Tomon, sari, qarab, bo’ylab yo’nalish ma’nosi
Haqida, to’g’risida mavzu ma’nosi
Kabi, singari o’xshatish – qiyoslash ma’nosi
Sababli, tufayli sabab ma’nosi
Uchun
Sabab va maqsad ma’nosi
Qadar chegara ma’nosi.
Ko’makchilar yetakchi so’zga
bog’lanib, unga turli qo’shimcha
ma’nolar yuklaydi
Yuklama
So’z yoki gaplarga so’roq, ta’kid,
ayirish-chegaralash, gumon, o’xshatish
inkor kabi ma’nolarni yuklovchi
so’z va qo’shimchalarga YUKLAMALAR deyiladi
So’roq-taajjub yuklamalari: -mi, -chi, -a(-ya)
Kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari: hatto, -ku, ham, nahotki, -u(-yu), -da, -oq(-yoq)
Ayiruv-chegaralov yuklamalari: faqat, -gina, atigi
O’xshatish-qiyoslash yuklamalari: go’yo, go’yoki, xuddi, naq
Gumon yuklamasi: -dir
Inkor yuklamasi: hech, sira, na… na
Yuklamalarning ma’no turlari
1.Mol o‘tlaydigan, bolalar chillak o‘ynaydigan yer-da!
(Sh. Xolmirzayev) 2. Shundoq deydi-yu, egasi ming poylasin,
o‘g‘ri - bir. ( 0 ‘. Hoshimov)
3. - Bu nima gap, taqsir, — deb
so‘rashibdi, - mehmonga izzat-hurmat shumi? (N. Aminov)
4. - Ikkinchiga o‘t, hisobni bilmaysan. - U pakana kishiga
qaradi: Shunday qilsin-a? ( 0 ‘. Hoshimov)
5. Nahot, axir,
so‘nggi dam ham Farzandingni o‘ylasang. (A. Oripov) 6. Ajralishar, ular, hattoki, Ismlarin so'rashmaslar ham. (A. Oripov)
Misollar
Undov so’z
Taqlid so’z
Modal so’z
Alohida olingan so’z
turkumlari
Undov so’z
His-hayajon, buyruq-xitob, haydash-chaqirishni ifodalovchi so’zlar UNDOV SO’ZLAR deyiladi. Undovlar ma’nosiga ko’ra 2 guruhga bo’linadi.
His-hayajon undovlari kishilarning
Quvonchi, erkalash-erkalanish, rohatlanish,
Hayron qolish, norozilik, g’azab-nafrat
Og’riq singari hissiyotlarni ifodalaydi.
O’h-ho’, uf, voyey, oh
Buyruq-xitob undovlari kishilarni
diqqatini tortish, jonivorlarni haydash
chaqirish va to’xtatish uchun
qo’llaniladigan undovlar
Pish-pish, hoy, chip-chip, xo’sh, kisht
Taqlid so’zlar
Narsalarning tovushiga va holatiga
taqlidni bildirgan so’zlar
TAQLID SO’ZLAR hisoblanadi. Taqlid so’zlar
nimaga taqlidni bildirishiga ko’ra 2 xil bo’ladi.
Tovushga taqlid
narsalarning ovoziga taqlidni bildiradigan so’zlar:
Mo’, be, g’a-g’a , vov-vov.
Holatga taqlid
narsalarning holatiga taqlidni bildiradigan so’zlar:
Milt-milt, jimir-jmir, pitir-pitir.
Ifodalanayotgan fikrga so’zlovchining munosabatini bildirgan so’zlar MODAL SO’ZLAR deyiladi. Modal so’zlar gap tarkibida vergul (,) bilan ajratiladi.
Modal so’zlar
Ishonch ma’nosi:
Albatta, shaksiz
Fikrning tartibi:
Avvalo, avvalambor
Gumon ma’nosi:
Ehtimol, chamasi, shekilli
Fikrni dalillash:
Masalan, jumladan
Tasdiq ma’nosi:
Darhaqiqat, haqiqatan
Achinish ma’nosi:
Attang, afsus
Fikrni xulosalash:
Xullas, demak, umuman
Quvonch ma’nosi:
Xayriyat
Modal so’zlarning ma’no turlari
1. Avvalo, insonning qalbi go‘zal bo‘lmog‘i kerak. 2. Afsuski,
besh qo‘l barobar emas. Oramizda yomon niyatli kimsalar ham
uchrab qoladi.
3. Ularga qarshi kurashish hammamizning
burchimiz, albatta. 4. Xayriyat, odamlarimizga insof va diyonat
qaytib kelmoqda. 5. Xullas, biz ulug‘ odamlarning farzandlarimiz.
Misollar
Thank you for listening to
2020
Do'stlaringiz bilan baham: |