O ’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo
Download 329.48 Kb.
|
Psixologiya-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Disbalans- nomutanosiblik
Kichik guruh - nisbatan barqaror, tarkibi jihatidan a
’zosi unchalik ko’p bo’lmagan, umumiy maqsad bilan bog ’langan kishilarning birlashmasi. Bunda kichik guruh a ’zolari o’rtasida bevosita aloqalar o’rnatiladi va amalga oshiriladi. Bu guruhda, umumiy maqsad mavjud bo ’lib, uning a’zolari bu maqsadga erishish yo’lida o ’zlarining barcha kuchlarini safarbar etadilar. Kichik guruhga kiruvchi kishilar bir-birlarini shaxsan
birlari bilan muloqotda bo ’ladilar. 43
Fassilitatsiya- individ faoliyat mahsuliga boshya individ bevosita ta ’siri bo’lib: sensor kuchayishlar, ish-harakat va fikrlashning tezligida namayon bo ’ladi. Ingibitsiya- boshya ta ’sir individlar reaksiyalardagi tormozlanishi, faoliyatning susayishi. Kichik guruh 2 kishidan 40 kishigacha Disbalans- nomutanosiblik Oila, ishlab chiqarish brigadasi, samolyot yoki kosmik kema ekipaji, o ’quvchilar sinfi kichik guruh sifatida qarashi mumkin. Ba ’zi kichik guruh ichida birlamchi guruhlar mavjud bo ’lishi mumkin. Bunday guruh unchalik katta bo’lmay, uning a’zolari 2-7 kishini tashkil etadi. Uning a ’zolari kichik guruhning a’zolari bo’lish bilan birga, mustaqil uyushma bo ’lishi mumkin. Shartli guruh - faqatgina nom jihatdan mavjud bo ’lgan kishilarning uyushmasidir. Shartli guruhga kiruvchi kishilar bir-birlari bilan hech vaqt uchrashmasliklari ham mumkin, lekin shu bilan birga guruhga ajratish bo ’yicha umumiy, ijtimoiy va psixologik xususiyatlarga ega bo ’ladi. Masalan, o’smirlar mamlakatimizning qaysi shahar va qishlog ’ida yashashidan, hech qachon bir yerga to’planmasliklaridan qat’iy nazar shartli guruhga birlashtirilishi mumkin. Real guruh - haqiqatdan mavjud bo ’lgan kishilarning uyushmasidir. Bu guruhdagi kishilar real aloqa va munosabatlar maqsad va vazifalar bilan o ’zaro bog’langan bo’ladilar. Real guruh qisqa vaqt davomida yoki uzoq muddat davomida mavjud bo ’lishi, son jihatdan ko ’p yoki kam bo’lishi ham mumkin. Rasmiy guruh - rasmiy hujjatlar asosida to ’plangan guruh (ustav, shtat), ishlab chikarishdagi ta ’minot bo’limi, oliy o’quv yurtidagi talabalar ish yuzasidan rasmiy guruhlardir. Bunday guruh a ’zolari o’rtasida ish yuzasidan bo’ladigan aloqalar o’rnatiladi. bu aloqalar ham hujjatda ko ’zda tutilgan bo’ladi. Ular bo’ysunish yoki teng huquqlikni, topshiriq bajarishdagi javobgarlikning ko ’p yoki kam bo’lishini ko’zda tutadi. Norasmiy guruh - psixologik motivatsiyaning yagona yo ’nalishi asosida simpatiya, qarashlarning yaqinligi, e ’tiqod asosida vujudga keladi. Bunda rasmiy hujjatlar hech qanday kuchga ega emas. Agar simpatiya va o ’zaro bog’liqlik yo’qolsa, guruh ham tarqab ketadi. Referent guruh (etalon guruh) — bu real yoki xayolan mavjud bo’lgan guruh bo’lib, uning qarashlari, qonun-qoidalari namuna bo ’lib hisoblanadi. Guruh normalarini tan oluvchi ularni eng yaxshi deb hisoblovchi va ularga qo ’shiluvchi shaxs shu guruhga kirishi mumkin. .Bunda shaxs bu normalarga qo ’shilibgina qolmay, ularni himoya qiladi va zarur bo’lsa, tashviqot qilishi mumkin. 44
Odamlar ijtimoiy birlashmasi rivojlanishining yuqori shakli jamoadir. Download 329.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling