1- sinf TABIATSHUNOSLIK fanidan “Ob – havo va iqlim” mavzusidagi 1 soatlik ochiq dars Ob-havo - Siz radio va televizordan ob-havo ma`lumotlarini deyarli har kuni eshitasiz.o`zingiz ham ob-havoni ko`p kuzatgansiz. Bularning hammasi ob-havoning vaqt o`tishi bilan o`zgarishini va turli joylarda har hil bo`lishini ko`rsatadi.
Mavzu. Ob – havo va iqlim - Darsning maqsadi:
- ta'limiy: o'quvchilarga Ob-havo nima, u nega o’zgaradi? Ob-havoni oldindan bilishning ahamiyati. Ob-havo hodisalari. Iqlim nima? Iqlim haqidagi bilimlar nima uchun kerak? haqida ma'lumot berish, bilimlarni chuqurlashtirish, o'tilgan materiklar bilan qiyoslash.
- tarbiyaviy: o'quvchilarni atrof muhidga ehtoyot korona munosabatda bo’lish dunyoqarashlarini kengaytirish, axloqiy sifatlarni kamol toptirish.
- rivojlantiruvchi: o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatish, nutq madaniyatini o'stirish, o'z-o'zini boshqarishga yo'naltirib, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
- Korreksion: o’quvchilardagi ob-havo va iqlim haqidagi mavjud ichki tasavvurlarni boyitish.
- Ob-havoning asosiy elementlari – harorat, namlik va havo bosimidir. Troposferada ob-havo elementlariga bog‘liq ravishda shamol va bulutlar hosil bo‘ladi, yog‘inlar yog‘adi.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari: - Kommunikativ kompetensiya:
- A2
- Ko’rishida nuqsoni bolgan o’quvchi geografik atama va joy nomlarini muloqotda qo’lay olishi. mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, mavzu bo‘yicha yozma matn tuza olish;
- Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: :
- A2
- geografik adabiyotlarning elektron versiyalardan maxsuz ovozli o’qib beruvchi kompyuter dasturlari yordamida samarali foydalana olish, ular asosida mavzuli axborotlarni tayyorlay olish, ommaviy axborot vositalari hamda Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni topa olish va ularni tahlil qila olish.
Darsning jihozlari: dunyoning tabiiy xaritasi, globus, mavzuga oid jadval va rasmlar, darslik, o'quv atlaslari va yozuvsiz xaritalari. - Darsning jihozlari: dunyoning tabiiy xaritasi, globus, mavzuga oid jadval va rasmlar, darslik, o'quv atlaslari va yozuvsiz xaritalari.
- Texnik vositalar: kompyuter, slaydlar, multimediya.
- Dars tipi: yangi bilim beruvchi.
- Dars turi: noan'anaviy.
- Dars metodi: "Aqliy hujum", "Xarita bilan ishlash", "Guruhlar bilan ishlash", "Uchinchisi ortiqcha", "Cho'qqini kim zabt etadi", "Eng, eng, eng...".
Iqlim - Ob-havoning biror joyga xos bo‘lgan ko‘p yillik rejimi (holati) shu joyning iqlimi deyiladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun "Kim cho'qqini birinchi zabt etadi?" o'yini o'tkaziladi. Guruhlar cho'qqini zabt etishlari uchun o'qituvchi tomonidan berilgan "Eng, eng, eng..." savollariga javob berishadi hamda uchinchisi ortiqcha o’yini o’tkaziladi. - I-guruh savollari:
- Eng katta okean. (Tinch)
- Eng katta cho'l. (Sahroi Kabir)
- Eng uzun daryo. (Nil)
- Eng baland cho’qqi. (Evirist)
- Eng ko’p yug’in yog’adigan joy. (cherapunja)
- II-guruh savollari:
- Eng mitti materik. (Avstraliya)
- Eng sovuq iqlim. (Arktika-antarktika)
- Eng ko’p yoruglik va issiqliqtushadigan joy. (Ekvator)
- Eng sesuv daryo. (Amazonka)
- Eng uzun daraxt. (Evkalipt)
- Guruhlarga oxirgi topshiriq "Uchinchisi ortiqcha" o'yinini o'tkazish shartlari tushuntiriladi:
- I guruhga II guruhga III guruhga
- 1. Iitosfera 1. Gidrosfera 1. barometr
- 2. iqlim 2. Flyuger 2. Biosfera
- 3. Barometr 3. Shudring 3. Animometr
- Guruhlarning javoblari tinglanib, rag'batlantiriladi. Darsda faol
- ishtirok etgan o'quvchilar baholanib, unga izoh beriladi.
- Uyga vazifa: mavzuni o'qib kelib so'zlab berish. Yangi atamalarni yodlash yodlash. Darslik 75-bet
Do'stlaringiz bilan baham: |