan yondashiladi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling