Takrorlanish operatorlari. Parametrli takrorlash operatori (for). Old shartli va so’ng shartli takrorlanuvchi sikl operatorlari


Download 85.85 Kb.
bet1/7
Sana07.03.2023
Hajmi85.85 Kb.
#1245306
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu


Takrorlanish operatorlari. Parametrli takrorlash operatori (for). Old shartli va so’ng shartli takrorlanuvchi sikl operatorlari (while, do while). Takomillashtirilgan takrorlash operatorlari. Takrorlanishni tarmoqlanish va sharsiz o’tish orqali tashkil etish.
Ushubu maʻruzada keltirilgan materiallar C++ dasturlash tilida muhim ahamiyatga ega boʻlgan takrorlash operatorlari, takrorlanish jarayonini qanday tashkil etish usullariga bagʻishlangan. Maʻruzada ana shu takrorlanish jarayonini tashkil etuvchi takrorlash operatorlarining turlari hamda ularning qoʻllanilish usullari haqida batafsil yoritilgan. Takrorlash operatolari ishida baʻzan maʻlum bir qiymatlar uchun biror qism bajarilmasligi zarur boʻlib qolganda yordamga kelgan oʻtish operatorlari haqida ham ma’lumotlar berilgan. Amaliy masalalar yordamida barcha takrorlash operatorlari aniq va toʻliq tushuntirilgan.
Kalit soʻzlar:takrorlash, takrorlash tanasi, iteratsiya, takrorlanish, parametrli, oldshartli takrorlash, so‘ngshartli takrorlash.
REJA:

  1. Parametrli takrorlash operatori (for).

  2. Old shartli va soʻng shartli takrorlanuvchi sikl operatorlari (while, do while).

  3. Takomillashtirilgan takrorlash operatorlari.

  4. Takrorlanishni tarmoqlanish va shartsiz oʻtish orqali tashkil etish.

Har qanday dasturning strukturasi tarmoqlanish va takrorlanishlar toʻplamining kombinatsiyasidan iborat boʻladi. Qator masalalarni yechish uchun koʻpincha bitta amalni bir necha marotaba bajarish talab qilinadi. Amaliyotda bu rekursiyalar va iterativ algoritmlar yordamida amalga oshiriladi. Iterativ jarayonlar – bu amallar ketma-ketligini zaruriy sonda takrorlanishidir. Takrorlanuvchi algoritmli dasturlarda aniq bir yoki bir necha amallar takror va takror bajarilish imkoniyati koʻzda tutilgan boʻladi. Takrorlanishni amalga oshirilishi uchun dasturlash titlining takrorlash operatorlaridan foydalanish mumkin boʻladi. C++ dasturlash tilida takrorlash operatorlarining bir necha turi mavjud. Takrorlash operatorlari “takrorlash sharti” deb nomlanuvchi ifodaning rost qiymatida dasturning maʻlum bir qismidagi operatorlarni (takrorlash tanasini) koʻp marta takror ravishda bajaradi.
Takrorlash oʻzining kirish va chiqish nuqtalariga ega, lekin chiqish nuqtasi boʻlmasligi mumkin, Bunday takrorlashlarga cheksiz takrorlash deyladi. Cheksiz takrorlash uchun takrorlashni davom ettirish sharti doimo rost boʻladi. Takrorlash shartini tekshirish takrorlash tanasidagi operatorlarni bajarishda oldin tekshirilishi mumkin (for, while operatolari) yoki tanasidagi operatorlar bir marta bajarilgandan keyin tekshirilishi mumkin (do-while operatori).

Download 85.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling