«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


Foydalaninlgan adabiyotlar ro’yxati


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

Foydalaninlgan adabiyotlar ro’yxati: 
1. 
Shoimardonkulovich, Y. D., & Hamidovich, R. O. (2020). Elaboration of regional 
strategies for the development and improvement of land and water in agriculture. Academy, (2 (53)).
2. 
Shoimardonkulovich, Y. D. (2020). The importance of management in the field of service. 
Вопросы науки и образования, (14 (98)), 16-19.
3. 
Yavmutov, D. S. (2020). Opportunities for the development of non-traditional tourism in 
Bukhara.
4. 
Abdullayevna, Q. Z., Anvarovich, Q. A., & Muxtorovna, N. D. Theoretical foundations of 
enhancing the competitiveness of the national economy. gwalior management academy, 87, 54. 
5. 
Asliddin, A., & Suxrob, D. (2015). Role of agricultural marketing in economic 
development. Economics, (8 (9)).
Iqtisodiyotni “yashil iqtisodiyot” asosida samarali rivojlantirish. 
Qosimova Hilola Jamshedovna 
BDU,Iqtisodiyot kafedrasi o`qituvchisi 
Saidova Mahliyo Oqil qizi 
BDU talabasi  
Annotatsiya: “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish siyosati boshidanoq aholi manfaatlarini hisobga olgan 
holda amalga oshirishni nazarda tutadi. Ekologiya, iqtisodiyot, infratuzilma va aholini ijtimoiy himoya 
qilish sohasidagi sa’y-harakatlarni uyg‘unlashtirish sharoitida xalq farovonligini uzoq muddatga yaxshilash 
kelajak avlodlarga atrof-muhit va inson pesurslarini yo‘qotishning oldini olish imkonini beradi. 
Kalit so‘zlar: “Yashil” iqtisodiyot, iqtisodiyot, ekologiya, tabiiy resurslar, infratuzilma. 


“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar” 
166 
“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish nafaqat alohida milliy iqtisodiyotni, balki butun sayyora 
barqarorligini belgilaydigan global tendensiyadir. Bir vaqtlar oddiy tabiat hodisasi sifatida qaralgan iqlim 
o‘zgarishlari bugun jahonda global tahdid tusiga kirdi. Hatto, dunyo hamjamiyati mazkur xavfni insoniyat 
oldida turgan eng jiddiy muammolardan biri, deya tan olmoqda. Unga qarshi o‘z vaqtida chora ko‘rmagan 
davlatlar esa iqlim o‘zgarishlari yuzaga keltiradigan jiddiy oqibatlarga qarshi katta mablag‘larni 
mobilizatsiya qilishlariga to‘g‘ri keladi. 
Bu masala allaqachon, nafaqat muayyan mamlakatlar, balki jahon iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir 
ko‘rsata boshladi. Aslida ham ekologik muammolar ijtimoiy-g‘oyaviy va hududiy chegara bilmaydi. 
Ularning oldini olishda yagona samarali yo‘l esa dunyo xalqlari, barcha millat va elatlar e’tiborini tabiat va 
jamiyatdagi nomutanosiblik hamda uning kun sayin keskinlashib borayotganiga qaratish hisoblanadi. 
Mutaxassislarning fikricha, "yashil iqtisodiyot" an’anaviy "jigarrang iqtisodiyot"ga qaraganda qisqa 
muddatda YaIMning o‘sishini, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadning ortishini va ish bilan 
ta’minlanishni bir xil yoki undan yuqoriroq ko‘rsatkichda oshirishi mumkin. So‘nggi paytlarda o‘tkazilgan 
xalqaro munozaralar "yashil iqtisodiyot" tushunchasini aniq ishlab chiqish, uni barcha mamlakatlar 
manfaatlari nuqtai nazaridan amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni chuqur tahlil qilish zarurligini 
ko‘rsatadi. "Yashil iqtisodiyot"ga o‘tish strategiyasi yirik investitsiyalarni (yiliga YaIMning 2 foizigacha) 
talab qiladigan murakkab jarayon bo‘lib, iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlariga ta’sir qiladi. Jahon 
tajribasi shuni ko‘rsatadiki, "yashil iqtisodiyot" mintaqaviy rivojlanishni rag‘batlantiradi, ijtimoiy 
barqarorlikka ko‘maklashadi, "yashil iqtisodiyot" tarmoqlarida yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali iqtisodiy 
salohiyatni oshirishga erishish mumkin. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, asrimizning oxiriga borib iqlim o‘zgarishlari oqibatida dunyo yalpi ichki 
mahsuloti 20 foiz iqtisodiy zarar ko‘rishi mumkin. Jarayon bilan bog‘liq salbiy ta’sirlarga, ayniqsa, 
Markaziy Osiyo mintaqasi o‘ta moyilligi bilan ajralib turadi. Shu bois, global tahdidga qarshi Markaziy 
Osiyo davlatlarining o‘zaro hamkorlikda kompleks yechimlarni topishi nihoyatda muhimdir. Butun 
dunyoda atrofimizni o‘rab turgan tabiiy muhitning holati va “yashil” iqtisodiyotning tatbiq qilinishi 
bo‘yicha ma’lum bir xavotirlar mavjud. O‘zbekiston ham ushbu holatga loqayd munosabatda emas. 
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligi ostida “2017-2021-yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”
va “Parij bitimi”, shuningdek, 2019-2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” 
iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi doirasida samarali va keng miqyosli islohotlar o‘tkazilib, ularning samarasi 
mamlakatimiz va jamiyatimiz hayotida namoyon bo‘lmoqda.Mamlakatimiz Prezidentining “Yashil o‘sish 
va global maqsadlar yo‘lida hamkorlik - 2030” (P4G) xalqaro sammitida so‘zlagan nutqi yuqoridagi 
maqsadlarning yaqqol misoli bo‘lib, ushbu ma’ruzasida u iqlim o‘zgarishi, uning oqibatlarini yengib o‘tish, 
tabiatning “yashil” tiklanishi va uning uglerodli neytralligini ta’minlash bo‘yicha xavotirlarini, shuningdek 
BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari va Iqlim bo‘yicha Parij bitimini bajarish haqida bayon qilgan. 
Davlatimiz rahbarining ochiq va pragmatik tashqi siyosati, tashabbuslari tufayli so‘nggi yillarda qo‘shni, 
yaqin va uzoq mamlakatlar bilan mutlaqo yangi — sog‘lom siyosiy va iqtisodiy aloqalar yo‘lga qo‘yilgani 
bunga imkoniyat yaratmoqda. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari qatorida shubhasiz, ekologik 
muammolarga ham alohida e’tibor qaratilyapti.Shu jihatdan,Prezidentimizning 16—18 dekabr kunlari 
Koreya Respublikasiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi barcha sohalar qatori pandemiyadan keyingi davrda 
iqlimning barqaror kelajagiga erishish uchun yangi jihatlar va hamkorlikni belgilash uchun “noyob 
imkoniyat” bo‘ldi. Boisi, bugungi kunda Koreya Respublikasi dunyo davlatlari orasida rivojlanishda 
“yashil iqtisodiyot” tamoyiliga o‘tgan lider davlatlardan biri bo‘lib qolmoqda.An’anaviy rivojlanish 
modelining beqarorligi iqtisodiyotni transformatsiya qilishning yangi rivojlanish konsepsiyasini izlab 
topishga yo‘l ochmoqda. Iqtisodiy o‘sishning an’anaviy modelidan “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish nafaqat 
alohida milliy iqtisodiyotni, balki butun sayyora barqarorligini belgilaydigan global tendensiyadir. Hozirda 
“yashil o‘sish” ko‘plab davlatlarning maqsadi, global ekologik muammolarni hal qilishning muhim vositasi 
hisoblanadi.Birlashgan Millatlar Tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra, davlatlar o‘z yalpi ichki mahsulotining hech 
bo‘lmaganda 1 foizini “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishga yo‘naltirishi lozim. Bu ko‘rsatkich AQSh, 
Shvesiya, Italiya va boshqa iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda 1 foizdan oshmagan bir paytda, Koreyada 
3 foizni tashkil etmoqda.
Mamlakatlar miqyosida tahlil qilinganda, Germaniya iqtisodiyotning barcha sohalariga yashil 
tamoyillarni joriy etishda chiqindisiz ishlab chiqarish siklini yaratgan ushbu sohadagi ilg‘or davlatlardan 
biridir. Germaniya chiqindilarni qayta ishlash hamda ulardan qayta foydalanish bo‘yicha dunyoda yetakchi 
hisoblanadi. Germaniyada patentli texnologiyalarning 23 foizi atrof muhit sohasiga to‘g‘ri keladi va 
shamol, quyosh energetikasi sohasidagi kompaniyalarning 30 foizdan ortig‘i nemis kompaniyalariga 
tegishli. Yashil sektorda, ya’ni atrof-muhit va iqlimni muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarda 



Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling