Oʻtish operatorlari, break operatori. Baʻzi hollarda takrorlash bajarilishini ixtiyoriy joyda toʻxtatishga toʻgʻri keladi. Bu vazifani break operatori bajarishga imkon beradi. Bu operator darhol sikl bajarilishini toʻxtatadi va boshqaruvni sikldan keyingi operatorlarga uzatadi. Break operatorini takrorlash operatori tanasining ixtiyoriy (zarur) joylariga qoʻyish orqali shu joylardan takrorlashdan chiqishni amalga oshirish
mumkin.
Misol: Bu misolda n oʻzgaruvchiga xoxlagancha qiymat kiritishmiz mumkin, qachonki n ga 1 yoki 0 kiritilganda break operatori ishga tushadi.
Misolning dasturi:
#include using namespace std; int main() { int n; while (1){ cin>>n; if(n==1 || n == 0) break;
}
cout<<"Takrorlanish tugadi";
return 0;}
Bu misolda while(l) operatori yordamida cheksiz takrorlanish hosil qilinadi. Agar 1 yoki 0 soni kiritilsa, takrorlash toʻxtatiladi.
continue operatori. Takrorlanish bajarilishiga taʻsir oʻtkazishga imkon beradigan yana bir operator continue operatoridir. Bu operator takrorlanish qadamining bajarilishini toʻxtatib, for va while da koʻrsatilgan shartli tekshirishga oʻtkazadi.
Misol:
#include using namespace std; int main(){ int n; for(;;) { cin>>n;
if(n==4 || n == 2) continue; break;
}
cout<<"Takrorlanish tugadi";
|
return 0;}
Bu misolda for(;;) operatori yordamida cheksiz takrorlanish hosil qilinadi. Agar 4 yoki 2 sonlaridan farqli son kiritilsa, takrorlanish toʻxtatiladi.
goto oʻtish operatori. Oʻtish operatorining koʻrinishi: goto .
Bu operator identifikator bilan belgilangan operatorga oʻtish kerakligini koʻrsatadi.
Misol uchun goto Al;
Al: y = 5;
Strukturali dasturlashda
Do'stlaringiz bilan baham: |