O’bekiston mustaqillik yo’lida.(1985-1991)


Xalq xo„jaligida “qayta qurish”ning samarasizligi. O„zbekiston bilan markaz manfaatlari o„rtasidagi ziddiyatlarning kuchayishi


Download 105.19 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi105.19 Kb.
#1529271
1   2   3   4   5
Bog'liq
O„zbekiston mustaqillik yo„lida.(1985-1991) Reja Kirish (Автосохраненный)

Xalq xo„jaligida “qayta qurish”ning samarasizligi. O„zbekiston bilan markaz manfaatlari o„rtasidagi ziddiyatlarning kuchayishi.


Iqtisodiy va ilmiy-madaniy salohiyatga ega bo’lgan O’zbekiston ham qayta qurish oqibatida puxta o’ylab ko’rilmagan volyuntaristik islohotlar oqimiga jalb qilindi. Sovet rahbariyatining 1985 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish yuzasidan ilgari surgan vazifasini bajarish borasidagi dastlabki urinishlari omad keltirmadi. Iqtisodiy tizimni qayta qurish, uning moddiy bazasini qayta ko’rib chiqish, yangi texnologiyalarni joriy etish, yuqori darajadagi boshqaruv tizimi asosida iqtisodiyotni va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish mo’ljallangan edi.


Masalan, O’zbekiston xalq xo’jaligini jadallashtirish umumdavlat dasturini ta‘minlash rejasida 1990 yilga borib sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni 24— 27%ga oshirishga erishish, tarmoqda mehnat unumdorligini 19%ga, qurilishda 14%ga ko’tarish nazarda tutilgan edi. Ayni vaqtda 300 dan ortiq yirik sanoat ob‘ektini ishga tushirish, fan-texnika taraqqiyotini belgilab beruvchi sanoat tarmoqlarini rivojlantirish sur‘atlarini jadallashtirish, nooziq-ovqat mollari ishlab chiqarishni 1,4 baravar oshirish mo’ljallandi.
Marraga erishish uchun asosiy vosita sifatida ―rejalashtirish va boshqarish mexanizmini takomillashtirish‖, ―ijtimoiy negizda sog’lom tovar-pul munosabatlarining amal qilishini‖ ta‘minlash, ―xo’jalik hisobi‖ asoslari imkoniyatidan foydalanish belgilandi. Korxonalarning ―xo’jalik hisobiga‖, ―o’z- o’zini mablag’ bilan ta‘minlashga‖ va ―o’z-o’zini boshqarishga ‖ o’tkazilishi dastlabki vaqtlarda mehnat jamoalari orasida o’z huquqlarini to’laroq amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan katta umidlar uyg’otdi. Bu esa respublikada xo’jalik hisobida ishlashga o’tish tashabbusining avj olishiga sabab bo’ldi. Masalan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3 ming kishi mehnat qiladigan va xo’jalik hisobida ishlaydigan 76 ta brigada tashkil etildi.
Eng muhimi shundaki, korxonada xom ashyoni, materiallarni tejashga bo’lgan e‘tibor kuchaydi. Farg’onadagi ―Azot‖ ishlab chiqarish boshqarmasida 1988 yilda ―o’z-o’zini mablag’ bilan ta‘minlash‖ usulida ishlashga o’tildi va keyingi yilda olingan foyda 31,6 mln. so’mni tashkil etdi, bu mo’ljallanganidan deyarli 11 mln. so’m ortiq edi. Lekin, zo’r berib qilingan da‘vatlarga qaramasdan,
―xo’jalik hisobida ishlash‖ni jonlantirish sohasidagi ishlar amalda unchalik avj olib ketmadi. U faqat ayrim ishlab chiqarish jamoalarini mehnatni tashkil etish va rag’batlantirishning brigada shakliga o’tkazishdagina o’z ifodasini topdi, xolos.
Biroq mehnat jamoalaridagi ayrim xodimlarning qo’lga kiritgan yuqori ishlab chiqarish natijalari ham oqsash jarayonlarining ortib borishini yashira olmadi. Puxta o’ylab qo’rilmagan qarorlar, ularni joriy qilishdagi jiddiy nuqsonlar, ma‘muriy siquvning davom etishi, jadallashtirish konsepsiyasidagi kamchiliklar xalq xo’jaligiga o’zining salbiy ta‘sirini ko’rsatdi, qayta qurish darhol oqsay boshladi. Markaz tomonidan o’ylab topilgan ―paxta ishi‖ tufayli yuz berayotgan qonunbuzarlik to’lqini, respublikaning I.Usmonxo’jaev boshliq rahbariyatining Moskva oldida ―qulluq‖ qilib, uning irodasini bajarishga ―jon-dili‖ bilan kirishgani, O’zbekistonda Markaz nima hohlaca shuni qilganligi respublikaning ijtimoiy-siyosiy ahvolini yanada murakkablashtirdi.
Ziddiyatli ―qayta qurish‖ siyosati oqibatida respublika iqtisodiyotida tanglik holati chuqurlashib, sanoat ishlab chiqarishning samaradorligi pasayib ketdi. Mehnat unumdorligining ko’rsatkichlari ham keskin yomonlashdi, fondlar hisobidan keladigan foyda kamaydi. Respublika iqtisodiyotining, shu jumladan, sanoat tarmoqlarining rivojlanishi muttasil ekstensiv omillar, uyushtirilgan qiyin- qistov hisobiga amalga oshirila boshlandi.
SHuningdek, aholining turmush darajasi ham sezilarli ravishda pasaya boshladi. Masalan, ishchilar va xizmatchilarning ish haqi O’zbekistonda umumittifoq bo’yicha 1975 yildagi 93,7%dan 1987 yilda 81,3%ga tushib qoldi, aholi jon boshiga iste‘mol fondi hajmi tegishli ravishda 66%dan 58%ga kamaydi. Natijada xalqning davlat tomonidan e‘lon qilinayotgan o’zgarishlariga ishonchi yo’qola bordi, uning qayta qurishga bo’lgan munosabati o’zgara boshladi.
Bularning hammasi ittifoq hukumatini 1988 yilda ―turg’unlik‖ning haqiqiy sabablarini aniqlashga ob‘ektivroq yondashishga, yangilanish ―konsepsiyasi‖ni yanada chuqurroq ishlab chiqishga undadi. Boshqacha aytganda, qayta qurish mantig’i va ijtimoiy-iktisodiy vaziyatning keskinlashuvi butun iqtisodiy tizimda va xo’jalikni boshqarish mexanizmida jiddiy o’zgarishlar qilish zarurligini tushunishga olib keldi.
Iqtisodiy islohotning yangilangan konsepsiyasi boshqarishning ma‘muriy usullaridan ko’proq iqtisodiy usullariga o’tishga yo’naltirdi, lekin bu chora- tadbirlar kommunistik mafkura yo’l-yo’riqlari doirasida amalga oshirilganligi sababli ko’pgina ilg’or tashabbuslar kutilgan natija bermadi. Boshqaruvning yuqori pog’onasini ―takomillashtirish‖ni diqqat markaziga qo’ygan oldingi tadbirlardan farqli o’laroq islohotlarning yangilangan dasturi birinchi navbatda iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini bo’lgan korxonalarni (birlashmalarni) o’zgartirishga qaratdi.
―Sovet iqtisodiyotini qayta qurish‖ning yo’nalishini belgilab beruvchi hujjatlar qatoriga 1987 yil iyun‘ oyida qabul qilingan ―Davlat korxonasi to’g’risidagi‖ qonun etakchi o’rin egalladi. Unda ta‘kidlanishicha, xo’jalik yuritishning shart-sharoitlari va usullarini tubdan o’zgartirish, korxonalar faoliyatida markazlashtirish bilan ―to’liq xo’jalik hisobi‖ni birga qo’shib olib borish, mustaqillik va mas‘uliyat, bularning hammasi mehnat jamoalari uchun yangi shaklda o’z-o’zini boshqarishning kundalik qoidasiga aylanishi lozim edi.
Biroq bu qonunni va qayta qurishga doir boshqa hujjatlarni (―YAkka tartibdagi mehnat faoliyati to’g’risida‖gi qonun va hokazolarni) tuzib chiqishdagi uslubiy yondashuvning o’zi ―sotsialistik xo’jalik yuritish‖, direktiva asosida rejalashtirish va davlat mulkining barcha shakllariga hukmron bo’lishi zarurligi kabi avvalgi eski tasavvurlarga asoslangan edi.
Bu hol mazkur qonun va hujjatlarning avvalboshdan ziddiyatli, chala-yarim va yaroqsiz bo’lishini belgilab berdi. Korxonalarning cheklangan mustaqilligi ob‘ektiv iqtisodiy qonunlarga amal qilishga imkon bermas edi. Korxonalarni to’liq xo’jalik hisobiga va o’zini-o’zi mablag’ bilan ta‘minlashga o’tkazish ham o’zini oqlamadi, chunki ―sotsialistik xo’jalik yuritish‖ tizimi rahbarlikning
buyruqbozlik usullari ob‘ektiv jihatdan sog’lom tovar-bozor munosabatlarining namoyon bo’lishiga to’sqinlik qilar edi.
Intilishlar ijobiy bo’lishiga qaramasdan, islohotlarning samarasi unchalik katta bo’lmadi. 1988 yilda O’zbekistonda mavjud 1267 ta yirik sanoat korxonasidan atigi 320 tasi (25,3%) to’liq xo’jalik hisobi va o’zini-o’zi mablag’ bilan ta‘minlash sharoitida ishlar edi. Bu korxonalardagi ishlab chiqarish hajmi (ular respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 55,7%ini tayyorlab berar edi) o’tgan yilning avvalgi davridagiga nisbatan 4,7%i ortdi, holbuki, bu ko’rsatkich xo’jalik hisobiga o’tkazilmagan korxonalarda 0,7%ga qisqardi. Biroq respublika sanoati shartnoma majburiyatlari asosida mahsulot sotish rejasini faqat 98,6% qilib bajardi, yangi sharoitda ishlayotgan korxonalar esa 98,4% qilib ado etdi.
Ko’pgina korxonalarda ichki imkoniyatlarni safarbar qilishni, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni rahbatlantiruvchi shart-sharoitlar yaratilmagan edi. Masalan, ―O’zbekrezinotexnika‖, ―Signal‖ ishlab chiqarish birlashmalarida, Namangan mashinasozlik zavodida dastlabki xo’jalik hisobidagi bo’g’inlar moddiy va energetika resurslarini hisobga olish va saqlash uchun zarur shart- sharoitlarga, ish haqining uzoq muddatga mo’ljallangan barqaror normativ fondlariga ega emas edilar.
Davlat buyurtmalari to’g’risidagi masala ancha murakkab edi, u_ rasmiy rejalashtirish o’rnini egallashi lozim edi. 1988 yilda O’zbekistonda ishlab chiqariladigan butun tovar mahsulotining 39,2%i davlat buyurtmasi hisoblanar edi. Biroq ishlab chiqarish dasturi va mahsulot etkazib berishning davlat buyurtmalari bilan qamrab olish darajasi yuqori bo’lsa-da, rejalilikni etarli darajada ta‘minlay olmas edi.
Bunga sabab shu ediki, tarmoq vazirliklari va idoralari hukmron mafkura tafakkuridan kelib chiqib, davlat buyurtmalarini rasmiylashtirish vaqtida ko’pincha bunday buyurtmalar bilan korxonalarning barcha ishlab chiqarish quvvatlarini band qilib, asosan xaridorgir bo’lmagan mahsulotlar ishlab chiqarishga majbur qilar edilar. Masalan, 1988 yilda qishloq xo’jalik mashinasozligi korxonalari
bo’yicha davlat buyurtmalari butun ishlab chiqarish dasturining 90% dan ortig’ini, stanoksozlik sanoatida esa 85%ni egalladi.
Odat bo’lib qolgan kampaniyabozlik xo’jalikni boshqarish mexanizmini qayta qurishga salbiy ta‘sir ko’rsatdi. Ko’pgina tarmoqlarda xo’jalik hisobini tashkil etish xo’jako’rsinga qilindi. SHunday hollar ham uchrab turar ediki, mehnat jamoalari hisobotlarida yangi iqtisodiy sharoitda ishlayotgandek qilib ko’rsatilar edi, haqiqatda esa u erda xo’jalik hisobi asoslari butunlay joriy etilmagan bo’lar edi.
Masalan, Toshkent to’qimachilik kombinatida, CHkalov nomli Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida va boshqa joylarda xo’jalik hisobida ishlovchi brigadalarni tashkil etishga yuzaki yondashdilar. Barham berish qiyin bo’lgan yaramas odatlardan biri yaxshi ishlayotgan korxonalarning mablag’larini kam samara bilan ishlayotgan buyruqbozlik usullari ob‘ektiv jihatdan sog’lom tovar bozor munosabatlarining namoyon bo’lishiga to’sqinlik qilar edi.
Intilishlar ijobiy bo’lishiga qaramasdan, islohotlarning samarasi unchalik katta bo’lmadi. 1988 yilda O’zbekistonda mavjud 1267 ta yirik sanoat korxonasidan atigi 320 tasi (25,3%) to’liq xo’jalik hisobi va o’zini-o’zi mablag’ bilan ta‘minlash sharoitida ishlar edi. Bu korxonalardagi ishlab chiqarish hajmi (ular respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 55,7%ini tayyorlab berar edi) o’tgan yilning avvalgi davridagiga nisbatan 4,7%i ortdi, holbuki, bu ko’rsatkich xo’jalik hisobiga o’tkazilmagan korxonalarda 0,7%ga qisqardi. Biroq respublika sanoati shartnoma majburiyatlari asosida mahsulot sotish rejasini faqat 98,6% qilib bajardi, yangi sharoitda ishlayotgan korxonalar esa 98,4% qilib ado etdi.
Sifat muammosi haddan tashqari keskin tus olib ketdi. Mazkur muammoni hal qilish maqsadida mahsulotning davlat qabuli joriy etila boshlandi. 1986 yilda O’zbekistonda ishlab chiqarishning asosiy uchastkalarini davlat qabuli bo’yicha 27 ta post nazorat qilgan edi.
__________________________________________________________________
Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. –T., ―O’zbekiston,‖ 1998 y. 1987 yilda davlat qabuli

Davlat qabuli joriy etilgan 33 korxonada har oyda o’rta hisobda 0,9 mln. so’mlik mahsulot qabul qilinmas edi.


Hayotiy tajriba shuni tasdiqladiki, haqiqiy ma‘muriy chora hisoblangan davlat qabuli ishlab chiqarishdagi tanazzulni to’xtatish u yoqda tursin, hatto bu jarayonni sekinlashtira olmadi. Mahsulotlar yuqori sifatli bo’lishi uchun ishlab chiqarish jarayonini tubdan yangilash bilan bog’liq bo’lgan g’oyatda keng tad- birlar majmuini amalga oshirish talab qilinar edi. Bir tomondan, moliyaviy mablag’lar va moddiy resurslarning yo’qligi, ikkinchi tomondan, rasmiy hokimiyat organlari reja topshiriqlarining bajarilishini qat‘iyat bilan talab qilishi davlat qabulining yuzakilashuviga olib keldi. Ma‘muriyatning tazyiq ko’rsatishi oqibatida sifat masalasi sekin-asta ikkinchi darajali masala bo’lib qoldi. Agar 1986 yil dekabrida davlat qabuli talabi bilan 60% mahsulot qabul qilingan bo’lsa, 1987 yilning yanvariga kelib 48,5% mahsulot davlat qabuli talabiga javob berdi.
Fondlardan olinadigan samara o’sishidan korxonalar ishining smenalilik darajasini oshirishga katta umid bog’langan edi. 1986 yildan boshlab respublikaning qariyb 300 ta korxonasi smenalilik tartibida ishlash rejimiga o’tdi. Natijada 1986—1987 yillar mobaynida fondlardan olinadigan samara hafta hisobda 16% o’sdi, qo’shimcha ravishda 30 mln. so’mlik mahsulot chiqarildi, ijtimoiy ishlab chiqarishga 20 mingdan ortiq kishi jalb qilindi. Resurslarni, materiallarni, yoqilg’ini va energiyani tejash sohasidagi ishlar birmuncha faollashtirildi. Biroq bu chora-tadbirlarning hammasi amaliy tusda bo’lmadi.
Iqtisodiyotni tartibga solib turuvchi haqiqiy qonunlarning yo’qligi tovar va pul massasi haftasidagi nomutanosiblik, mehnat unumdorligi bilan ish haqi o’rtasidagi nisbatning buzilishiga olib keldi. Ko’pgina mahsulot turlarini ishlab chiqarish hajmi pasaydi, moddiy va moliyaviy nomutanosiblik kuchaydi, iqtisodiy o’sish sur‘atlari pasayib ketdi, tovarlar tanqisligi tobora kengayib bordi. Masalan, 1989 yilda har ikki muhim mahsulotdan biri bo’yicha topshiriq bajarilmadi, har uch mahsulotdan biri bo’yicha ishlab chiqarish hajmi pasaydi.
_______________________________
Abdullaeva R. XX vek i razval velikoy derjavы SSSR. –M. Versinaj, 2002.




Download 105.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling