«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

 
 
 


“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar” 
220 
O’ZBEKISTONDA BOZOR IQTISODIYOTINING SHAKLLANISHI VA ASOSIY 
XUSUSIYATLARI 
Hojiyev Tal’at Toshpo’latovich-Kogon tuman hokimligi.
O’zbekiston shakllangan bozor iqtisodiyoti erkin raqobatga asoslangan va tadburkorlik bilan 
shug’ullanish uchun erkinlik berilganligi vositasida bilan ajralib turadi. Hozirgi paytda, barqaror 
o’sish sur‘atlarini ta‘minlab turadigan yangi bozor mexanizmi markazida inson turadi, inson omili yotadi. 
Hozirgi zamon iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotidir. yer yuzidagi ko’pgina mamlakatlar har xil darajada va 
o’ziga xos xususiyatlar bilan rivojlanib bormoqda. Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun 
muhim shartlardan biri, ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslarning erkin 
almashinuvidan iborat. Ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo’lsa, bozor ham shu darajada yaxshi 
rivojlanadi. Erkin ayirboshlash ishlab chiqaruvchiga ular faoliyatining nisbatan samarali yo’nalishlarini 
ko’rsatib beruvchi erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi. Xalqimiz istiqlolning yigirma ikki 
yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan shu kunlarda mamlakatimizning mustaqil taraqqiyot 
yo‘liga yana bir bor nazar tashlaymiz. Bugungi yorug‘ kunlarga, yutuq va marralarga qanday omillar 
evaziga erishganimizni ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazamiz. 
Mamlakatimiz uchun hal qiluvchi bir paytda eng to‘g‘ri yo‘l sifatida tanlangan, bugungi kunda 
o‘zining yuksak samaralarini berayotgan O‘zbekistonning o‘ziga xos va o‘ziga mos taraqqiyot yo‘li – 
“O‘zbek modeli” ana shunday eng muhim omillardandir. Yurtimizda 80-yillar oxirida vujudga kelgan 
vaziyatni chuqur o‘rgangan olimlar, ekspert va tahlilchilar aynan ana shu iborani qo‘llaydilar. Darhaqiqat, 
o‘sha suronli yillarda O‘zbekistondagi ahvol juda qaltis edi. O‘sha paytda respublikamiz barcha asosiy 
iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha sobiq ittifoq respublikalari ichida oxirgi o‘rinlarda turar edi. 
Aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish ittifoqdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha kam edi.
Qishloq xo‘jaligida paxta yakkahokimligi oqibatida oziq-ovqat masalasida o‘zgalarga qaram edik. 
Kundalik ehtiyoj uchun zarur iste’mol mollarining uchdan ikki qismi, hatto oddiy tuz va gugurt ham 
chetdan olib kelinardi. 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan paytda ayrim xalqaro moliyaviy tashkilotlar rivojlangan 
davlatlarda qo‘llanilgan bozor mexanizmlarini tatbiq etishni maslahat berdi. Biz ulardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
nusxa ko‘chirmadik. Dunyoda tan olingan modellarning eng yaxshi jihatlarini o‘rganib, o‘zimizga mos 
va o‘zimizga xos taraqqiyot yo‘lini tanladik. Bu yo‘l davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizning 
ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, xalqimizning davlatchilik tarixi, milliy-diniy qadriyatlari hamda jahon 
tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqildi. Mashhur besh tamoyilga – iqtisodiyotning siyosatdan 
ustuvorligi, davlat – bosh islohotchi, qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, bozor iqtisodiyotiga 
bosqichma-bosqich o‘tishga asoslangan ana shu model bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy 
demokratik davlat qurish strategiyasi sifatida barcha amaliy ishlarimizning mustahkam poydevori, 
taraqqiyotimizning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. 
Hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, bu strategiya bozor iqtisodiyoti nazariyalarini yanada 
boyitdi, o‘tish davrini boshidan kechirayotgan davlatlar uchun yana bir namunaga aylandi. Bu modelning 
barcha sinovdan muvaffaqiyatli o‘tishiga sabab bo‘lgan omillari ko‘p. Ularning eng asosiysi iqtisodiy, 
siyosiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishda turli xil sakrashlarsiz, ya’ni inqilobiy yo‘ldan emas, balki 
tadrijiy rivojlanish yo‘lidan borish tamoyilidir. 
Islohotlarni amalga oshirishda davlat bosh mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi ana shunday 
tadrijiylikning muhim jihatidir. Xalqaro tashkilotlar ham bugun o‘tish davri iqtisodiyotida, chuqur 
islohotlarni amalga oshirishda davlatning roli haqiqatan ham katta ekani, buni O‘zbekiston tajribasi amalda 
isbotlaganini keng tan oldi. Hozirgi vaqtgacha davom etayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida 
hatto rivojlangan mamlakatlarda ham iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli oshayotgani 
O‘zbekistonning bu boradagi yo‘li naqadar to‘g‘ri ekanini ko‘rsatdi. O‘zbekistonning rivojlanash 
dasturi yaqinlashib kelayotgan xatarning oldini olish hamda iqtisodiyotni yanada mustahkamlash, uning 
raqobatdoshligini oshirishga yo‘naltirilgani bilan ajralib turadi. 
Ana shunday uzoqni ko‘zlab ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli inqiroz avjiga chiqqan eng og‘ir 
yillarda ham mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlik saqlab qolindi, yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari 
ta’minlandi. O‘zbekiston iqtisodiyoti dunyodagi eng kam talofat ko‘rgan mamlakatlardan biri bo‘ldi. 
Toshkent shahrida ushbu dasturni va uning samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro 
ilmiy-amaliy anjumanlar bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan jahon miqyosida ko‘zga ko‘ringan yirik 
iqtisodchi olimlar, ekspert va tahlilchilar O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lini to‘la qo‘llab-quvvatlab, bu 
tajribani boshqa davlatlar amaliyotida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berdi. 



Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling