O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi


Download 0.69 Mb.
bet60/112
Sana20.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1628793
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   112
Bog'liq
3. Маъруза матни

VI bob bo‘yicha savollar





  1. Biznes reja nima va u nima uchun kerak?

  2. Biznes rejani kim va kimlar uchun tuziladi?

  3. Biznes rejasining qanday turlari mavjud?

  4. Biznes reja qanday tartibda va bosqichlarda tuziladi?

  5. Marketing rejasiga asoslar nimalardan iborat?

  6. Marketing tadqiqoti, marketing strategiyasi va marketing rejalarining farqlari va o‘ziga xosligi nimalarda o‘z ifodasini topadi?

  7. Ishlab chiqarish infrastrukturasining biznes rejadagi roli nima- lardan iborat?
  1. BOB. RAQOBATLASHUVCHI INVESTITSIYALAR





    1. Raqobatlashuvchi investitsiyalar haqida tushuncha

Investitsiya loyihasini tahlil qilish jarayonida investitsiyalar maqbulligini asoslashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar bizni turli ziddiyatli xulosalarga olib keladi. Barcha mezonlarga ko‘ra investit- siyalarning yuqori daromadli bo‘lishi kamdan-kam uchraydigan holdir. Buning ustiga bitta investitsiya loyihasining o‘zi bir ko‘rsatkich (masalan -IRR) bo‘yicha o‘zaro farq qiluvchi bir necha miqdorlarga ega bo‘lishi mumkin. Shu sabab, bu mavzuda tahliliy ma’lumotlar ziddiyatli bo‘lgan holatlarda (ayniqsa raqobatlashuvchi investitsiyalar sharoitida) qanday qilib investitsion qarorlar qabul qilish to‘risida fikr yuritamiz. Misol uchun binoni isitish tizimini turli variantlardagi isitish vositalari bilan hal qilish mumkin (misol gaz, ko‘mir va mazut).


Investitsiya loyihalari o‘rtasida raqobat ikki sababga ko‘ra yuzaga keladi:
Birinchidan, noiqtisodiy xarakterdagi sabablarga ko‘ra ikki loyiha bir-birini inkor etadi. Yuk tashish avtomobili 5 va 10 tonnalik bo‘lib, agar 5 tonnalik mashina olinsa u 10 tonnalik yuk tashishi faoliyatini ham olib boradi. Asosiy masala uning investitsiya xarajatlari (sotib olish va ekspluatatsiya qilish xarajatlariga bog‘liq).
Ikkinchidan, budjetning cheklanganligi sababli ham investitsiyalar o‘zaro raqobatlashuvchi bo‘lishi mumkin. Misol uchun eski avtomashinani kapital ta’mirlash kerakmi yoki yangisini sotib olish samaralimi?



    1. Download 0.69 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling