«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

 
 
 


mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 
139 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
III SHO’BA
 
IQTISODIYOT TARMOQLARIDA BARQAROR YUQORI 
O‘SISH SUR’ATLARINI TA’MINLASH VA ULARNING 
ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar” 
140 
BUXORO VILOYATIDA QISHLOQ XO’JALIGINI ISHLAB CHIQARISHINING 
EKOLOGIYALASHTIRISH DARAJASINI OSHIRISH. 
D.Sh.Yavmutov – BuxDU, Iqtisodiyot va turizm 
fakulteti dekani, i.f.n, dots. 
O’zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalaridan biri qishloq xo’jaligi 
tarmog’ida chuqur islohotlar olib borish va bu sohadagi tadbirkorlik sub’ektlari manfaatlarini oshirish va 
ular faoliyatini rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarini ekologiyalashtirish, “yashil 
iqtisodiyot” tamoyillari asosida barqaror taraqqiyotni ta’minlash muhim strategic yo’nalish sifatida 
tanlangan. 
Qishloq xo’jaligi Buxoro viloyati iqtisodiyotida muhim va etakchi tarmoqlardan sanaladi. 2021 yil 
yakunlari bo’yicha qishloq, baliq va o’rmon xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish 2020 yilga nisbatan 
101,6 foizga o’sdi va 23,9 trln. so’mni tashkil qildi. Viloyatda qishloq, baliq va o’rmon xo’jaligi ishlab 
chiqarishining YAHMdagi ulushi 46,4 foizni tashkil qildi va bu ko’rsatkich bo’yicha tarmoq eng katta 
ulushga ega bo’lib turibdi. Bu ko’rsatkichni boshqa tarmoqlar bilan solishtirsak: sanoatning ulushi – 18,1 
foiz, qurilishning ulushi – 7,8 foiz, xizmatlarning ulushi – 27,7 foiz. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab 
chiqarishda chorvachilik ustunlik qiladi, qishloq xo’jalik mahsulotlari tarkibida 51,4 foiz ulushga ega.
Mazkur raqamlar qishloq xo’jaligi va uning muhim tarmog’i hisoblanmish dehqonchilik Buxoro 
viloyati iqtisodiyotida qanchalik muhim ahamiyatga egaligini ko’rsatadi. Viloyatda dehqonchilik to’liq 
ravishda sug’orma usulda amalga oshiriladi. SHu sababdan sug’oriladigan dehqonchilik madaniyati va 
sug’oriladigan yerlardan foydalanish darajasi hudud iqtisodiyotining rivojlanishiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir 
ko’rsatadi. Bu o’z navbatida yer resurslaridan samarali foydalanish va unumli tashkil etish borasida hududiy 
xususiyatlarni inobatga olishni muhimligini va dolzarbligini ko’rsatadi.
Respublikamizning qator olimlari qishloq xo’jaligini rivojlantirishda hududiy xususiyatlarning 
ta’sirini o’rganishgan bo’lsada, hududiy xususiyatlarning inobatga olinishida ekologik yondashuv kam 
tadqiq qilingan. SHuningdek hududiy xususiyatlar o’rganilganda ekologik omillarning iqtisodiy ahamiyati, 
jarayonlarni ekologiyalashtirirsh kam tadqiq qilingan. 
Buxoro viloyatidagi sug’oriladigan yerlar respublikadagi jami sug’oriladigan yerlarning 0,6 % 
qismini tashkil etadi. Buxoro viloyatidagi sug’oriladigan yerlar jami qishloq xo’jaligiga ajratilgan 
yerlarning 2017 yilda 8,9 % ni tashkil qilgan bo’lsa, 2021 yilda 8,8 % ni tashkil qilgan. 2021 yilda 2017 
yilga nisbatan 1,2 foizga kamaygan. Respublikada qishloq xo’jaligi faoliyati mahsulotlari etishtiruvchilar 
ixtiyorida bo’lgan sug’oriladigan yerlar maydoni 2021 yilga kelib, 2017 yilga nisbatan 0,3 % ga kamaygan. 
Buxoro viloyatida esa 0,2 %ga oshgan.
Buxoro viloyatida qishloq xo’jaligi ekin turlari bo’yicha tahlil qilish uchun 2-jadval 
ma’lumotlaridan foydalanamiz. Don ekiladigan maydonlar 2021 yilda 2017 yilga nisbatan 20,4 % ga 
kamaygan. Kartoshka, sabzavot, poliz, ozuqa ekinlari, meva va rezavorlar ekin maydonlari ko’paygan (1-
jadval). 

Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling