Takrorlanish operatorlari. Parametrli takrorlash operatori (for). Old shartli va so’ng shartli takrorlanuvchi sikl operatorlari


Download 85.85 Kb.
bet2/7
Sana07.03.2023
Hajmi85.85 Kb.
#1245306
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu

Takrorlanish jarayonlari. Takrorlanish – bu bir xil ketma-ketlikda bajariladigan koʻpqirrali harakat. Maʻlum qadamlar sonidagi takrorlanish va Nomaʻlum qadamlar sonidagi takrorlanish (shartli takrorlanish)
Masala. Butun sonlarning kvadratlarini va kublarini ekranga chiqaring 1 dan 8 gacha (a dan b gacha).
Xossa: bir xil harakatlar 8 marta bajariladi.
Takrorlanuvch jarayonga misol: Avval berilgan ma’lumotlar kiritiladi. Soʻngra takrorlanuvch jarayonning, yaʻni siklning parametrlari oʻrnatiladi. Buni matematikada takrorlanish opaligʻi deb ham yuritiladi.
Masalan: X [0;10] boʻlsa, sikl parametrlari 0 dan 10 gacha hisoblanadi. Keyin hisoblash yoki bir nech hisoblashlar amalga oshiriladi. Natija 1 ta yoki bir nechta chiqishi mumkin, bu masalaning qoʻyilishiga bogʻliq boʻladi. Agar masalaning javobi bir nechta chiqadigan boʻlsa, u holda chiqarish blogi ham sikl parametri ichida boʻladi. for-parametrli takrorlash operatori. for takrorlash operatorining blok-sxemasi

for takrorlash operatorining sintaksisi quyidagi koʻrinishga ega:
for (; ;) ;
Bu operator oʻz ishini ifodasini bajarishdan boshlaydi. Keyin takrorlash qadamlari boshlanadi. Har bir qadamda bajariladi, agar natija 0 qiymatidan farqli yoki true boʻlsa, takrorlash tanasi - bajariladi va oxirida bajariladi. Agar qiymati 0 (false) boʻlsa, takrorlash jarayoni toʻxtaydi va boshqaruv takrorlash operatoridan keyingi operatorga oʻtadi. Shuni qayd etish kerakki, ifodasi vergul bilan ajratilgan bir nechta ifodalar birlashmasidan iborat boʻlishi mumkin, bu holda oxirgi ifoda qiymati takrorlash sharti hisoblanadi. Takrorlash tanasi sifatida bitta operator, jumladan boʻsh operator boʻlishi yoki operatorlar bloki kelishi mumkin.
Misol uchun 10 dan 20 gacha boʻlgan butun sonlar yigʻindisini hisoblash masalasini koʻraylik.

# include < iostream> using namespace std; int main () { int Summa=0;
for ( int i= 10 ; i< = 20 ; i++ ) Summ a+=i;
cout<<" Yigʻindi= " << Summa; return 0; }

Dasturdagi takrorlash operatori oʻz ishini, i takrorlash parametriga (takrorlash hisoblagichiga) boshlangʻich qiymat - 10 sonini berishdan boshlaydi va har bir takrorlash qadamidan (iteratsiyadan) keyin qavs ichidagi uchinchi operator bajarilishi hisobiga uning qiymati bittaga oshadi. Har bir takrorlash qadamida takrorlash tanasidagi operator bajariladi, yaʻni Summa oʻzgaruvchisiga i ningqiymati qoʻshiladi. Takrorlash sanagichi ining qiymati 21 boʻlganda “i<=20” takrorlash sharti false(0)qiymatini qaytaradi va takrorlash tugaydi. Natijada boshqaruv takrorlash operatoridan keyingi cout operatoriga oʻtadi va ekranga yigʻindi chop etiladi. Yuqorida keltirilgan misolga qarab takrorlash operatorlarining qavs ichidagi ifodalariga izoh berish mumkin: - takrorlash sanagichi vazifasini bajaruvchi oʻzgaruvchiga boshlangʻich qiymat berishga xizmat qiladi va u takrorlash jarayoni boshida faqat bir marta hisoblanadi. Ifodada oʻzgaruvchi eʻloni uchrashi mumkin va bu oʻzgaruvchi takrorlash operatori tanasida amal qiladi va takrorlash operatoridan tashqarida «koʻrinmaydi», - takrorlashni bajarishni yoki bajarilmasligini aniqlab beruvchi mantiqiy ifoda, agar shart rost boʻlsa, takrorlash davom etadi, aks holda yoʻq. Agar bu ifoda boʻsh boʻlsa, shart doimo rost deb hisoblanadi; - odatda takrorlash sanagichining qiymatini oshirish (kamaytirish) uchun xizmat qiladi yoki unda takrorlash shartiga taʻsir qiluvchi boshqa amallar boʻlishi mumkin.
for operatorida takrorlash tanasi boʻlmasligi ham mumkin. Yuqorida keltirilgan 10 dan 20 gacha boʻlgan sonlar yigʻindisini boʻsh tanali takrorlash operatori orqali hisoblash mumkin:
for ( int i= 10; i< = 20 ; Summa+=i++) ;
Takrorlash operatori tanasi sifatida operatorlar bloki ishlatishini faktorialni hisoblash misolida koʻrsatish mumkin: Misol. Faktorialni hisoblash dasturi
#include using namespace std; int main(){ int n,i; long long fact=1; cout<<"n ni kiriting:"; cin>>n; for(i=1; i<=n; i++) fact*=i; cout<<"natija="<

Download 85.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling