XULOSA VA TAKLIFLAR
Tashqi savdo jarayonlarini tadqiq qilish muhim statistik ko’rsatkichlar bilan bir qatorda turli mamlakatlarni
tashqi savdo siyosatlarida qanday qilib foydalanishlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tashqi savdo
jarayonlarini o’rganishda, albatta, xalqaro savdo statistik ko’rsatkichlari muhim rol o’ynaydi. Jumladan,
mamlakat eksport salohiyatini baholovchi ko’rsatkichlardan biri bo’lgan eksport tarkibi diverasifikatsiyasi
hisoblanadi. Eksport tarkibini diversifikatsiya qilishning iqtisodiy o’sishga ijobiy korrelyatsiyasi mavjud
bo’lib, eksport tarkibining yuqori diversifikatsiyalashganlik darajasi yuqori o’sish surʼatlarini taʼminlashga
ko’maklashadi. Chunki tashqi bozorlarni egallashda, milliy eksport tarkibining tur va hajm jihatidan ko’p
bo’lishi jahon xo’jaligida mamlakatning raqobatbardosh bo’lishiga yordam beradi. Bundan tashqari eksport
geografiyasini kengaytirishimiz ham biz uchun albatta qo’l keladi degan xulosaga keldik.
Bundan tashqari, mamlakatimiz va viloyatlarning ustuvor eksportbob ustunlikka ega tovarlar ro’yhatini
shakllantirishimiz darkor. Hududlarda eksport jarayonlarini jadallashtirishda eksport ixtisoslashuvi muhim
ko’rsatkich hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Eksportga ixtisoslashuv va raqobatbardoshlik ko’rsatkichlari ham tashqi
savdo tahlili bilan birgalikda mamlakat iqtisodiyotini o’sishiga olib keladi. Chunki, eksport rivojlanish
drayveri kabi muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki iqtisodiyotning ochiq
mezoni ijobiy ko’rsatkichi mamlakat yoki uning hududlarini raqobatbardoshlik qobiliyatini belgilab beradi.
Bunda, biz eksport hajmini oshirish evaziga ushbu ko’rsatkichimizni yaxshilab olishimiz kerak.
Hududlarni eksport geografiyasini ham oshirish ustida ishlash ularning yalpi hududiy mahsuloti hajmiga
ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Dastavval, hududlarda raqobatbardosh tovarlar ro’yhatini shakllatirish, hamda ular
1
Buxstat.uz ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi
Do'stlaringiz bilan baham: |