O zbekiston respublikasi so g L iq n I saqlash
Download 2.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Anatomiya 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- A.M. Shumlyanskiy
- P.A.Zagorskiv
- Ye.O.Muxin
- N.I.Pirogov
- V.P. Vorobyov
Marchelo Malpigi (1628 — 1694) 1661 - yilda arteriya bilan venani
bir-biriga qo‘shib turadigan kapillarlar borligini mikroskop ostida к о ‘rib isbotladi. Ammo M. Malpigi qon arteriya kapillarlaridan dastlab oraliq bo ‘shliqqa, undan keyin vena kapillarlariga o ‘tadi deb o ‘ylaydi. Uning bu fikrini A.M. Shumlyanskiy (1748 - 1795) buyrakni o ‘rganish jarayonida inkor etib, arteriya va vena kapillarlari bevosita bog‘langanligi va qon tomirlar tizimi yopiqligini k o ‘rsatgan. Fredrik Ryuysh (1 6 3 8 -1 7 3 1 ) gollandiyalik anatom qon tomirlar anatomiyasini o ‘rganishga katta hissa qo‘shgan. U qon tomirlarga rangli moddalar yuborib o ‘rgangan va murdalaming balzamlashni yangi usulini ishlab chiqqan, o ‘z zamonasining eng yaxshi anatomik muzeyini tashkil qilgan. Uning muzeyida anatomik preparatlar bilan bir qatorda rivojlanish nuqsonlari va anomaliyalar ham jo y olgan. Rus podshosi Petr I anatomiyaga qiziqqan va F.Ryuyshdan 1500 ta preparatni sotib olib, Peterburgdagi birinchi anatomiya muzeyi Kunst-kamerani tashkil qilgan. P.A.Zagorskiv (1764 — 1846) Sankt-Peterburg tibbiy-xirurgiya akademiyasi anatomiya kafedrasiga rahbarlik qilgan. Uning 1802 - yilda rus tilida yozgan birinchi anatomiya darsligi «Vrachlik ilmini o‘qiyotganlarga odam gavdasining tuzilishini o ‘rganish uchun qo‘llanma yoki qisqacha anatomiya» besh marta nashr etilgan. Ye.O.Muxin (1766 - 1850) Moskva universiteti professori 1812-yilda «Anatomiya kursi» darsligini yozgan. U kafedra qoshida anatomik muzey tashkil qilgan. I.V.Buyalskiy (1789-1866) Zagorskiyning shogirdi. U 1844-yilda yozgan «Odam gavdasining qisqacha umumiy anatomiyasi» qo ‘l- 12 lanmasida odam organizmining tuzilishi umumiy qonuniyatlarini keltirib, organizmning shaxsiy xususiyatlari haqidagi ta ’limotga asos solgan. 0 ‘zining «Anatomo-xirurgik chizmalar» asarida anato miyani xirurgiya bilan bog‘lagan. N.I.Pirogov ( 1 8 1 0 - 1881) topografik anatomiya va harbiy da- la xirurgiyasining asoschisi. U odam a ’zolarining joylashishini о ‘rganish uchun murdani muzlatib qotirib qavatma-qavat arralab kesib o ‘rganish usulini taklif etgan. Uning «Qon tomirlar va fassiyalaming xirurgik anatomiyasi» (1837), «Amaliy anatomiyaning to‘la kursi» (1844) va «Muzlatilgan murdalami arralab kesilganidagi topografik anatomiya atlasi» (1859) asarlari uni dunyoga tanitdi. Anatomiya sohasida N.I. Pirogov ko ‘p yangiliklar ochgan, bo ‘yindagi uch- burchak va son kanalining chuqur halqasida joylashgan limfa tuguni uning nomi bilan ataladi. V.A.Bets (1834 - 1894) Kiyev universitetining professori, ana tom. U buyrak usti bezining m ag‘iz qismini hamda bosh miya po‘stlog‘ini mikroskopik o ‘rganib, uning V qavatidagi katta piramida hujayralarini topgan. Shuning uchun bu hujayralar uning nomi bilan atalgan. «Odam miyasi pushtalarining turkumlari» (1870) asarida u miya po ‘stlog‘ining turli qismlarida hujayra tarkibi har xil ekanligini aniqlagan. D.J.Zernov (1843 - 1917) Moskva universiteti professori, ana tom. Miyaning pushtalari va egatlarini o ‘rganib, qulay tasnifini yaratdi. U dunyodagi turli millat vakillarining bosh miyasi tuzilishida farq yo‘qligini isbot etib berdi va shu xususda hukm surib kelgan idealistik ta ’limotni rad etdi. Uning «Odam tasviriy anatomyasidan qo‘llanma» asari 14 marta nashr etilgan. V.P. Vorobyov (1876 - 1937) Xarkov tibbiyot instituti professori. Periferik nerv tizimini makro-mikroskopik o ‘rganishga asos solgan. 5 jildlik «Anatomiya atlasi»ni tuzgan. Download 2.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling