«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»
“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar”
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʼyicha) yoʼnalishi magistranti Аnnotatsiya
- Kalit soʼzlar
“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar”
30 1. Джин-Ха Ким, «Четвертая промышленная революция, стремящаяся к стратегическому реагированию на будущие изменения общества» 2. Корейское будущее науки о создании, «Производство и потребление в эпоху четвертой промышленной революции», 2017.4. 3. КОТРА, «Эпоха четвертой промышленной революции, тенденции развития и развития высоких технологий», Новости торговли, 4 апреля 2016 года. 4. Интернет-газеты и материалы OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI IQTISODIYOTIDА MАKROIQTISODIY BАRQАRORLIKKА ERISHISH YOʼLIDА INVESTITSION MUHITNI IQTISODIY VA HUQUQIY JIHATDAN YANАDА YAXSHILАSH YOʼNАLISHLАRI Mamatqulov Murod Mustafaqulovich Osiyo xalqaro universiteti “Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti” Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʼyicha) yoʼnalishi magistranti Аnnotatsiya: Ushbu maqolada Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida makroiqtisodiy barqarorlikka erishish yoʼlida investitsion muhitni yanada yaxshilash uchun olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar hamda ushbu olib borilayotgan islohotlarning samaralari, kelgusida mamlakat investitsion muhitini yanada yaxshilash uchun amalga oshirilishi lozim boʼlgan iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarni joriy etish taklif etilgan. Kalit soʼzlar: investitsiya, makroiqtisodiyot, islohotlar, kodeks, qonun, qaror, farmon, arbitraj, tijorat, sud, investor. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, iqtisodiyot tarmoqlaridagi korxonalarning katta qismi asta- sekinlik bilan xususiy sektor boshqaruviga oʼtkazila boshlandi. Bu esa, davlat tasarrufida boʼlgan, biroq iqtisodiy zarar koʼrib faoliyat yuritib kelayotgan korxonalarni xususiylashtirish hisobiga faoliyatini qayta yoʼlga qoʼyish, boshqaruvning ilgʼor tajribalarini qoʼllash, salohiyatli kadrlar bilan taʼminlash hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali korxonalar faoliyatini modernizatsiya qilish imkonini yaratdi. Xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatini rivojlantirish maqsadida xorijiy investitsiyalarni jalb etish, investorlar faoliyatini huquqiy jihatdan kafolatlash maqsadida, mamlakatda qulay investitsion muhitni shakllantirishning dastlabki bosqichlari aynan mustaqillik davrlariga toʼgʼri keladi. Mamlakat iqtisodiyotida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash uchun investitsion muhitni yanada yaxshilashning keyingi bosqichlari, 2016 yillardan boshlanib, hozirga vaqtgacha bu boradagi ishlar davom ettirib kelinmoqda. Xususan, “Oʼzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi PF-5495- sonli Farmoniga asosan, mamlakatda toʼgʼridan-toʼgʼri investitsiyalarni jalb etish uchun eng qulay investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat boshqaruvini isloh qilish, tadbirkorlik subʼektlari faoliyatiga aralashuvni cheklash, litsenziyalash va ruxsat berish tartib- taomillarini qisqartirish va soddalashtirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar)dan erkin foydalanishni taʼminlash, shuningdek, hududlarda zarur infratuzilmani yaratish borasida keng koʼlamli chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilab berildi. Mazkur farmonga asosan Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish boʼyicha 24 banddan iborat chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, amalga oshirish shakllari, bajarish muddatlari va masʼul ijrochilari biriktirildi [1]. Farmon ijrosi boʼyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasi mamlakat iqtisodiyotiga yoʼnaltirilgan xorijiy investitsiyalar salmogʼining oshishiga, investitsion muhitning yaxshilanishiga xizmat qildi. Jumladan, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlarining 2017- 2022 yillarda toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni ragʼbatlantirish boʼyicha Oʼzbekistonda amalga oshirilgan ishlar va ularning natijasini tahliliga koʼra, mamlakatda faoliyat yuritayotgan erkin iqtisodiy zonalar soni 2017-yil boshida 3 tani tashkil etgan boʼlsa, 2022-yilga kelib, 22 taga yetdi. Ulardan 12 tasi sanoat, 6 tasi farmatsevtika, 2 tasi turizm, 2 tasi qishloq xoʼjaligiga ixtisoslashgan. Qonunchilikdagi oʼzgarishlar va yaratilgan imkoniyatlar mamlakatdagi investitsiya muhitiga ijobiy taʼsir koʼrsatmoqda. Masalan, Oʼzbekiston 2019-yilda ilk bora Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) ning "Toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalarni tartibga solish cheklovlari indeksi"ga kiritildi va ushbu indeksga koʼra, 2020-yilda jahonda 43-oʼrinni, Osiyo mintaqasida 7-oʼrinni qayd etdi. 2017-2022 yillarda Oʼzbekiston xalqaro Iqtisodiy erkinlik indeksi umumiy reytingida oʼz oʼrnini 31 pogʼonaga yaxshilab, 148-oʼrindan 117-oʼringa koʼtarildi. Mamlakatimizga kiritilayotgan toʼgʼridan- toʼgʼri xorijiy investitsiyalar hajmi 2017-yilda 2,2 milliard АQSh dollarini tashkil etgan boʼlsa, 2022-yil yakunida ushbu koʼrsatkich 1,5 barobar ortib, 3,3 milliard АQSh dollariga yetdi [2]. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling