O‘bekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 1.83 Mb.
bet11/41
Sana11.05.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1454592
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41
Bog'liq
КОНСТ ЛОТ

Datchiklarning vazifasi – ma’lum bir tashqi fizikaviy ta’sirga reaksiya ko‘rsatish va uni o‘lchash sxemalari bilan tutashtirish mumkin bo‘ladigan elektr signallariga aylantirishdan iborat. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, aytish mumkinki, datchik – bu fizikaviy kattalikni (ko‘pincha elektr kattalik bo‘lmagan) elektr signallariga aylantiradigan qurilmadir. Elektr signali deganda elektron
qurilmalar yordamida o‘zgartirilishi, masalan, kuchaytirilishi yoki uzatuvchi liniyalar bo‘ylab uzatilishi mumkin bo‘lgan signal tushuniladi. Datchiklarning chiqish signallari kuchlanish, tok yoki zaryad bo‘lishi mumkin, ular quyidagi tavsiflar bilan tasvirlanadi: amplituda, chastota, faza yoki raqamli kod. Bu tavsiflar jamlanmasi chiqish signalining formati deb ataladi. Shunday qilib, har bir datchik kirish parametrlari jamlanmasi (har qanday fizikaviy tabiatga ega bo‘lgan) va chiqish elektr parametrlari jamlanmasi bilan xarakterlanadi.
3.1-rasm.Suv sathini nazorat qilish tizimi


4-seminar mashg‘uloti. 4-ALT ning axboroti ta’minoti

Axborot ta’minotining asosiy vazifalari. ALT larni axborot ta’minoti loyihalash jarayonida kerakli bo‘lgan axborotlar fondi va uni boshqarish vositalari to‘plamidan iborat. ALT ning barcha komponentlarida qo‘llaniladigan ma’lumotlar to‘plami ALT ning axborotlar fondi deyiladi. Axborotlar fondi o‘z tarkibiga loyihalashni avtomatlashtirish uchun kerakli axborotlarni, chop etilgan hujjatlar, chizmalar ko‘rinishidagi ma’lumotlarni kiritadi. SHu jumladan axborotlar fondiga, komplektlashtiruvchi detallar, qismlar, materiallar texnologik jihozlar va qurilmalar, tipli loyiha echimlari, loyihalanilayotgan obyektdagi kechadigan holatlar tipli loyiha protsedurasi izohlari haqidagi ma’lumotlar kiradi. Axborotlar fondini boshqarish tizimi axborotlarni saqlash, ularga murojat qilinishi tashkil qilishni bajaradi. Axborotlar fondining ko‘pgina qismini kollektiv foydalanuvchilari tomonidan, loyihalash yo‘nalishini bajaruvchi turli amaliy dasturlarda ko‘p marotaba foydalaniladigan ma’lumotlar tashkil qiladi.
ALT lar axborotli ta’minotining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: kirishdagi axborotlarni talab qilingan chiqarish axborotlariga o‘zgartirish, massivlarni saqlash, izlash va ma’lumotlar berish uchun qulay ko‘rinishiga keltirish. ALT lar axborotli ta’minoti bajaradigan funksiyalariga esa, foydalanuvchilar yoki amaliy dasturlar tomonidan kiritiladigan ma’lumotlarni to‘plash va ularni saqlash, axborotli ma’lumotlar tizimi sifatida avtonom rejimda ishlash, foydalanuvchiga axborot berish va amaliy dasturlar o‘rtasida axborotlar uzatishdan iborat.
ALT lar axborotli ta’minotni yaratishda asosiy hal qilinadigan vazifa dasturlarni bajarilishi uchun ma’lumotlarni almashuvi ishlashini tashkil qilish hisoblanadi. Oddiy dasturlovchining o‘z malakalaridan ma’lumki, dastur yozishda axborotlarni kiritish va chiqarish murakkabroq masala hisoblanadi. Bu masala ayniqsa ALT lar dasturli ta’minotini yaratishda yanada murakkablashadi, chunki bunday ta’minot tarkibidagi o‘zaro axborot almashlovchi dastur komplekslari mavjud bo‘ladi. Haqiqatdan ham alohida dasturlarni yaratishda, ma’lumotlar asosiy atributlar hisoblanadi. (7.5A-rasm).
Dasturlovchi ma’lumotlarni kirishda va chiqarishdagi dasturlarda qanday tasvirlashni aniqlashi va ularni EHM xotirasiga joylashtirish usullarini ko‘rib chiqishi, bundan tashqari dastur modullararo axborot almashlash operatsiyalarni tashkil qilishni bilish kerak. Ma’lumotlar almashlash operatsiyasi dasturlash tillari operatorlari orqali berilib, operatsion tizim maxsus dasturlari boshqaruvida bajariladi. ALT lar DT ni yaratishda alohida dasturlarni komplekslarga birlashtirishda, turli dasturlarning bir qism ma’lumotlari bir-birini takrorlab kelishi mumkin. 7.5A-rasmda bunday ma’lumotlar shtrix soha qilib ko‘rsatilgan. Bundan tashqari ba’zi bir ma’lumot almashuvida qo‘lda mutaxassis tomonidan bajarish mumkin. Bunday ishlarni bajarish usullarining asosiysi bo‘lib, kompleksdagi barcha dasturlar uchun boshqa ma’lumotlar bazasini tashkil qilish hisoblanadi. (7.5B-rasm). Har bir dastur ma’lumotlar bazasining o‘ziga kerakli qismi ishlaydi, natijada ma’lumotlarni takrorlanishiga chek qo‘yiladi va dasturlar o‘rtasida axborot almashlash osonlashadi. Lekin bu ma’lumotlarni sanksionlashtirilmagan murojaatdan va ma’lumotlarni buzilishidan himoyalash muammosi kelib chiqadi, ma’lumotlarni almashuvini rejalashtirishga bo‘lgan talab kuchayadi. SHuning uchun ALT larda ma’lumotlarni bunday tashkil etish, dasturlovchilar mehnatini yanada murakkablashtiradi.
ALT lar axborotli ta’minotni mukammallashtirishdagi yana bir qadam uning tarkibiga dasturlar va ma’lumotlar bazasi o‘rtasida ma’lumotlar almashuvini tashkil qiluvchi maxsus dastur vositasini kiritib, ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi tizim tashkil qilish hisoblanadi. (7.5D-rasm). MBBT dasturlovchini

ma’lumotlarini EHM xotirasiga joylashtirishni rejalashtirish va ularni himoyalash vazifalarini bajarishdan ozod qiladi. Ma’lumot almashuvini tashkil qilish uchun maxsus tilda ma’lumotlarni izlashga so‘rovlar yaratish kifoya qiladi.

2-dastur

1- dastur

Ma’lumotlar bazasi

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling