8-sinfgа mеhnаtdаn 1 sоаt, mаktаb ixtiyoridаn 1 sоаt;
9-sinfgа mеhnаtdаn 1 sоаt, geografiyadan 0.5 soat, mаktаb ixtiyoridаn 0.5 sоаt оlindi.
Mazkur sinflardan olingan soatlar xorijiy ( ingliz tili, nemis tili, fransuz tili) tillariga ixtisoslashtirilgan va chuqurlashtirib o‘qitiladigan umumta`lim maktablarida maxsus fanlarni o‘qitishga qo‘shib berildi.
8-9-sinflardagi “Mehnat” dars soatlari chuqur o‘rganiladigan ingliz tili fani amaliyotda qo‘llanilishi va shu soha bo‘yicha o‘quvchilarni kasb ixtisosligiga yo‘naltirish uchun beriladi.
Maktab ixtiyoridagi soatlar ixtisoslashririlgan ta’limni tashkil qilish hamda mazkur tushuntirish xatida belgilangan mashg‘ulotlarga ajratiladi:
Maktab ixtiyoridan haftasiga 1.5 soat olinib, ingliz tili fani chuqur o‘qitiladigan sinflar uchun o‘quvchilarning qiziqishlariga ko‘ra ijodiy qobiliyatlarni o‘stiruvchi guruh mashg‘ulotlariga ixtisoslashtirilgan ta’limni tashkil qilishga qo‘shib berildi. Xorijiy tillar (ingliz tili, nemis tili, fransuz tili) ixtisosligiga yo‘naltirilgan sinflarda maxsus fanlarni o‘qitishda o‘quvchilar ikki guruhga ajratib o‘qitiladi. Maktab ixtiyoriga ajratilgan soatlardan ayrim fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish maqsadida berilganda sinflarni guruhlarga bo‘lib o‘tilishi mahalliy moliya organlari bilan kelishilgan holda hal etiladi.
Onа tili, matematika, mеhnаt va geografiya fanlaridan olingan dars soatlarini to‘ldirish bo‘yicha mavzuiy rejalashtirish va tushuntirish xati hamda nemis tili fanidan o‘quv dasturi Respublika ta`lim markazi tomonidan tayyorlanadi va tasdiqlanadi.
Yozgi amaliy mehnat mashg‘ulotlari uchun ajratilgan 5-sinf uchun 4 soatdan 6 kunlik, 6-sinf uchun 4 soatdan 6 kunlik, 7-sinf uchun 4 soatdan 10 kunlik, 8-sinf uchun 4 soatdan 16 kunlik vaqt o‘quvchilarning mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish va kasbga yo‘naltirish maqsadida maxsus ishlab chiqilgan, ota-onalar, mahalla qo‘mitalari raislari bilan kelishilgan, maktab direktori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida amaliy mashg‘ulotlar va tadbirlarni o‘tkazish uchun sarflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |