O‘bekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 1.83 Mb.
bet13/41
Sana11.05.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1454592
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
Bog'liq
КОНСТ ЛОТ

ALT larda MB ni tashkil qilishga talablar. ALTlarning MB sidan foydalanish asosiy maqsad, amaliy dasturlar yaratish jarayonini osonlashtirish, yangi qism tizimlarini tizimga birlashtirishga ketadigan xarajatlarni kamaytirish, ularni tez moslashtira olish imkoniyatini amalga oshirishdan iborat.
ALS larni MB ni yaratishda asosan quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:

  1. MB da ma’lumotlarni ichki strukturalarini tasvirlash imkoniyati bo‘lishi kerak. MB dan foydalanishda, uning elementlari o‘rtasidagi turli ko‘rinishdagi bog‘lanishlarni mavjudligi, kerakli ma’lumotlarni oson qidirib topish va ma’lumotlar bo‘yicha boshqa operatsiyalar bajarishda uning ichki strukturasini bilish muhim hisoblanadi.

  2. Ma’lumotlar bilan ishlaydigan vositalar yuqori unumdorlikka ega bo‘lishi kerak. Foydalanuvchi yoki amaliy dasturning so‘roviga bo‘lgan reaksiya, aniq chegaralanishi boshqa tizimlarga qaraganda juda muhim hisoblanadi. Tizimning unumdorligi esa foydalanuvchilar terminallari soni va loyihalovchi QT larining ADP lari soniga bog‘liqdir.

  3. MB dan foydalanish xotiradan juda ko‘p joy sarf qilishga olib kelmasligi kerak. Xotiradan ketadigan sarfni kamaytirish uchun, MB ni tashkil qilishda, tashqi xotiraga (TX) murojat qilishlar sonini minimallash metodlari tanlanadi.

  4. Mb da ortiqcha ma’lumotlarni iloji boricha minimallash kerak. Ortiqcha ma’lumotlar qo‘shimcha xotira va qo‘shimcha qidirish vaqtini taqazo etadi.

  5. MB da ma’lumotlarni qidirishning turlicha yo‘llari bo‘lishi kerak. MB dan axborot izlash moslanuvchan va tezkor bo‘lishi kerak.

  6. ALT larni MB dan ma’lumotlarni to‘liqligi doimo kafolatlanib foydalanishni bilmasliklari tufayli MB buzilib qolmasligini, biron-bir ta’sirdan ma’lumot buzilsa ham avtomatik holda tiklash tadbirlari amalga oshirilishi kerak.

  7. MB da ma’lumotlarni maxfiyligi va xavf-xatardan xolis bo‘lishligi ta’minlanishi kerak. Ma’lumotlarga havf-xatar deganda, bu ma’lumotga ega bo‘lish xuquqi bo‘lmagan shaxslarni tasodifiy yoki bilib turib unga ega bo‘lishlaridan ximoyalash tushuniladi. Ma’lumot maxfiyligi deyilganda, bu ma’lumotlarni foydalanuvchilarga qanday qilib va qancha miqdorda yuborishni alohida shaxs yoki tashkilotni xal qilishi tushuniladi. Ma’lumotlarning maxfiliyligini ta’minlash uchun, MBni tashkil qilishda texnik muammolarga bog‘liq bo‘lmagan tadbirni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Masalan bunday maqsad uchun dialogli kiritish qurilmalaridan foydalanish mumkin.

  8. MB, oldin tashkil qilingan ma’lumotlar va dastur bilan yangi tashkil etilgan ma’lumotlar va dasturlar mos tushadigan qilib loyihalanishi kerak. Ma’lumotlarni ozgina o‘zgarish, APD larini o‘zgarishiga olib kelmasligi kerak. Bu talabni amalga oshirish uchun amaliy dasturlarda ma’lumotlarni mantiqiy tasvirlanishi ularni fizik tasvirlashdan ajratib olish kerak bo‘ladi. Bu ko‘rinishda tasvirlashdan boshqa ko‘rinishda tasvirlashga o‘tishni MBBT bajaradi. SHu orqali ma’lumotni fizik bog‘liq emasligi ta’minlanadi.

  9. Tizimda MB ni unumdorligini oshirish uchun rekonstruksiya (sozlash) qilish vositasi qatnashishi kerak. MB da sozlash vazifasini MB administratori amalga oshiradi. Administrator (Dasturlovchi) ma’lumot to‘lqinligi saqlash uchun kerakli o‘zgartirishlarni kiritadi.

  10. MB da ma’lumotlar aralashib ketgan bo‘lishi kerak. Ma’lumotlarni aralashib ketishi deganda ularga bo‘lgan talabga qarab, ularni boshqarish, saqlash jarayoni tushuniladi. Alohida ma’lumotlar aloxida turdagi xotiralarda saqlanadi.

Kam ishlatiladigan ma’lumotlar esa arzonroq xotira qurilmalarida aralash holda saqlanadi.

  1. Ma’lumotlarni mantiqiy izohlash vositalari oddiy bo‘lishi kerak. Bu talabni tashkil qilish uchun MB ALT larida ma’lumotlarni jadval ko‘rinishida mantiqiy izohlashdan foydalanish tavsiya qilinadi. Bunday izohlashda HT ni bilmaydigan foydalanuvchi ham MB dan foydalana oladi.

  2. MB bilan muloqat qiluvchi vosita juda oddiy bo‘lishi kerak. Foydalanuvchi uchun ma’lumotlar joylashgan fayllar va ularni adreslari haqidagi ma’lumotlarni bilishlarining hojati yo‘q bo‘lishi kerak. Ma’lumotlarni chaqirish uchun dastur tuzulishning ham hojati bo‘lmasligi kerak. Bu talabni qondirish uchun qondirish uchun ma’lumotlarni manipulyasiya qilish tili yaratiladi, bu esa ma’lumotlar «menyu» sini yaratish imkoniyatini beradi.

Ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan ma’lumotlarning asosiy xususiyati ularni strukturalashtirilganligidadir.Ma’lumotlarning umumiy strukturasi izoh MB konseptual modeli (sxema) deb ataladi. MB sxemasida uning ba’zi cheklangan amaliy dasturlar guruhiga xizmat ko‘rsatuvchi qismlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bunday izohlar MB qism sxemasi deyiladi.Loyihalashni avtomatlashtirish uchun ma’lumotlar modelini tashkil qilish kerak bo‘ladi. Ma’lumotlar modeli, bu ma’lumotlar to‘plami bo‘lib, ularning o‘zaro bog‘liqligini tasvirlaydi va ALT da echilishi kerak bo‘lgan barcha masalalarni echishda foydalaniladi. Bunday model cheksiz, mavhum turli tuman real obyektlarni turlicha saviyalariga javob beruvchi uchta darajaga ega. Birinchi darajada shu turli-tuman obyektlardan, aniq masalalar doirasini echish uchun kerakli bo‘lgan obyektlar ajratilib olinadi va ma’lumotlar mantiqiy (axborotli) strukturasi tashkil qilinadi. Ikkinchi darajada bu struktura EHM xotirasida bevosita tasvirlash mumkin bo‘lgan va dasturlar yordamida qayta ishlash mumkin bo‘lgan ma’lumotlar fizik strukturasiga aylantiriladi. Uchinchi daraja esa ma’lumotlar elementlarini mashina ichiga joylashtirishni tasvirlaydi.Ma’lumotlar strukturasi – bu ma’lumotlar elementlari yoki guruhlarning bir- birlari bilan bog‘lanishi qoidalari to‘plamidir. Ma’lumotlar strukturasi loyihalovchini qiziqtiradigan ma’lumot elementlari haqida hech qanday ma’lumot bermaydi. Loyihalovchilar ma’lumotlarni mantiqiy strukturalarini tasvirlash imkoniyatlari haqida va ularni ALT larda ishlatilishi haqida tasavvurga ega bo‘lishlari kerak.


Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling