«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

 
Annotatsiya 
Maqolada “Yashil iqtisodiyot”ga oʼtish Oʼzbekistonga koʼplab bonuslar olib kelishi, tabiiy 
resurslar va ishlab chiqarilgan mahsulotlardan samarali foydalanish orqali turmush darajasini yaxshilashga 
xizmat qilayotgani, ushbu sohadagi rivojlanish va kamchiliklar ko’rib chiqildi. Shuningdek, chorvachilik 
tarmog’idagi mahsuldorlikning bugungi kundagi salohiyatidan toʼliq foydalanish holatlari o’rganilib, 
ularning ozuqa ratsionlaridagi makro va mikroelementlar hisobga olinib tahlillar qilindi. 
Kalit so’zlar: Yashil makon, Yashil iqtisodiyot, yashil loyiha, “yashil oʼsish”, “yashil hudud”, “yashil 
texnologiya”, “yashil energiya”, ozuqa meʼyori, makro va mikroelementlar tushunchalari 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va Oʼzbekiston xalqiga yoʼllagan 
Murojaatnomasida 2023 yilda amalga oshiriladigan vazifalar haqida fikr yuritilib, tabiatni asrab-avaylash, 
suv, havo va atrof-muhitni toza tutish har bir mahalla aholisining madaniyati va amaliy harakatiga aylanishi 
kerakligi aytildi. Bu borada mavjud vaziyatni ijobiy tomonga oʼzgartirish uchun ekologiya va atrof-muhitni 
asrash boʼyicha saʼy-harakatlar, xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarning 
yanada kuchaytirilishi taʼkidlandi. “Yashil iqtisodiyot”ga oʼtish Oʼzbekistonga koʼplab bonuslar olib 
keladi, xususan energetika sohasini isloh qilish, toza ichimlik suvi muammolari, oziq-ovqat xavfsizligi, 
qishloq xoʼjaligidagi innovatsiyalar, barqaror shaharlar, chiqindilarni oqilona boshqarish, oʼrmon 
hududlarini kengaytirish, choʼllanishni qisqartirish kabi koʼp qirrali va keng tarmoqli masalar hisoblanadi. 
Keyingi paytlarda “yashil” iqtisodiyot, “yashil” loyiha kabi iboralar tez-tez qoʼllanmoqda. Negaki, 
mamlakatimizda va dunyoda kuzatilayotgan hozirgi iqlim oʼzgarishi sharoitida samarali, resurstejamkor va 
ekologik xavfsiz iqtisodiyotni taʼminlash bilan bogʼliq masalalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. “Yashil” 
loyihalarni iqtisodiyotning barcha tarmogʼida ilgari surish jarayonida taklif etilayotgan texnologiyalar, 
uskunalar, qurilmalar, tizimlar va materiallarning barchasi “yashil” mezonlarga, xususiyatlarga 
moslashtirilgan. 



Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling