«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


-jadval  Buxoro viloyatida qishloq xo’jaligi ekinlarini


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

1-jadval 
Buxoro viloyatida qishloq xo’jaligi ekinlarini 
yer maydoni, ming gektar 
Mahsulotlar 
2017 yil 
2019 yil 
2021 yil 
2021 yilda 2017 yilga 
nisbatan o’zgarishi 
Don
91,2 
80.3 
72,6 
79,6 
Paxta
106,2 
104,5 
106,7 
100,4 
Kartoshka
4,3 
5,6 
5,6 
130,2 
Sabzavotlar
10,4 
16,1 
18,8 
180,7 
Oziqbop poliz 
2,2 
2,9 
4,3 
195,4 
Ozuqa ekanlari 
24,8 
26,4 
30,2 
121,7 
Meva va rezavor 
12,8 
12,7 
13,8 
107,8 
Yer-cheklangan va qayta tiklanmaydigan tabiiy resursdir. Bugungi kunda uning sho’rlanishi, 
sahrolanishi, irrigatsion va shamol eroziyasi, tuproqning har xil texnik chiqindilar bilan ifloslanishi, gumus 
va oziqa elementlarning kamayib ketishi kabi salbiy holatlar ushbu resursga jiddiy xavf solmoqda. SHunday 
murakkab sharoitda ulardan oqilona va tejamli foydalanish, tuproqning meliorativ holati hamda 
unumdorligini yaxshilash orqali ekinlar hosildorligini oshirish - davr talabidir. 
O’zbekiston mintaqalarida sug’oriladigan yerlarning sifati so’ngi 25 yilda 8 ballga, oxirgi 15 yilda 
esa 2 ballga pasaydi va 2010 yilda 55 ballni tashkil etdi. Oxirgi 15 yil ichida sifati yomonlashishi natijasida 


mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 
141 
30 ming gektardan ortiq sug’oriladigan yerlar qishloq xo’jaligida foydalanib bo’lmasligi bois, 
sug’oriladigan yerlar aylanmasidan chiqarilgan. Buxoro viloyatida ham sug’oriladigan yerlarning 
meliorativ holati so’ngi 20 yil ichida 15 foizga yomonlashgan, cho’llashgan yerlar maydoni 25 foizga 
o’sgan, sug’oriladigan yerlarning 90,4 foizi turli darajada sho’rlanishga duchor bo’lgan.
Sug’oriladigan yerlarning irrigatsion-meliorativ holati yomonlashishi natijasida yerlarning 
umumiy sho’rlanish darajasining oshib borganligi, almashlab ekish tizimining buzilganligi, noto’g’ri 
sug’orish natijasida tuproqdan har yili ko’p miqdordagi foydali elementlarning oqib ketishi, ularning 
o’rnini qoplanmasligi, mineral o’g’itlarni qo’llashning maqbul nisbatlariga amal qilmaslik natijasida, 
tuproq sifat ko’rsatkichlarining pasayishi oqibatida, bir gektardan olinayotgan mahsulot birligining kam 
bo’lishiga olib kelmoqda. Masalan, 1 t paxta hosil bilan tuproqdan 56 kg azot, 23 kg fosfor, 53 kg kaliy; 1 
t kungaboqar bilan 50 kg azot, 27 kg fosfor, 228 kg kaliy; 1 t makkajo’xori bilan (silos uchun) 2,4 kg azot, 
0,9 kg fosfor va 3,6 kg kaliy chiqib ketadi
1

Buxoro viloyati respublika bo’yicha etishtirilayotgan qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi 
mahsulotlarining 8,7 foizini (5-o’rin), shu jumladan, don mahsulotlarini 7,9 %ini (7-o’rin), sabzavotni 7,3 
% (7-o’rin), kartoshkani 7,2 % ni (7-o’rin), polizni 8,7 % (4-o’rin), meva va rezavorlarni 10,6 % (4-o’rin), 
uzumni 12,6 % (2-o’rin), go’shtni 10,4 % (3-o’rin), sutni 9 % (5-o’rin), tuxumni 6 % (9-o’rin), ovlangan 
baliqni 3,9 % (12-o’rin) qismini etishtirmoqda. 
Buxoro viloyatida ham oxirgi yillarda fermer xo’jaliklarining qishloq xo’jaligi mahsulotlari 
etishtirishdagi ulushi o’zgarib bormoqda. Buxoro viloyatida 2021 yil 1 yanvar holatida jami 7541 nafar 
fermer xo’jaliklari faoliyat yuritib kelmoqda. Ularga 185800 gektar ekin yeri ajratilgan. Fermer 
xo’jaliklarining 46,5 foizi paxtachilik xo’jaliklari bo’lib ularga jami ekin maydonining 91,7 foizi ajratilgan. 
Fermer xo’jaliklarining 2,3 foizi sabzavotchilik va polizchilik xo’jaliklari tashkil etadi. Ularga jami ekin 
maydonining 0,45 foizi ajratilgan. Fermer xo’jaliklarining 39,2 foizi ulushi bog’dorchilik va uzumchilik, 
10,7 foizi chorvachilik xo’jaliklariga to’g’ri keladi (2-jadval).

Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling