O‘bekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 1.83 Mb.
bet10/41
Sana11.05.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1454592
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41
Bog'liq
КОНСТ ЛОТ

3-seminar mashg‘uloti.
Ulchash asboblarini xarakgeristikalarini o’rganishga oid masalalar.
Datchiklarning zamonaviy o‘lchash texnikasida tutgan o‘rni

Datchiklarning ko‘proq tez-tez foydalaniladigan ta’riflanishi quyidagicha: “Datchik – bu signallar va tashqi ta’sirlarni qabul qiladigan va ularga reaksiya ko‘rsatadigan qurilmadir”. Bu juda keng ta’rif. Haqiqatan ham, u shunchalik kengki, inson ko‘zidan tortib toki revolverning tepkisigacha deyarli hamma narsani qamrab oladi. Suyuqlik sathini nazorat qiladigan, 3.1 rasmda ko‘rsatilgan tizimni ko‘rib chiqamiz. Operator rezervuardagi (idishdagi) suyuqlik sathini klapan yordamida boshqaradi. Bunda operator suyuqlikning sarfini, haroratning o‘zgarishini (bunda uning klapan orqali o‘tish tezligi suyuqlikning qovushqoqligiga bog‘liq bo‘ladi), shuningdek mazkur tizimga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa parametrlarni ham hisobga olishi zarur bo‘ladi. Agar nazorat qilinmasa, rezervuar yoki toshib ketadi, yoki aksincha, bo‘shab qoladi. To‘g‘ri qaror qabul qilish uchun operator rezervuardagi suvning sathi to‘g‘risidagi axborotni doimiy ravishda olishi zarur bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan misolda axborot ikkita asosiy qism – rezervuardagi ko‘rish trubkasi va ko‘rish asab tolalariga impuls beradigan operatorning ko‘zidan tashkil topadigan datchikdan keladi. Odamning ko‘zi ham, ko‘rish trubkasi ham o‘z-o‘zicha datchik bo‘lib hisoblanmaydi, biroq ularning kombinatsiyasi suyuqlik sathini tanlanma aniqlash qobiliyatiga ega bo‘lgan detektorni shakllantiradi. Tizim to‘g‘ri loyihalangan bo‘lsa, rezervuardagi suyuqlik sathining o‘zgarishi tezda qarash trubkasidagi suyuqlik sathida aks etadi, shu sababli, aytish mumkinki, ko‘rib chiqilayotgan datchik yaxshi reaksiya ko‘rsatishi yoki kichik inersiyalilik bilan tavsiflanadi. Biroq, agar trubkaning ichki diametri yopishqoq suyuqliklar uchun juda kichik bo‘lsa, undagi sath rezervuardagi sathdan orqada qoladi. SHu sababli bunday datchikning faza tavsiflarini hisobga olish zarur bo‘ladi. Ba’zi bir qo‘llashlar uchun bunday kechikish qo‘l kelishi mumkin, boshqa bir qo‘llashlar uchun esa ko‘rish trubkasining boshqacha konstruksiyasidan foydalanish kerak bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, har bir datchikning ishchi

tavsiflarini faqatgina ma’lumotlarni to‘plashning konkret tizimiga nisbatan baholash mumkin.
Ko‘rish trubkasi va operatorning ko‘zi datchikni (axborotni elektr signaliga qayta shakllantiradigan qurilmani) shakllantiradi.
Bizni qurshab turgan olamni ikki qismga – tabiatga va inson tomonidan yaratilgan obyektlarga ajratish mumkin. Tabiiy sensorlar – har qanday tirik organizm ular bilan ta’minlangan bo‘ladi – elektrokimyoviy signallarga reaksiya ko‘rsatadi, ya’ni ularning fizikaviy harakat tamoyili asab to‘qimalarida ionlarning uzatilishiga asoslanadi, ko‘rib chiqilgan misolda operatorning ko‘rish asab tolalarida shunday bo‘lgan edi. Inson tomonidan yaratilgan tizimlarda esa signallarni uzatishda elektronlar ishtirok etadi. Bunday tizimlarda datchiklar o‘zlari kiritilgan qurilmalar bilan bitta tilda “gaplashadi”. Bu erda muloqot qilish tili – ularda ma’lumot ionlar yordamida emas, balki elektronlar yordamida uzatiladigan elektr signallaridir (optik aloqa tizimlarida ma’lumot fotonlar orqali uzatiladi). Biz o‘lchash tizimiga elektrokimyoviy eritmalar va asab tolalari orqali emas, balki elektr uzatgichlar orqali ulanadigan datchiklarni ko‘rib chiqamiz. Shundan kelib chiqib, datchikni qayta ta’riflaymiz:
Datchik – bu tashqi ta’sirlarni qabul qiladigan va elektr signallarini o‘zgartirish bilan ularga reaksiya ko‘rsatadigan qurilmadir.
Tashqi ta’sir atamasidan keng foydalaniladi, shu sababli uni to‘g‘ri talqin qilish lozim bo‘ladi. Tashqi ta’sir deganda obyektning miqdoriy tavsifi, uning qabul qilish va elektr signallariga qayta shakllantirish zarur bo‘ladigan xossalari va xususiyatlari tushuniladi. Ba’zi bir kitoblarda ushbu maqsadlar uchun xuddi shunday qiymatga ega bo‘lgan o‘lchanadigan kattalik atamasidan foydalaniladi, biroq bu atamada sensor funksiyasining miqdoriy tavsifiga urg‘u beriladi.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling