«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlari.
Internet saytlari
1. www.lex.uz 2. www.norma.uz 3. www.gkk.uz 4. www.stat.uz 5. www.webofscience.com TASHQI SAVDO FAOLIYATINI IFODALOVCHI STATISTIK KO’RSATKICHLAR TIZIMI Ergashev Mirjon Yorqin o’g‘li Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tayanch doktoranti E-mail: mirjonergashev@mail.ru ANNOTATSIYA. Ushbu maqolada tashqi savdo holatini xalqaro darajada iqtisodiy-statistik tadqiq etish uchun ma`lumotlar manbasi sifatida ishlatiladigan tashqi savdo jarayonlarini ifodalovchi statistik ko’rsatkichlar tizimi hamda ularning xalqaro va mahalliy manbalari to’g`rsida mulohazalar olib borilgan. Tashqi savdo jarayonlarini ifodalovchi statistik ko’rsatkichlar asosida Buxoro viloyati hamda mamlakatning tashqi savdo jarayonlari statistik tadqiqoti amalga oshirilgan. Shuningdek, tadqiqot ishlari natijasi o’laroq bir qancha taklif va tavsiyalar berib o’tilgan. Kalit so’zlari. Tashqi savdo, savo erkinligi, diversifikatsiya, savdo balansi, eksport, import, tashqi savdo aylanmasi, statistik tahlil, taqqoslash. KIRISH. Har qanday iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o’rganish va tahlil qilishda statistik ko’rsatkichlar tizimi muhim rol o’ynaydi shu jumladan, tashqi savdo jarayonlarni tadqiq etishda ham tashqi savdo faoliyatini ifodalovchi statistik ko’rsatkichlar tizimi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tashqi savdo tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo’nalishi hisoblanib, tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi ham statistikani asosiy qismlaridan biridir. Tashqi iqtisodiy faoliyatning 4 ta yo’nalishlari mavjud bo’lib: mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 155 1-rasm. Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo’nalishlari Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasining predmeti tashqi iqtisodiy faoliyatda yuz beradigan hodisa va jarayonlarning miqdoriy va sifat tomonlarini aniqlashdan iborat. Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasini o’rganadigan asosiy narsa tashqi savdo hisoblanadi. “Tashqi savdo faoliyati xalqaro tovarlar, ishlar (xizmatlar) savdosi sohasidagi tadbirkorlik faoliyatidir”[1]. Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasida asosan tashqi savdo faoliyatining quyidagi ko’rsatkichlari va ularning boshqa ko’rsatkichlarga bog‘liqligi, ta’siri va ulushlari sifat va miqdor jihatdan o’rganiladi: • mamlakat eksporti, importi, tashqi savdo aylanmasi; • boshqa mamlakatlarning tashqi savdo statistikasi ma’lumotlari. Tashqi savdo statistikasining vazifalari tashqi savdo hajmi, dinamikasi va tuzilishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqish, ular rivojlanishining asosiy tendensiyalarini belgilovchi omillarni tahlil qilish hamda turli mamlakatlar tashqi savdo ko’rsatkichlarining qiyosiy tahlilini nazarda tutadi[2]. Bundan tashqari, tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi xalqaro xizmatlar ko’rsatish bilan bog‘liq bo’lgan xilma-xil jarayonlarni, tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar (birinchi navbatda tashqi savdo tashkilotlari) faoliyatini o’rganadi[3]. Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi usuli har qanday iqtisodiy hodisa va jarayonlarni ketma-ket uchta bosqichga asoslangan holda statistik tadqiq qiladi: 1) ommaviy statistik kuzatish, ya'ni tashqi iqtisodiy faoliyatni tavsiflovchi birlamchi ma’lumotlarni to’plash; 2) tashqi iqtisodiy faoliyatning turli sohalarini tavsiflovchi statistik ma’lumotlarni umumlashtirish va guruhlash; 3) umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni hisoblash va ularni iqtisodiy va statistik tahlil qilish. Kuzatilgan hodisani qamrab olish darajasiga ko’ra statistik kuzatish uzlukli va uzluksiz bo’lishi mumkin. “Tashqi savdoda statistik kuzatuv oʻtkazishdan maqsad eksport va import qilinadigan tovarlarning qiymatini, ularning miqdor va sifat koʻrsatkichlarini aniqlashdan va geografik taqsimotini oʻrganishdan iborat”[4]. Download 4.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling