O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
Download 0.69 Mb.
|
3. Маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznes rejaning moliya rejasini ishlab chiqish asoslari
- Moliya rejasi
jadval.Ish haqi xarajatlari
Kichik korxonalarning standart boshqaruv modeli mavjud emas, biroq qonuniy asosi yagonadir. Shu nuqtayi nazardan korxonaning boshqaruv modeli qo‘yida misol sifatida keltirildi. Yuridik huquqiy maqomga ega bo‘lgan (misol uchun, Mas’uliyati cheklangan jamiyat) korxonada bosh direktor, bosh buxgalter va kassir alohida shaxs bo‘lishi kerak. Yuqoridagi boshqaruv modelidan kafe yoki restoran biznesida, kichik transport korxonasida, kichik servis ko‘rsatuvchi korxonalarda foydalanish mumkin. Kassir Ishchilar r asm. Korxonaning tashkiliy strukturasi (shartli misol).Kadrlarni shtat jadvali, ularni moddiy rag‘batlantirish, malakasini oshirish kabi ijtimoiy masalalar boshqaruv modeliga va uning tizimiga uzviy bog‘lanishi lozim. Biznes rejaning moliya rejasini ishlab chiqish asoslariBiznes rejani moliyalashtirish manbalarini ichki va tashqi manba- larga bo‘lish mumkin. Ichki manbaga korxonaning o‘z mablag‘lari (sof foyda, hissadorlarning qo‘yilmalari) kiradi. Agar ichki mablag‘lar yetarli bo‘lsa korxonani o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish maqsadga muvofiq. Shu bilan birga korxonaning raqobatdoshligini oshirish, moderni- zatsiyalash va diversifikatsiyalash tashqaridan investitsiya mablag‘- larini jalb etishni taqozo etadi. O‘z xususiy biznesini ochayotgan oliy ta’lim bitiruvchisi ham kredit hisobidan korxonani rivojlantirishi mumkin. Hozirda O‘zbekistonda 30 ortiq tijorat banklari va ko‘plab xalqaro moliya institutlari kichik biznesni O‘zbekistonda moliyalashtirib kelmoqdalar. Har bir moliya institutining ma’lum talablarini bilib olish va shu talabga javob bera oladigan biznes rejalarini tuzish talab etiladi. Moliya rejasiMoliya rejada biznes reja necha yilga tuzilganligi, mablag‘lar qanday, nima uchun va qaysi muddatlarda ishlatilishi ko‘rsatib beriladi. Eng asosiysi biznes reja orqali mablag‘ni qaytarib berish isbotlab beriladi. Biznes rejada moliya mablag‘lari ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilishga, modernizatsiyalashga va eksportbob mahsu- lotlar ishlab chiqarishga, innovatsion texnologiyalar va mahsulotlarni ishlab chiqarishga sarflanadi va shu jarayonlar rag‘batlantiriladi. Moliya rejada moliya rejasining metodologiyasi, mablag‘lar (kredit)ni qaytarib berish kafolatlari ayniqsa ishonarli va to‘g‘ri ko‘rsatib berilishi kerak. Bank-moliya institutlari ko‘p hollarda investitsiya miqdorining 60-80% ni moliyalashtiradi. Agar korxona ko‘proq qismini o‘z mablag‘lari hisobidan qoplasa, demak investitsiya xatarini korxona o‘z zimmasiga oladi. Bu bank-moliya institutlari uchun ma’qulroq hisoblanadi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling