«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar” 140 BUXORO VILOYATIDA QISHLOQ XO’JALIGINI ISHLAB CHIQARISHINING
mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 139 III SHO’BA IQTISODIYOT TARMOQLARIDA BARQAROR YUQORI O‘SISH SUR’ATLARINI TA’MINLASH VA ULARNING ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar” 140 BUXORO VILOYATIDA QISHLOQ XO’JALIGINI ISHLAB CHIQARISHINING EKOLOGIYALASHTIRISH DARAJASINI OSHIRISH. D.Sh.Yavmutov – BuxDU, Iqtisodiyot va turizm fakulteti dekani, i.f.n, dots. O’zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalaridan biri qishloq xo’jaligi tarmog’ida chuqur islohotlar olib borish va bu sohadagi tadbirkorlik sub’ektlari manfaatlarini oshirish va ular faoliyatini rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarini ekologiyalashtirish, “yashil iqtisodiyot” tamoyillari asosida barqaror taraqqiyotni ta’minlash muhim strategic yo’nalish sifatida tanlangan. Qishloq xo’jaligi Buxoro viloyati iqtisodiyotida muhim va etakchi tarmoqlardan sanaladi. 2021 yil yakunlari bo’yicha qishloq, baliq va o’rmon xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish 2020 yilga nisbatan 101,6 foizga o’sdi va 23,9 trln. so’mni tashkil qildi. Viloyatda qishloq, baliq va o’rmon xo’jaligi ishlab chiqarishining YAHMdagi ulushi 46,4 foizni tashkil qildi va bu ko’rsatkich bo’yicha tarmoq eng katta ulushga ega bo’lib turibdi. Bu ko’rsatkichni boshqa tarmoqlar bilan solishtirsak: sanoatning ulushi – 18,1 foiz, qurilishning ulushi – 7,8 foiz, xizmatlarning ulushi – 27,7 foiz. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda chorvachilik ustunlik qiladi, qishloq xo’jalik mahsulotlari tarkibida 51,4 foiz ulushga ega. Mazkur raqamlar qishloq xo’jaligi va uning muhim tarmog’i hisoblanmish dehqonchilik Buxoro viloyati iqtisodiyotida qanchalik muhim ahamiyatga egaligini ko’rsatadi. Viloyatda dehqonchilik to’liq ravishda sug’orma usulda amalga oshiriladi. SHu sababdan sug’oriladigan dehqonchilik madaniyati va sug’oriladigan yerlardan foydalanish darajasi hudud iqtisodiyotining rivojlanishiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadi. Bu o’z navbatida yer resurslaridan samarali foydalanish va unumli tashkil etish borasida hududiy xususiyatlarni inobatga olishni muhimligini va dolzarbligini ko’rsatadi. Respublikamizning qator olimlari qishloq xo’jaligini rivojlantirishda hududiy xususiyatlarning ta’sirini o’rganishgan bo’lsada, hududiy xususiyatlarning inobatga olinishida ekologik yondashuv kam tadqiq qilingan. SHuningdek hududiy xususiyatlar o’rganilganda ekologik omillarning iqtisodiy ahamiyati, jarayonlarni ekologiyalashtirirsh kam tadqiq qilingan. Buxoro viloyatidagi sug’oriladigan yerlar respublikadagi jami sug’oriladigan yerlarning 0,6 % qismini tashkil etadi. Buxoro viloyatidagi sug’oriladigan yerlar jami qishloq xo’jaligiga ajratilgan yerlarning 2017 yilda 8,9 % ni tashkil qilgan bo’lsa, 2021 yilda 8,8 % ni tashkil qilgan. 2021 yilda 2017 yilga nisbatan 1,2 foizga kamaygan. Respublikada qishloq xo’jaligi faoliyati mahsulotlari etishtiruvchilar ixtiyorida bo’lgan sug’oriladigan yerlar maydoni 2021 yilga kelib, 2017 yilga nisbatan 0,3 % ga kamaygan. Buxoro viloyatida esa 0,2 %ga oshgan. Buxoro viloyatida qishloq xo’jaligi ekin turlari bo’yicha tahlil qilish uchun 2-jadval ma’lumotlaridan foydalanamiz. Don ekiladigan maydonlar 2021 yilda 2017 yilga nisbatan 20,4 % ga kamaygan. Kartoshka, sabzavot, poliz, ozuqa ekinlari, meva va rezavorlar ekin maydonlari ko’paygan (1- jadval). Download 4.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling