Annotatsiya
Maqolada “Yashil iqtisodiyot”ga oʼtish Oʼzbekistonga koʼplab bonuslar olib kelishi, tabiiy
resurslar va ishlab chiqarilgan mahsulotlardan samarali foydalanish orqali turmush darajasini yaxshilashga
xizmat qilayotgani, ushbu sohadagi rivojlanish va kamchiliklar ko’rib chiqildi. Shuningdek, chorvachilik
tarmog’idagi mahsuldorlikning bugungi kundagi salohiyatidan toʼliq foydalanish holatlari o’rganilib,
ularning ozuqa ratsionlaridagi makro va mikroelementlar hisobga olinib tahlillar qilindi.
Kalit so’zlar: Yashil makon, Yashil iqtisodiyot, yashil loyiha, “yashil oʼsish”, “yashil hudud”, “yashil
texnologiya”, “yashil energiya”, ozuqa meʼyori, makro va mikroelementlar tushunchalari
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va Oʼzbekiston xalqiga yoʼllagan
Murojaatnomasida 2023 yilda amalga oshiriladigan vazifalar haqida fikr yuritilib, tabiatni asrab-avaylash,
suv, havo va atrof-muhitni toza tutish har bir mahalla aholisining madaniyati va amaliy harakatiga aylanishi
kerakligi aytildi. Bu borada mavjud vaziyatni ijobiy tomonga oʼzgartirish uchun ekologiya va atrof-muhitni
asrash boʼyicha saʼy-harakatlar, xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarning
yanada kuchaytirilishi taʼkidlandi. “Yashil iqtisodiyot”ga oʼtish Oʼzbekistonga koʼplab bonuslar olib
keladi, xususan energetika sohasini isloh qilish, toza ichimlik suvi muammolari, oziq-ovqat xavfsizligi,
qishloq xoʼjaligidagi innovatsiyalar, barqaror shaharlar, chiqindilarni oqilona boshqarish, oʼrmon
hududlarini kengaytirish, choʼllanishni qisqartirish kabi koʼp qirrali va keng tarmoqli masalar hisoblanadi.
Keyingi paytlarda “yashil” iqtisodiyot, “yashil” loyiha kabi iboralar tez-tez qoʼllanmoqda. Negaki,
mamlakatimizda va dunyoda kuzatilayotgan hozirgi iqlim oʼzgarishi sharoitida samarali, resurstejamkor va
ekologik xavfsiz iqtisodiyotni taʼminlash bilan bogʼliq masalalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. “Yashil”
loyihalarni iqtisodiyotning barcha tarmogʼida ilgari surish jarayonida taklif etilayotgan texnologiyalar,
uskunalar, qurilmalar, tizimlar va materiallarning barchasi “yashil” mezonlarga, xususiyatlarga
moslashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |