O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi


Oddiy marketing tadqiqoti jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi


Download 0.69 Mb.
bet46/112
Sana20.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1628793
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   112
Bog'liq
3. Маъруза матни

Oddiy marketing tadqiqoti jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi


Sizni biznesingizga kerak bo‘lgan marketing maʼlumotlarini aniqlash. Shu maʼlumotlarni qidirish, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, korxonangiz foydasiga shu maʼlumotlarni ishlatish chora-tadbirlarini ishlab chiqarish. Birinchi galda sizning tovaringizni kim sotib oladi?
Xaridorlar kim? Bozordagi sizning ulushingiz qancha foiz (dona? so‘m?). So‘ngra mahsulot ishlab chiqarishni bashorat (prognoz)qilish, uni sotish bozorini aniqlash, xaridorlarni aniq bilish, ularni nima uchun sotib olishi sabablarini bilish, kelgusidagi 3-5 yillikda qancha sotib olishini hisob-kitob qilish zarur bo‘ladi. Bunday marketing tadqiqoti bosqichma – bosqich amalga oshiriladi va marketing rejasi prognoz qilinadi.
Birinchi bosqichda bozor hajmining salohiyati (hajmi) aniqlanadi. Misol uchun bir oyda ko‘zda tutilgan bozorda sotiladigan makaron mahsuloti (tonna yoki so‘mda) aniqlanadi. Sotiladigan makaronning miqdoriga bir qancha omillar taʼsir etadi: aholi soni, daromadi, milliy urf-odatlar, mavsumning o‘zgarishi, o‘rnini to‘ldiruvchi boshqa tovarlarning (guruch, kartoshka, grechka, go‘sht) narxlaridagi o‘zgarishlar misol bo‘la oladi. Eng asosiy taʼsir etuvchi omillarga iqtisodiy omillar kiradi: aholi daromadlarining ko‘payishi, aholi xarajatlari strukturasidagi o‘zgarishlar, inflatsiya darajasi, unni import qilish bilan bog‘liq maʼmuriy o‘zgarishlar va hokazo.
Ikkinchi bosqichda sizning mahsulotingiz sotiladigan miqdor (mahsulot sotilish salohiyati) aniqlanadi. Misol uchun sizni biznesingizni maqsadli bozori Toshkent shahri bozori bo‘lsin. Unda oyiga 500 tonna makaron mahsuloti sotiladi deb faraz qilaylik. Shundan siz 50 tonnani sotishga erishsangiz sizning biznesingizni hissasi Toshkent shahri bozorida 10%ga teng bo‘ladi. Bozor bilan bog‘liq olib borilgan tadqiqotlar marketing tadqiqoti deyiladi va uning natijalaridan foydalanib marketing rejasi tuziladi. Marketing tadqiqotlari natijasida siz xaridorlaringizni, ularning imkoniyatlarini, har oyda (kunda yoki yilda) sotib oladigan makaron miqdorini bilib olasiz. Bu esa biznes reja uchun juda muhim maʼlumotlardir.
Uchinchi bosqichda xaridorlarga so‘mda qancha miqdorda tovar sotishingizni aniqlaysiz, yaʼni mahsulotni realizatsiya miqdorini aniqlaysiz. Buning uchun makaronni sotish bahosini aniqlash, narx - navo strategiyasini ishlab chiqishingiz kerak. Аlbatta ishlab chiqarish xarajatlari, mahsulotning tannarxi, reklama va boshqa ustama xarajatlarni ham nazarda tutish zarur bo‘ladi. Shuni hisobga olish kerakki, xarajatlar oylar, yillar mobaynida o‘zgarib boradi. Shuning uchun hisob - kitoblar maksimal real bo‘lishi shart. Аna shundan kelib chiqqan holda mahsulot sotish rejasi kelgusi yillarga prognoz qilinadi
rejalashtiriladi. Prognoz qilishning turli usullari mavjud. Kichik korxonalar uchun prognoz qilishda shu sohaning ekspert taxminlaridan keng foydalanadi. Bunday maʼlumotni olish uchun odatda shu sohaning eksperti maslahatchi sifatida shartnoma asosida yollanadi. Ekspertdan tovarni narx strategiyasi, narxi, tovarni xaridorgirlashtirish, tovar differensiatsiyasi kabi savollarga javob olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Eng asosiy maʼlumotlardan biri sizning tovaringizga bozorda xaridorlar qancha pul to‘lashini bilib olishdir. Bunda bozordagi raqobatchilarning belgilagan narxi eʼtiborga olinmasligi kerak. Аks holda siz tovarning bozor narxini aniq bila olmaysiz. Buning uchun anketa so‘rovlari, tovarni xaridorgirlashtirish (promoshen)kom- paniyalari tashkil etiladi. Аgarda siz shu ishlarni aniq va muvaf- faqiyatli o‘tkazsangiz, demak, marketing tadqiqoti sizning biznes rejangizga real va aniq maʼlumotlar beradi va biznes rejaning marketing rejasini tuzishingiz mumkin.



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling