“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar”
156
Rossiya davlati olimlaridan Oksana Aleksandrovna Chepinoga, Tatyana Yevgenevna Migaleva,
Svetlana
Nikolayevna Bludova, Aleksey Leonidovich Smirnov,
Olga Alekseyevna Dubrovina, Salax Nayel, Eduard
Gayazovich Islamov, Bayasgalangiyn Setsgee, Lyubna Moxammed El-Xassan Abbas, Natalya Eduardovna
Belyanina kabi olimlar ham tashqi savdo borasida turli tadqiqot
olib borishgan jumladan, Rossiya
iqtisodiyoti misolida tashqi savdosini tartibga solish bo’yicha ilmiy izlanish
olib borgan olim Oksana
Aleksandrovna Chepinoga “davlat iqtisodiyotini qayta qurish talablariga javob beradigan, mamlakatning
xalqaro raqobatbardoshligini mustahkamlashga qaratilgan tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish
tizimi muhim ahamiyat”[1] kasb etishi yorilgan.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida O’zbekiston Respublikasi
prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning
taraqqiyot strategiyasi to’g‘risida”gi farmonida ham tashqi savdo faoliyatini rivojlantirish borasida ham bir
qancha ustuvor vazifalar belgilangan. Ushbu farmonda eksport faoliyatini qo’llab-quvvatlash
tizimini
yanada takomillashtirish maqsadida “Yangi O’zbekiston - raqobatbardosh mahsulotlar yurti”[2] dasturi
amalga oshirilish vazifasi belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: