O‘bekiston respublikasi


-seminar mashg‘uloti. Avtomatik identifikatsiyalash. SHtrixli kodlash. Mahsulotlarni shtrixli kodlash tizimi


Download 1.56 Mb.
bet44/54
Sana19.04.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1366629
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54
Bog'liq
СТ лотин

11-seminar mashg‘uloti. Avtomatik identifikatsiyalash. SHtrixli kodlash. Mahsulotlarni shtrixli kodlash tizimi.

1.O’zbekistonda mahsulotlarni shtrixli kodlashtirish


2. O’zbekiston Respublikasida chiqarilgan mahsulotning shtrixli kodlarini .
3.Standartlashtirishning boshqaruv tizimi sifatidagi ahamiyatini izohlash.
4.Standartlashtirishning fan sifatidagi ahamiyatini izohlash.


Kalit (tayanch) so‘zlar: yalpi ishlab chiqarish, me’yoriy-texnik taminot, sanoat tarmoqlari.


O’zbekistonda mahsulotlarni shtrixli kodlashtirish



Korxonada sifat menejmenti
4.1amaliy.MeyliyevaN(1), 4.1amaliy.MeyliyevaN(1), ABU ALI IBN beruniy, Mavzu2, Metodik kengash nizomi, 'OT, 'OT, 'OT, - kredit muassasasi. Kredit tushunchasi, “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi, Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti p, pedagog, english key to success, skidka narx anor savdo


O’zbekistonda mahsulotlarni shtrixli kodlashtirish
O’zbekiston Respublikasida shtrix-kodlar tobora keng tadbiq etilib bormoqda. 1999 yili “O’zstandart” agentligi qoshidagi metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasidagi mutaxasislarni tayyorlash va malaka oshirish institutida SHtrix-kodlar masalari bilan shug’ullanuvchi markaz tashkil etildi. Ushbu markazning ta’sis etilishidan maqsad — mahsulotlarni avtomatlashtirilgan tarzda identifikatsiyalash borasidagi muammolarni hal etish va bu faoliyatni keng ravishda targ’ib etishdir. Albatta, bunda xalqaro me’yoriy xujjatlarni hisobga olgan holda kodlashning standartlashtirilishi alohida ahamiyatga ega.
O’zbekiston Respublikasida shtrixli kodlash eng avvalo, 1996 yilning 26 aprelida qabul qilingan “Iste’molchilarning xuquqlarini himoya qilish to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 4-moddasida ko’rsatilgan iste’molchining harid qilinayotgan mahsulot haqida zarur va ishonchli ma’lumot olish huquqini amalga oshirishda yangi zamin yaratadi.
SHtrixli kodlash ishlab chiqarish korxonalari uchun quyidagi:
  • avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining tadbiq etilishini osonlashtirish;


  • ishlab chiqarish, mahsulotni saqlash va realizatsiya qilish kabi faoliyatlardagi hisob-kitob ishlarining samaradorligini oshirish;


  • resurslarni chuqur tahlil qilish imkoniyatini berish;


  • xujjatlar aylanishini qisqartirish;


  • mahsulotni realizatsiya qilish va uning harakati haqidagi ishonchli ma’lumotlarni muntazam ravishda yig’ish imkoniyatini yaratish;


  • boshqaruv va nazorat organlariga tezkor ravishda mahsulot xususidagi ma’lumotlarni tavsiya etish imkoniyatlarini yaratadi.


Xaridor sotib olayotgan mahsulotining faqat tayyorlangan davlati borasidagi ma’lumotnigina emas, balki tegishli barcha ma’lumotlarni ham bilishni istaydi. Bu muammo ham vaqti kelib standartlashtirish vositasida hal etilishi mumkin. Biroq buning uchun sertifikatlashtirish yo’li bilan tasdiqlanuvchi, standartlarning majburiy talablarining ro’yhatini kengaytirish lozim bo’ladi.


O’zbekiston Respublikasi shtrixli kodlash tizimi EAN xalqaro tovar raqamlash tizimi doirasida ishlab chiqilgan va u asosida faoliyat yuritadi, milliy va xalqaro kodlash tizimining mos kelishini hamda axborot almashish uchun yagona tilni ta’minlaydi.
EAN shtrixli kodlaridan foydalanish ustidan nazorat GS1 O’zbekistan (EAN O’zbekistan) assotsiatsiyasi va “O’zstandart” agentligi “SHtrixli kodlash markazi” DK tomonidan birgalikda amalga oshiriladi.
SHtrixli kodlash sohasida:
  • turli tashuvchilar va firmaga oid o’zi yopishadigan etiketka va yorliqlarda shtrixli kodlarning original-maketlarini tayyorlash;


  • original-maket va upakovkalarda shtrixli kodlar verifikatsiyasi;


  • etiketka, upakovka va tovarda shtrixli kodlar bosilishining sifatini tekshirish;


  • O’zbekiston Respublikasida chiqarilgan mahsulotning shtrixli kodlarini Davlat reestriga kiritish;


  • avtomatik tarzda identifikatsiyalash va shtrixli kodlash sohasidagi masalalar bo’yicha seminar, yig’ilishlar o’tkazish;


  • shtrixli kodlash texnologiyalarini qo’llagan holda avtomatlashtirilgan tizimlarni loyihalashtirish va joriy qilish ishlari amalga oshiriladi.



Firmaning o’zi yopishadigan etiketka, yorliqlar va turli tashuvchilarda shtrix kodlarning original-maketlarini tayyorlashga talabnoma Davlat interaktiv xizmatlarining yagona portali va “SHtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi” DK sayti orqali interaktiv shaklda berilishi mumkin. GS1 O’zbekistan (EAN O’zbekistan) (Belgiya, Bryussel) Xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizga 478 raqamli identifikattsion kod berilgan.GS1 O’zbekistan assotsiatsiyasi korxonaga unga ro’yxatga olish raqami berilgani to’g’risida guvohnoma va EAN tizimiga ko’ra tovar kod tuzilmasini beradi.“O’zstandart” agentligi “SHtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi” DK tomonidan o’rnatilgan tartibga muvofiq shtrixli kod original-maketi tayyorlanadi va beriladi.Original-maketning yuqori qismida albatta Davlat reestridagi ro’yxatga olish raqami ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Bu raqamsiz shtrixli kod haqiqiy deb hisoblanmaydi va foydalanishga yo’l qo’yilmaydi.“GS1” (Evropa tovar raqamlanishi uyushmasishtrixli kodi tovar birliklarini identifikatlashtirish va ularni tamg’alash uchun “GS1” tovarlarni raqamlash Xalqaro Uyushmasi qoidalarida belgilangan o’lchamlar bilan joylashtirilgan holda izchil joylashtirilgan parallel shtrixlar va ular o’rtasidagi oraliqdagi kombinatsiyalar bilan ifodalangan raqamli koddir.Tovarlarni “GS1” shtrixli kodlari bilan tamg’alash “O’zstandart” agentligi, “GS1” tovarlarni raqamlash Xalqaro Uyushmasining standartlari va me’yoriy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.O’z tovarlarini “GS1” shtrix kodlari bilan tamg’alanishi istagini bildirgan O’zbekiston Respublikasining tadbirkorlik sub’ektlari, O’zbekiston Respublikasi davlat standartlariga muvofiq ishlab chiqariladigan mahsulotning shtrixli kodida foydalaniladigan tovar kodini olish uchun “GS1 O’zbekistan” uyushmasida ro’yxatdan o’tadilar.Ishlab chiqarayotgan tovarlari “GS1” shtrixli kodlari bilan tamg’alanishi istagini bildirgan tadbirkorlik sub’ektlari “O’zstandart” agentligiga O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni Davlat reestriga kiritish va shtrixli kodlarning original-maketlarini olish uchun davlat standartlari talablariga muvofiq mahsulotlar haqidagi axborotni taqdim etadilar.
Tadbirkorlik sub’ekti shtrixli kod qo’yilgan mahsulotlar (tovarlar)ni tayyorlovchi buyurtmachining talabiga ko’ra, uni yetkazib berish boshlangunga qadar ma’lumotlar bazasini shakllantirish uchun buyurtmachiga mahsulotlar (tovarlar)ning asosiy iste’mol tafsivnomalari to’g’risida axborot beradi.“GS1 O’zbekistan” uyushmasida ro’yxatdan o’tkazilmagan tadbirkorlik sub’ektlari ishlab chiqariladigan yoki sotiladigan mahsulotlar (tovarlar)ni “GS1” shtrixli kodlari bilan tamg’alash huquqiga ega bo’lmaydilar.Tadbirkorlik sub’ektlari shtrixli kodlash bo’yicha standartlar va Nizom talablarini buzganlik uchun O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
O’zbekistonda ishlab chiqariladigan yoki sotiladigan mahsulotlar (tovarlar)ni “GS1” shtrixli kodlari bilan tamg’alash tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan tegishli qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Mahsulot (tovar)larni “GS1” shtrix kodlari bilan tamg’alash, tadbirkorlik faoliyati sub’ekti tomonidan “GS1” tasniflash va kodlash sohasida ro’yxatdan o’tkazish tartib raqami, ishlab chiqarilayotgan tovarning raqamli kodi va shtrixli kodning original-maketi olingandan keyin ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.Mahsulotlarga (tovarlar)ga qo’shimcha ishlov beradigan (qadoqlash, idishga qayta joylash va boshqalar) tadbirkorlik sub’ektlari ularni shuningdek “GS1” shtrixli kodi bilan tamg’alashlari mumkin.




Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling