Bilak suyaklari
Bilak sohasi ikkita suyakdan: medial
tomonda joylashgan tirsak
suyagi va lateral tomonda joylashgan bilak suyagidan iborat. Bu
suyaklar shunday egilganki, ular parallel yo‘nalganiga qaramay, faqat
uchlaridagina bir-biriga tegadi. Ulaming
tanasi orasida bilakning
suyaklararo bo‘shlig‘i hosil bo ‘ladi. Bilakning har bir suyagi tanasi
va ikki uchidan iborat. Suyak tanalari uch qirrali shaklga ega. Ular
uchta yuza va uchta qirradan iborat.
Bitta yuzasi orqaga,
ikkinchisi
oldinga, uchinchisi
bilak suyagida lateral,
tirsak suyagida medial
tomonga qaragan. Uchta qirradan bittasi o ‘tkir bo ‘lib, oldingi yuzani
orqa yuzadan ajratib turadi va suyaklararo b o ‘shliqqa qaragan.
Bugacha davom etadi suyaklararo qirra.
Umumiy belgilardan
tashqari bilakning har bir suyagi o ‘ziga xos xususiyatlarga ega.
61