Ob’ekt to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar


Pollar – bino pollari kuzatish vaqtida demontaj qilingani aniqlandi Orayopma va tom yopma tuzilmalari –


Download 149 Kb.
bet3/6
Sana24.04.2023
Hajmi149 Kb.
#1394452
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Binolarning konstruktiv yechimlari.

Pollar – bino pollari kuzatish vaqtida demontaj qilingani aniqlandi
Orayopma va tom yopma tuzilmalari – Binoning orayopma va tom yopma konstruksiyalari ko‘ndalang yo‘nalishda joylashgan. Bino orayopmalari ko’p bo’shliqli yig’ma temir beton plitalardan tashkil topgan.
Binoning orayopma konstruksiyalariga ishlatilgan temirbeton plitalarda zoriqish,nurash holatlari, yoriqlar va egilish holatlari bazi joylarda kuzatildi. Tom yopma konstruksiyalari texnik holati QMQ 2.01.16-97 32-jadvalga asosan jismoniy eskirishi 0-40 % ekanligi aniqlandi. Beton qorishmasini ineksiya yo’li bilan yuborib darzlarni tiklash,eski beton ustida tsemnt suvoq yurgazibqo’shimcha ishlov berish.
Tom - binoning tom qismi ikki nishabli ko‘rinishida bo‘lib, to‘sin va stropila yog‘och konstruksiyalardan tiklangan, tom qoplamasi esa kuzatuv vaqtida demontaj qilingani aniqlandi.
Tomda yomg‘ir va qor yog‘ishi natijasida to‘planadiga suvlarni chiqarib tashlash tizimlari montaj ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmagan. Mavjud tizimlar esa yaroqsiz holatga kelib qolgan. Binoning ta’mirlash jarayonida yomg‘ir suvlarini chiqarib tashlash tuzilmalari to‘liq qaytadan tiklanishi tavsiya etiladi. Binoning karniz qismlaridagi barcha maxsus qoplamalarida eskirish holatlari qayd etildi. QMQ 2.01.16-97 ga asosan jismoniiy eskirishi 0-20 % deb belgilandi va karniz qismlarni qaytadan tiklashga tavsiya etiladi.
Binoni ta’mirlash jarayonida tom qoplamalarini almashtirishga tavsiya etiladi.
Otmostka – Binoning peremetri bo‘ycha eni bir metrni tashkil etadigan beton to‘shama bilan qoplangan.
Binoning atrofi qalinligi 80mm va eni 1000 mmli beton to‘shama bilan qoplangan bo‘lib, beton to‘shama yuza qismlari atrof muxit yomg‘ir va qor suvlari ta’siridan ko‘chish, uqalanish va yorilish holatlari mavjud. Kelgusida binoni ta’mirlash jarayonida bino peremetri bo‘yicha otmostkalarni buzib olib tashlanib qaytadan tiklanishiga tavsiya etiladi.
Binoning fasad qismi – binoning fasad qismi oxak va qum qorishma yordamida so‘voq qilingan. Devorlarning yuzasi suvli bo‘yoq yordamida bo‘yoq qilingan. Bino devor va sokollariga atrof muxit ta’siridan ko‘plab qismlarida suvoqlari ko‘chib tushgan, sho‘rlashgan holatlar mavjud,bino devor qismlari QMQ 2.01.16-97 63-jadvalga asosan jismoniy eskirishi 31-40% ekanligi aniqlani va binoni ta’mirsh va suvoq qismini qayta tiklashga tavsiya etiladi.

Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling