O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi


Bitiruvchi talaba Tayyorgarlik Tadbirkorlik


Download 0.69 Mb.
bet38/112
Sana20.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1628793
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   112
Bog'liq
3. Маъруза матни

Bitiruvchi talaba Tayyorgarlik Tadbirkorlik






2-rasm. Bitiruvchi talabaga tadbirkorlik talabi.

Аslida biznes reja sizga, biznes asoschisiga kerak. Shu bilan birga u investorlarga shuningdek kichik biznes hamkorlariga kerak. Biznes rejani tuzishingiz uchun siz chuqur marketing maʼlumotlariga ega bo‘lishingiz va biznesni barcha qirralarini tahlil qilgan bo‘lishingiz kerak. Fikrlarni va dalillarni biznes rejaga yozish va tahlil qilish sizni g‘oyangizni qanchalik haqqoniy ekanini yaqqol ko‘rsatadi. Аks holda biznes rejasiz hatto kichik biznesni kichik xarajatlari, qaltisliklari ham sizni qiyin ahvolga soladi. Bitiruvchi talabalarning barchasi ham tadbirkor bo‘lavermaydi. Buning uchun tayyorgarlikdan o‘tish va tadbirkorlikni sevish kerak.


Biznes rejani yozish uchun siz tashkil etayotgan biznesni mukammal bilishingiz, biznes taʼlimiga va maʼlumotiga ega bo‘lishingish zarur. Biznes rejani mukammal tuzish doimo va muttasil izlanishni taqozo etadi. Shu sababli, quyidagi hayot tajribasi o‘rinlidir.

Ikromning kichik biznesdagi saboqlari (keys stadi)


Farg‘ona shahridagi tadbirkor Ikrom Olimov sovet davrida quril- gan to‘qimachilik kombinatining eski stanoklarini sotib olib doka va buz mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Buning uchun u o‘z mablag‘lari va qarindoshlaridan qarzga olingan mablag‘larini sarfladi. Uning bunday qaror qilishiga asosiy sabab xuddi shunday tadbirkorlik bilan shug‘ullanib biznesini rivojlantirayotgan, avval institutda birga o‘qigan qo‘qonlik do‘sti Botirning ijobiy tajribasi bo‘ldi. Botir xuddi shunday stanoklarni sotib olib to‘qimachilik sohasida kichik biznesini rivojlantirayotgan edi. Bundan Ikromning yaxshi xabari bor edi. Shu yillari xuddi shunday biznes bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar Аndijonda, Namanganda, Buxoroda va O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida ko‘payib bordi. Bunga asosiy sabab sovet davrida qurilgan gigant to‘qimachilik kombinatlarining stanoklari yaroqsiz bo‘lib ularni kasotga uchragani edi. Kasodga uchragan kombinat- larning stanoklarini qoldiq baholarda kichik biznes tadbirkorlari sotib olib o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘ymoqda edilar.


Dastlabki yillarda Ikromning kichik korxonasi daromad ola boshladi. U bozordagi xaridorlarini va talabni aniqroq bilib oldi.
Keyinchalik Ikrom biznesni yo‘lga qo‘yishda, xomashyolarni o‘z vaqtida sotib olish, sifatli va raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishda qiyinchiliklarga duch keldi. Аylanma mablag‘larning yetishmovchiligi ishlab chiqarishni barqarorligiga putir yetkazdi. Doka va bo‘z mahsulotlari bozorida bozor konyukturasi o‘zgara boshladi. Natijada maʼlum vaqtdan boshlab mahalliy bozorda mahsulotni narxi arzonlashdi, bozorda talab sifatli dokaga va keng enli bo‘z mahsulotga ko‘paya boshladi. Ikrom biznesining texnologik imkoniyatlari bu talabni qondira olmadi. Uning texnologiyasi ensiz bo‘z va doka ishlab chiqarishga moslashgan edi. Keyinchalik uning doimiy xarajatjari ko‘payib kreditorlik qarzlari oshib bordi, uning kichik korxonasi kasodga uchrash arafasida qoldi. U biznesni davom ettirishi uchun biznesni diversifikatsiyalashi, yangi texnologiyani joriy etishi zarur ekanligini tushundi. Biznesdagi o‘zining ijobiy tajribasini va kamchiliklarini tahlil qilib, u biznesni tashkil etishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini tan oldi.
Muhokama uchun savollar.
Ikrom Olimovning biznesni tashkil etishda va boshqarishda yo‘l qo‘ygan qanday xatolari bo‘lishi mumkin?
Respublikada ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, diver- sifikatsiyalash va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb etish borasidagi ustuvor talablarga Ikromning biznesini aloqadorligini tahlil qiling va tushuntiring?
Ikrom biznes tashkil etishdan oldin marketing tadqiqoti olib bordimi?
Ikrom biznes rejani ishlab chiqishni biladimi? Ikrom nima ishlab chiqarishi kerak?
Uni qanday ishlab chiqarishi kerak? Kimlar uchun ishlab chiqarishi kerak?
Qanday taklif va tavsiyalarni bergan bo‘lardingiz?
Oliy taʼlim o‘quv yurtlari bitiruvchilarini tadbirkorlikka jalb etishga mamlakatimiz hukumati va O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi alohida eʼtibor bermoqda, bitiruvchilarga qator imtiyozlar va imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Ular tomonidan o‘z kichik va mikrobizneslarini ochishga qaratilgan harakatlarini qo‘llab- quvvatlash maqsadida ushbu o‘quv-uslubiy majmua yaratildi va seminar-trening tashkil etilishi rejalashtirildi.
Yuqoridagi keys stadidan asosiy xulosa shuki, Ikrom biznesni ochishdan oldin chuqur marketing tadqiqoti olib bormagan, biznesning barcha imkoniyatlari va muammolarini raqamlarda, dalillarda rejalashtirmagan, qaltisliklar va xatarlarni ko‘rmagan. Raqobatchilarini yaxshi o‘rganmagan. Xulosa qilib aytganda, pishiq puxta biznes rejasiz biznesni do‘stining tajribasi asosida tashkil etgan. Mavjud muammo- larni hal qilishi uchun, biznesni diversifikatsiyalash va modernizat- siyalash uchun yana biznes reja ishlab chiqish uning kun tartibida yana ko‘ndalang bo‘ldi. Umuman olganda, biznes reja tuzish va investitsiya jarayoni bilan shug‘ullanish korxonada doimiy tarzda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarorida “patent asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni taʼminlovchi startap-investitsiya loyihalari, innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan investitsiya loyihalari,
shuningdek, import o‘rnini bosadigan va eksportga yo‘naltirilgan raqobatbardosh mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda yaratiladigan yangi ish o‘rinlarining kamida 70 foizi yoshlar uchun mo‘ljallangan, shu jumladan, bandligi taʼminlanmagan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ish bilan taʼminlash nazarda tutilgan investitsiya loyihalari Yoshlar sanoat zonalari hududida joylashtirilishida ustuvorlikka ega bo‘ladi” deb ko‘rsatib o‘tilgan. Endi biznes rejada innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va boshqaruv usullarini amalda qo‘llash zarur bo‘lmoqda.



    1. Download 0.69 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling