O zbekiston respublikasi so g L iq n I saqlash


Mualliflar 4 KIRISH


Download 2.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/44
Sana10.11.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1763906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
Anatomiya 1 jild

Mualliflar
4


KIRISH
Odam anatomiyasi odam organizmining shakli va tuzilishini
uning rivojlanish jarayoni, ayni vaqtda har bir a ’zoning jinsiy 
jihatdan va yoshga qarab bo ‘lgan tafovutlari, shimingdek tashqi 
muhitning a ’zolar tuzilishi hamda faoliyatiga ta ’sirini o'rganadi.
Anatomiya grekcha (anatome) kesaman degan m a’noni anglatadi. 
Odam organizmining tuzilishida yoshga xos, jinsiy va shaxsiy 
xususiyatlar ajratiladi. Bolalik va o ‘smirlik davrida organizm to'liq 
yetilmagan, to ‘qima elementlari to ‘la-to‘kis takomillashmagan 
b o ‘ladi.
Anatomiya odam organizmini bir butun holda o ‘rganadi, chunki 
organizm ko‘pgina a ’zolardan iborat b o ‘lib, ular nerv va qon tomirlar 
tizimi vositasida o ‘zaro b og‘langan.
Tibbiyotda anatomiya fanini bilish nihoyatda zarur. Bu xususda 
professor Ye.O.Muxinning (1766 -1850) «Anatomiyani bilmagan 
shifokor, foydasizgina emas, balki zararlidir» deb yozgani bejiz 
emas. Anatomiya fiziologiya bilan birgalikda tibbiy ilm poydevorini 
tashkil qiladi. Shuning uchun organizmning m e’yoriy holatini 
funksional anatomiya o ‘rganadi.
Talabalaming anatomiya fanini o'rganishida kuzatish va tasaw u r 
qilish 
asosiy usuldir. Anatomiyani o ‘rganishda 
organizmning 
tuzilishi, qismlarining nomlari, anatomik terminlami eslab qolish 
muhum bo‘lmay, balki uning joylashuvi hamda faoliyatini ham 
bilish va tasaw u r qilish kerak. Masalan, tashqi uyqu arteriyasining 
turli tarmoqlarini nominigina emas, balki joylashuvi va shu arteriya 
tarmoqlari yetib boradigan sohani ta sa w u r etish muhim.
Anatomiyani regional va tizimli ravishda o ‘rganish mumkin. 
Regional o ‘rganishda har bir sohaning tuzilishi alohida o'rganiladi. 
Masalan, ko‘krak qafasi o ‘rganilganda uning suyaklari, mushaklari, 
ichki a ’zolari, qon tomirlari va nervlari ko‘rib chiqiladi. Undan keyin
5


boshqa qismlar shu tartibda o‘rganiladi. Tizimli o ‘rganishda esa bir 
yo ‘nalishdagi a ’zolar tizimi ko'riladi. Bunda a w a l tayanch-harakat 
a’zolar tizimi, so‘ng ichki a ’zolar tizimi va boshqa a ’zolar tizimi 
ketma-ketlikda к о'rib chiqiladi.
Odam organizmining alohida a ’zolar yoki a ’zolar tizimi tuzilishini 
oddiy ko‘z bilan makroskopik anatomiya (m acros-grekcha katta) 
o'rganadi.
Mikroskopik anatomiya (m icros-grekcha kichik) esa a ’zolaming 
nozik tuzilishi va tarkibiy elementlarini mikroskop yordamida 
o ‘rganadi.
Yoshga doir anatomiya organizmning tug‘ilganidan boshlab, to 
hayotining oxirigacha bo‘lgan davmi o'rganadi. Ayrim a ’zolaming 
shakllanishini oTganishda ulam ing anomal rivojlanish holatlari 
bilan o ‘zaro qiyoslanadi (teratogiya).
Eksperimental anatomiya - tajribada jonivorlam ing a ’zo va 
tizimlarini o'rganib, odam organizmiga qiyoslab fikr yuritishga 
xizmat qiladi.
6



Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling