«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar”


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar” 
164 
“Yashil iqtisodiyot” insonning tabiatga boʼlgan munosabatini muqobillashtirish asosida atrof-
muhit tozaligini, tabiiy resurslar va ishlab chiqarilgan mahsulotlardan samarali foydalanish orqali turmush 
darajasini yaxshilashga xizmat qiladi. Аyni jarayonda shakllanadigan “yashil shahar”, “yashil transport”, 
“yashil oʼsish”, “yashil hudud”, “yashil kimyo”, “yashil texnologiya”, “yashil energiya” tushunchalari 
“yashil iqtisodiyot”ni shakllantiruvchi muhim yoʼnalishlar hisoblanadi. 
Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sektori, yashil iqtisodiyotning amalga oshirilishi va rivojlanishi 
uchun muhim bir maydon hisoblanadi. Mamlakatimiz iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda, qishloq 
xoʼjaligini oʼta muhim yoʼnalishlaridan biri hisoblangan chorvachilik tarmoqlarida dunyodagi ilgʼor 
tajribalar hamda zamonaviy texnologiyalar va ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish, butun 
chorvachilik tarmogʼini iqtisodiy samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirishda muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Oʼsib borayotgan mamlakatimiz aholisini chorvachilik mahsulotlariga boʼlgan talabini qondirish, 
ichki isteʼmol bozorlarda goʼsht, sut, tuxum, asal va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini 
yanada koʼpaytirish hamda ularning narxlari barqarorligini doimiy taʼminlash eng muhim ustuvor 
vazifalardan biri hisoblanadi. Respublikada qishloq xoʼjalik mahsulotlari yalpi ulushining 44 foizi 
chorvachilik tarmoqlari mahsulotlari hisobiga toʼgʼri kelishi kuzatilmoqda. 
Chorvachilik xalqimizni oziq-ovqat mahsulotlariga boʼlgan talabini qondirishda alohida oʼrin 
egallaydi. Shu tufayli bu muhim sohani rivojlantirishga Respublikamiz Prezidenti va Hukumatimiz 
tomonidan katta eʼtibor berib kelmoqdalar. Prezidentimiz tomonidan sohaga doir ko’plab qarorlar 
imzolangani ushbu sohani isloh qilishga har qachongidan ham bugun dolzarbligining isbotidir. Jumladan, 
2019 yil 16 martda qabul qilingan “Chorvachilik tarmogʼini yanada rivojlantirish va qoʼllab quvvtlash 
chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4243-sonli, 2019 yil 28 martdagi “Oʼzbekiston Respublikasi 
Veterinariya va Chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʼmitasi faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PQ-
4254-sonli hamda 2019 yil 20 maydagi “Yaylov toʼgʼrisida”gi OʼRQ- 538-sonli Qonuni bunga yaqqol 
misol boʼladi. Bu Qonun va Qarorlar shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʼjaliklarida chorva mol bosh 
sonlarini koʼpaytirishni ragʼbatlantirishga hamda chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 
oshirishga yoʼnaltirilgan boʼlib, ular sohani rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Respublikamizda chorvachiligimizni yanada rivojlantirish uchun yetarli imkoniyatlar mavjud. 
Buning uchun barcha chorvachilik yoʼnalishlaridagi institutlarimizning, ulardagi tadqiqotchi 
olimlarimizning asosiy vazifasi chorva mollarimizning mahsuldorligini taʼminlash, ularni toʼla qiymatli 
oziqlantirish, chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini koʼpaytirish va sifatini oshirish, yuqumli 
va yuqumsiz kasalliklarning oldini olish va davolash, ozuqabop ekinlarning sermahsul nav va duragaylarini 
yaratishning ilmiy asoslarini va samarali usullarini ishlab chiqish hisoblanadi. 
Fermer va dehqon xoʼjaliklarida chorva-mollarning mahsuldorlik xususiyatlarini yaxshilash, ularni 
toʼla qiymatli oziqlantirish, asrash sharoitlarini yaxshilash, pushtdorlik xususiyatlaridan unumli 
foydalanish, yiliga har bir bosh sigirdan bir boshdan buzoq olish, sunʼiy urugʼlantirish usulidan keng 
foydalanish, buzoqlarni maqsadga muvofiq oʼstirishni tashkil etish va qoramol zotlarining mahsuldorlik 
salohiyatidan toʼliq foydalanish bugunning eng dolzarb vazifalaridandir. 
Qora-ola zotli qoramollar mintaqa hududlarida urchitish va koʼpaytirish uchun rayonlashtirilgan, 
ushbu tur Oʼzbekistonda bosh soni va sigirlarining sut mahsuldorligi jixatidan birinchi oʼrinni egallaydi. 
Ushbu zotga mansub tugʼilgan buzoqlar tirik vazni 32-42 kg, yetuk ѐshdagi sigirlar 480-500 kg, buqalar 
850-1000 kg va undan yuqori vaznga ega. Buzoqlari jadal oʼstirilganda oʼrtacha 800-1000 g va undan 
yuqori sutkalik vazn orttiradi, 15-16 oyligida buqachalari goʼsht uchun boqilganda oʼrtacha 420-480 kg 
tirik vaznga ega boʼladi. Soʼyim chiqimi 52-55 foizni, boʼrdoqiga boqilganda 60 foizni tashqil etadi. 
Chorvamollarni oziqlantirishda ozuqa meʼyori belgilanadi. Bunda 20 dan ortiq koʼrsatkich hisobga 
olinadi. Bularga ratsion tarkibidagi quruq modda, quruq modda tarkibida energiyaning miqdori, xom 
protein, hazmlanuvchi protein, yogʼ, qand, kraxmal, kletchatka, vitamin А (karotin), vitaminlar D va Ye 
hamda makro va mikroelementlar hisobga olinadi.
1-jadval 

Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling