O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi


Download 0.69 Mb.
bet45/112
Sana20.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1628793
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   112
Bog'liq
3. Маъруза матни

Mahsulot


Marketing tadqiqotlari asosida siz ishlab chiqarmoqchi bo‘lgan tovarlar yoki xizmat turlarini aniq bilishingiz, ularni jozibadorligi, raqobatchilarning mahsulotlaridan ustuvorligini ifodalashingiz lozim. Jumladan mahsulot qanday texnologiyada ishlab chiqariladi? Qanday ehtiyojlarni qondiradi? Nimasi bilan siz ishlab chiqarayotgan talab xaridorgir? Mahsulotni jozibadorligini va noyobligini sodda hamda aniq yozib berishingiz kerak.
Marketing tadqiqoti olib borish jarayonida quyidagi savollarga javob topish juda muhimdir: Siz ishlab chiqarayotgan tovar narxda, sifatda, servisda yoki yangi texnologiyasi bilan raqobatdoshmi? Ehtimol u xaridorlarning bir necha ehtiyojlarini qondirar? Unga bazordagi talab hajmi o‘sib boryaptimi?
Аgar korxona bir necha mahsulotlar ishlab chiqarsa va ularni takomillashtirish imkoniyati real bo‘lsa bunday biznes investorlarni ham qiziqtiradi. Uni moliyalashtirishda xatar nisbatan kamroq bo‘ladi. Аgar kelgusi biznes uchun sizda patent yoki mualliflik huquqi bo‘lsa ularni albatta ko‘rsatish lozim. Innovatsion mahsulot va texnolo- giyalarni tatbiq etilishi korxonaga bozorda qonuniy monopolistlik huquqni beradi. Investorlar, hamkorlar shunday korxona bilan ishlashni ko‘proq maʼqul ko‘radilar.

Bozorni o‘rganish va tahli qilish


Bozor va marketing har qanday kichik va mikrofirmalar uchun hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Har qanday yangi mahsulot yoki texnologiya xaridoriga ega bo‘lmasa, u sotilmasa uni ishlab chiqarish foydasizdir. Bozorni tahlil qilish zamonaviy har qanday korxonaning asosiy muammolaridan biridir.
Marketing tadqiqoti va marketing rejasini tuzish biznes rejaning murakkab va mas`uliyatli qismidir. Marketing rejasiga eng avvalo o‘zingiz juda puxta ishonishingiz va so‘ngra bank-moliya instituti va investorlarni ishontirishingiz kerak. Аsosiy javob bo‘lib siz ishlab chiqarayotgan mahsulotga bozor va xaridorlar mavjud, ularning to‘lov qobiliyatlari yetarli darajada ekanligi va mahsulotni sotilishi real bo‘lishi kerak. Аgar biznes reja puxta va real raqamlarga tayansa, uning amalga oshirilishi ham real bo‘ladi. Biroq ko‘p hollarda biznes loyihalarning kasodga uchrashi ularning marketing rejasidagi kamchiliklar bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday muammo hatto rivojlangan mamlakatlarda ham tez-tez uchrab turadi. Siz ishlab chiqaradigan tovarga bozor mavjud va uning hajmi siz rejalashtirayotgan ishlab chiqarish quvvatlaridan kattaroq bo‘lishi kerak. Marketing rejasini tuzishda siz ko‘plab marketing materiallari, maʼlumotlari, raqobat- chilar, tovaringizni ustuvorligi kabi ko‘plab masalalarni umumlash- tirishingiz va tahlil qilishingiz shart.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling