«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»
mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-jadval O’zbekistonning tashqi savdo ko’rsatkichlari va iqtisodiyotning ochiqligi ko’rsatkichlari.[2](mln dollarda) Ko’rsatkichlar 2018
mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
157 va turli geosiyosiy (ukraina-rossiya) taranglik sababli ko’rsatkichda pasayish kuzatilgan. Boven H. P ning fikriga ko’ra “Ushbu ko’rsatkich mamlakatning savdodagi ishtirokini aks ettiradi va uni savdoga bog‘liqlik ko’rsatkichi deb atash mumkin”[1]. 1-jadval O’zbekistonning tashqi savdo ko’rsatkichlari va iqtisodiyotning ochiqligi ko’rsatkichlari.[2](mln dollarda) Ko’rsatkichlar 2018 2019 2020 2021 2022 TSA 33,430.0 41,751.0 36,256.1 42,170.5 50,008.4 Eksport 13,990.7 17,458.7 15,102.3 16,662.8 19309.1 Import 17,312.3 21,866.5 19,932.4 23,740.4 30699.3 Yaim 376.89 470.59 534.91 652.32 784.75 Oe, % 37.12 37.10 28.23 25.54 24.6 Oi, % 45.93 46.47 37.26 36.39 39.11 Oj, % 88.70 88.72 67.78 64.65 63.72 Bundan tashqari, bu ko’rsatkich mamlakatning kattaligi bo’yicha ham ma’no anglatadi ya’ni, hajmi va bu nisbat o’rtasida salbiy bog‘liqlik mavjud - yalpi ichki mahsulot bilan o’lchanadigan mamlakat qanchalik katta bo’lsa, savdo ulushi shunchalik kichik bo’ladi. Mamlakatning tashqi bozor bilan tovar almashinuvi jarayoni doimo chuqur tahlil talab qiladi. Shu bois mamlakatlarning tovar ayirboshlash darajalarini taqqoslash va qiyosiy tahlil olib borish maqsadida tovar ayirboshlashning nisbiy o’sish sur`atlari tadqiq qilinib boriladi. Boshqacha qilib aytganda, tovar ayirboshlashning nisbiy o’sish sur`atlari bir mamlakatda i tovar eksporti va importining o’sish sur'atlarini dunyoning qolgan qismidagi (yoki tanlangan mamlakatlardagi) bilan solishtirish uchun ishlatilishi ham mumkin. Ushbu indeksning matematik ko’rinishi quyidagicha : 𝐺 𝑖 = [( 𝑇 𝑡2 𝑇 𝑡1 ) (1∕𝑛) − 1] ⋅ 100 4- formula Bunda: t1 – tadqiqot davrining boshlang‘ich davri, t2 – tadqiqot davrining oxirgi davri, T – i tovar savdoning savdo qiymati, n – taqdiqot davri (yillarda). Ushbu indeksni ko’p maqsadlarda ishlatish mumkin masalan, yirik mintaqaviy guruhlar bo’yicha o’sish sur’atlarini hisoblash va ularni jahon eksportining o’sishiga nisbatan tartiblash orqali dunyoda savdoning tez o’sishi bilan bog‘liq bo’lgan hududlarni aniqlash mumkin. Bunday hollarda formulani mos ravishda barcha tovarlar va/yoki tanlangan mamlakatlar bo’yicha oqimlarni qo’shishni hisobga olgan holda o’zgartirish kerak. Biroq, ko’pincha nisbiy o’sish sur’ati o’rniga foiz o’zgarishi ko’proq foydalaniladi. O’sish sur’atini aniq bir yilga nisbatat(bazisli) yoki oldingi yilga nisbatan(zanjirli) aniqlash mumkin. Bundan tashqari, tashqi savdoda asosiy eksport va import ( asosan eksport) kategoriyasi ham mamlakat yoki hududning iqtisodiy holati va tashqi savdo strategiyasi haqida ma’lumot bera oladi. Va albatta ushbu indikator orqali hudud yoki mamlakatning talab va taklif miqdorlarini aniqlash mumkin. Asosiy eksport toifasi jami eksportning 50% yoki undan koʻprogʻini tashkil etuvchi va shu tariqa mamlakat eksportida ustunlik qiladigan mahsulot toifasini belgilaydi. Har bir eksport qiluvchi mahsulot uchun mamlakatning jami eksportidagi ulushi hisoblab chiqiladi va tartiblanadi. Biz ta’kidlagan asosiy eksport toifasi (major export category) ko’rsatkichi quyidagi formula orqali matematik ifodalashimiz mumkin; 𝑀𝑋 = 𝑥 𝑖 ∑ X𝑖𝑗 𝑛 𝑖 ⋅ 100 5-formula Agar ulushi 50% yoki undan yuqori bo’lgan bitta mahsulot mavjud bo’lsa, mamlakat eksportida bitta mahsulot toifasiga juda bog‘liq deb hisoblanadi. 1 Bowen, H.P., Hollander, A., Viaene, J-M. (1998) Applied International Trade Analysis, B, Macmillan 2 Stat.uz rasmiy veb sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonida ishlab chiqildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling