«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 
157 
va turli geosiyosiy (ukraina-rossiya) taranglik sababli ko’rsatkichda pasayish kuzatilgan. Boven H. P ning 
fikriga ko’ra “Ushbu ko’rsatkich mamlakatning savdodagi ishtirokini aks ettiradi va uni savdoga bog‘liqlik 
ko’rsatkichi deb atash mumkin”[1].
1-jadval 
O’zbekistonning tashqi savdo ko’rsatkichlari va iqtisodiyotning ochiqligi ko’rsatkichlari.[2](mln 
dollarda) 
Ko’rsatkichlar 
2018 
2019 
2020 
2021 
2022 
TSA 
33,430.0 
41,751.0 
36,256.1 
42,170.5 
50,008.4 
Eksport 
13,990.7 
17,458.7 
15,102.3 
16,662.8 
19309.1 
Import 
17,312.3 
21,866.5 
19,932.4 
23,740.4 
30699.3 
Yaim 
376.89 
470.59 
534.91 
652.32 
784.75 
Oe, % 
37.12 
37.10 
28.23 
25.54 
24.6 
Oi, % 
45.93 
46.47 
37.26 
36.39 
39.11 
Oj, % 
88.70 
88.72 
67.78 
64.65 
63.72 
Bundan tashqari, bu ko’rsatkich mamlakatning kattaligi bo’yicha ham ma’no anglatadi ya’ni, hajmi va bu 
nisbat o’rtasida salbiy bog‘liqlik mavjud - yalpi ichki mahsulot bilan o’lchanadigan mamlakat qanchalik 
katta bo’lsa, savdo ulushi shunchalik kichik bo’ladi. 
Mamlakatning tashqi bozor bilan tovar almashinuvi jarayoni doimo chuqur tahlil talab qiladi. Shu bois 
mamlakatlarning tovar ayirboshlash darajalarini taqqoslash va qiyosiy tahlil olib borish maqsadida tovar 
ayirboshlashning nisbiy o’sish sur`atlari tadqiq qilinib boriladi. Boshqacha qilib aytganda, tovar 
ayirboshlashning nisbiy o’sish sur`atlari bir mamlakatda i tovar eksporti va importining o’sish sur'atlarini 
dunyoning qolgan qismidagi (yoki tanlangan mamlakatlardagi) bilan solishtirish uchun ishlatilishi ham 
mumkin. Ushbu indeksning matematik ko’rinishi quyidagicha : 
𝐺
𝑖
= [(
𝑇
𝑡2
𝑇
𝑡1
)
(1∕𝑛)
− 1] ⋅ 100 4- formula 
Bunda: 
t1 – tadqiqot davrining boshlang‘ich davri, 
t2 – tadqiqot davrining oxirgi davri, 
T – i tovar savdoning savdo qiymati
n – taqdiqot davri (yillarda). 
Ushbu indeksni ko’p maqsadlarda ishlatish mumkin masalan, yirik mintaqaviy guruhlar bo’yicha o’sish 
sur’atlarini hisoblash va ularni jahon eksportining o’sishiga nisbatan tartiblash orqali dunyoda savdoning 
tez o’sishi bilan bog‘liq bo’lgan hududlarni aniqlash mumkin. Bunday hollarda formulani mos ravishda 
barcha tovarlar va/yoki tanlangan mamlakatlar bo’yicha oqimlarni qo’shishni hisobga olgan holda 
o’zgartirish kerak. Biroq, ko’pincha nisbiy o’sish sur’ati o’rniga foiz o’zgarishi ko’proq foydalaniladi. 
O’sish sur’atini aniq bir yilga nisbatat(bazisli) yoki oldingi yilga nisbatan(zanjirli) aniqlash mumkin. 
Bundan tashqari, tashqi savdoda asosiy eksport va import ( asosan eksport) kategoriyasi ham mamlakat 
yoki hududning iqtisodiy holati va tashqi savdo strategiyasi haqida ma’lumot bera oladi. Va albatta ushbu 
indikator orqali hudud yoki mamlakatning talab va taklif miqdorlarini aniqlash mumkin. Asosiy eksport 
toifasi jami eksportning 50% yoki undan koʻprogʻini tashkil etuvchi va shu tariqa mamlakat eksportida 
ustunlik qiladigan mahsulot toifasini belgilaydi. Har bir eksport qiluvchi mahsulot uchun mamlakatning 
jami eksportidagi ulushi hisoblab chiqiladi va tartiblanadi. Biz ta’kidlagan asosiy eksport toifasi (major 
export category) ko’rsatkichi quyidagi formula orqali matematik ifodalashimiz mumkin; 
𝑀𝑋 =
𝑥
𝑖
∑ X𝑖𝑗
𝑛
𝑖
⋅ 100 5-formula 
Agar ulushi 50% yoki undan yuqori bo’lgan bitta mahsulot mavjud bo’lsa, mamlakat eksportida bitta 
mahsulot toifasiga juda bog‘liq deb hisoblanadi.
1
Bowen, H.P., Hollander, A., Viaene, J-M. (1998) Applied International Trade Analysis, B, Macmillan 
2
Stat.uz rasmiy veb sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonida ishlab chiqildi. 



Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling