Ob’ekt to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar
Binolarning konstruktiv yechimlari
Download 149 Kb.
|
Binolarning konstruktiv yechimlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Devor va pardevorlar
- Eshik va derazalar
Binolarning konstruktiv yechimlari.
Poydevori – quyma tasmasimon poydevordan tiklangan. Kuzatuv vaqtiga poydevor konstruksiyalarida atmosfera yog‘inlari ta’sirida sho‘rlanish, uqalanish holatlari va aksariyat qismlarida bezak qatlamlari ko‘chib tushganligi aniqlandi. Poydevor konstruksiyasining umumiy texnik holati QMQ 2.01.16-97 3-jadval tasmasimon toshli poydevorlar eskirishi 41-60% qoniqarsiz.Poydevor yuza qismlarini tozalab mavjuda yoriqlarmi sement qorishma yordamida mustahkamligini oshirishga tavsiya etiladi. Devor va pardevorlar – O‘rganilayotgan bino 2 qavatdan iborat bo‘lib, pishiq g‘isht bilan sement qumli qorishma yordamida tiklangan. Yerto‘la ko‘ndalang va bo‘ylama devorining qalinligi 550 mm dan iborat. Birinchi va ikkinchi qavati bo‘ylama devorlarining qalinligi 550 mm dan tashkil topgan ko‘ndalang devorlar esa 380 mm dan tashkil topgan. Binoning barcha pardevorlari pishiq g‘isht bilan sement qumli qorishma yordamida tayyorlangan bo‘lib qalinligi 120 va 250 mm (0,5-1 g‘isht). G‘isht devorning bog‘langan choklar bo‘yicha terimning hisobiy qarshiliklari =1,3 kg/sm2 (QMQ 2.01.03-19 3.5.4-band) talablariga asosan II-toifa terimga to‘g‘ri keladi. G‘isht devorlarda temirbeton uzellar bor bo’lib bino kompleks konstruksiyalargan qatoriga kiritiladi. G‘isht terimlarning o‘zaro tutashadigan joylarida armatura to‘rlari yotqizilgan. Ko‘ndalang devorlar qadami 3,5 m dan 12,5 m gacha tashkil etadi. Amaldagi me’yoriy hujjat (QMQ 2.01.03-19)ga asosan 7,2m belgilangan ushbu devorlaning o‘lchamlari mos kelmasligi aniqlandi. Binoning eni 4 m dan 6 m ni tashkil etadi. Amaldagi me’yoriy hujjat (QMQ 2.01.03-19 3.1-jadval)ga asosan 6,0m keltirilgan. Me’yoriy hujjatga mos keladi. Devorda joylashgan deraza proyomlari orasidagi oraliq devorlari kengligi 1,0m dan 1,2m ga (QMQ 2.01.03-19 3.5.9-band 3.2-jadval) Derazalar proyomlarining kengligi 1,2m dan 1,5m gacha tashkil etadi. Me’yoriy hujjat (QMQ 2.01.03-19 3.5.9-band 3.2-jadval) talablariga asosan 2,5m dan ortib ketmasligi shart. Eshik va zina kataklarida temirbeton o‘zaklardan kontur xosil qilinmagan. Daraza va eshik proyomlarining yuqori qismida ko‘ndalang kesimi 300x500mm bo‘lgan temirbeton peremichkalar o‘rnatilgan. Peremichkalarning devor ustki qismiga kirib turishi kamida 350mm dan iborat. Binoning barcha devorlarida tekshiruv davomida ko‘zga ko‘rinadigan yoriqlar aniqlandi. Bino devorlarini kuchlantirish bo‘yicha olib borilmagan.Bino dvorlari QMQ 2.01.16-97 10-jadvalga ko’ra 50 % gacha maydon choklari chuqurligi 4 sm gacha nurash holati kuzatilgan bo’lib jismoniy eskirishi 31-40 % deb belgilandi.devorlardagi zararlangan qismlarini tamirlashga tavsiya etiladi. Zinalar – Ichki zinalar yig‘ma temirbeton konstruksiyalardan iborat bo‘lib, zina katakchasi rejaning “1 - 2” va “A-B” o‘qlarida (chizmaga qarang) joylashgan. Yig‘ma temirbeton zinalardan tiklangan zinalarda mayda yoriqlar, beton ustki qismilarida ko‘chishlar, armaturalarning himoya qatlarlarida buzilashlar xamda zina tutqichlarida ko‘chish, surilish, sinish holatlari aniqlanmadi. QMQ 2.01.16-97 35-jadvalga asosan zina pog’onalarida kamdan kam darzlar ,bazi joylarning zararlanishi ,darzlar 1 mm gacha .Jismoniy eskirishi 0-20 % bo’lib darzlarni tamirlashga tavsiya etiadi. Eshik va derazalar – bino o’rganish vaqtida eshik va derazalar demontaj qilingani aniqland.Kelgusida zamonaviy eshik va derzalar o’rnatishga tavsiya qilinadi. Download 149 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling