«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»
-jadval Buxoro viloyatida qishloq xo’jaligi ekinlarini
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C
1-jadval
Buxoro viloyatida qishloq xo’jaligi ekinlarini yer maydoni, ming gektar Mahsulotlar 2017 yil 2019 yil 2021 yil 2021 yilda 2017 yilga nisbatan o’zgarishi Don 91,2 80.3 72,6 79,6 Paxta 106,2 104,5 106,7 100,4 Kartoshka 4,3 5,6 5,6 130,2 Sabzavotlar 10,4 16,1 18,8 180,7 Oziqbop poliz 2,2 2,9 4,3 195,4 Ozuqa ekanlari 24,8 26,4 30,2 121,7 Meva va rezavor 12,8 12,7 13,8 107,8 Yer-cheklangan va qayta tiklanmaydigan tabiiy resursdir. Bugungi kunda uning sho’rlanishi, sahrolanishi, irrigatsion va shamol eroziyasi, tuproqning har xil texnik chiqindilar bilan ifloslanishi, gumus va oziqa elementlarning kamayib ketishi kabi salbiy holatlar ushbu resursga jiddiy xavf solmoqda. SHunday murakkab sharoitda ulardan oqilona va tejamli foydalanish, tuproqning meliorativ holati hamda unumdorligini yaxshilash orqali ekinlar hosildorligini oshirish - davr talabidir. O’zbekiston mintaqalarida sug’oriladigan yerlarning sifati so’ngi 25 yilda 8 ballga, oxirgi 15 yilda esa 2 ballga pasaydi va 2010 yilda 55 ballni tashkil etdi. Oxirgi 15 yil ichida sifati yomonlashishi natijasida mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 141 30 ming gektardan ortiq sug’oriladigan yerlar qishloq xo’jaligida foydalanib bo’lmasligi bois, sug’oriladigan yerlar aylanmasidan chiqarilgan. Buxoro viloyatida ham sug’oriladigan yerlarning meliorativ holati so’ngi 20 yil ichida 15 foizga yomonlashgan, cho’llashgan yerlar maydoni 25 foizga o’sgan, sug’oriladigan yerlarning 90,4 foizi turli darajada sho’rlanishga duchor bo’lgan. Sug’oriladigan yerlarning irrigatsion-meliorativ holati yomonlashishi natijasida yerlarning umumiy sho’rlanish darajasining oshib borganligi, almashlab ekish tizimining buzilganligi, noto’g’ri sug’orish natijasida tuproqdan har yili ko’p miqdordagi foydali elementlarning oqib ketishi, ularning o’rnini qoplanmasligi, mineral o’g’itlarni qo’llashning maqbul nisbatlariga amal qilmaslik natijasida, tuproq sifat ko’rsatkichlarining pasayishi oqibatida, bir gektardan olinayotgan mahsulot birligining kam bo’lishiga olib kelmoqda. Masalan, 1 t paxta hosil bilan tuproqdan 56 kg azot, 23 kg fosfor, 53 kg kaliy; 1 t kungaboqar bilan 50 kg azot, 27 kg fosfor, 228 kg kaliy; 1 t makkajo’xori bilan (silos uchun) 2,4 kg azot, 0,9 kg fosfor va 3,6 kg kaliy chiqib ketadi 1 . Buxoro viloyati respublika bo’yicha etishtirilayotgan qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi mahsulotlarining 8,7 foizini (5-o’rin), shu jumladan, don mahsulotlarini 7,9 %ini (7-o’rin), sabzavotni 7,3 % (7-o’rin), kartoshkani 7,2 % ni (7-o’rin), polizni 8,7 % (4-o’rin), meva va rezavorlarni 10,6 % (4-o’rin), uzumni 12,6 % (2-o’rin), go’shtni 10,4 % (3-o’rin), sutni 9 % (5-o’rin), tuxumni 6 % (9-o’rin), ovlangan baliqni 3,9 % (12-o’rin) qismini etishtirmoqda. Buxoro viloyatida ham oxirgi yillarda fermer xo’jaliklarining qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtirishdagi ulushi o’zgarib bormoqda. Buxoro viloyatida 2021 yil 1 yanvar holatida jami 7541 nafar fermer xo’jaliklari faoliyat yuritib kelmoqda. Ularga 185800 gektar ekin yeri ajratilgan. Fermer xo’jaliklarining 46,5 foizi paxtachilik xo’jaliklari bo’lib ularga jami ekin maydonining 91,7 foizi ajratilgan. Fermer xo’jaliklarining 2,3 foizi sabzavotchilik va polizchilik xo’jaliklari tashkil etadi. Ularga jami ekin maydonining 0,45 foizi ajratilgan. Fermer xo’jaliklarining 39,2 foizi ulushi bog’dorchilik va uzumchilik, 10,7 foizi chorvachilik xo’jaliklariga to’g’ri keladi (2-jadval). Download 4.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling