«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»
“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar”
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C
“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar”
164 “Yashil iqtisodiyot” insonning tabiatga boʼlgan munosabatini muqobillashtirish asosida atrof- muhit tozaligini, tabiiy resurslar va ishlab chiqarilgan mahsulotlardan samarali foydalanish orqali turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi. Аyni jarayonda shakllanadigan “yashil shahar”, “yashil transport”, “yashil oʼsish”, “yashil hudud”, “yashil kimyo”, “yashil texnologiya”, “yashil energiya” tushunchalari “yashil iqtisodiyot”ni shakllantiruvchi muhim yoʼnalishlar hisoblanadi. Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sektori, yashil iqtisodiyotning amalga oshirilishi va rivojlanishi uchun muhim bir maydon hisoblanadi. Mamlakatimiz iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda, qishloq xoʼjaligini oʼta muhim yoʼnalishlaridan biri hisoblangan chorvachilik tarmoqlarida dunyodagi ilgʼor tajribalar hamda zamonaviy texnologiyalar va ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish, butun chorvachilik tarmogʼini iqtisodiy samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Oʼsib borayotgan mamlakatimiz aholisini chorvachilik mahsulotlariga boʼlgan talabini qondirish, ichki isteʼmol bozorlarda goʼsht, sut, tuxum, asal va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini yanada koʼpaytirish hamda ularning narxlari barqarorligini doimiy taʼminlash eng muhim ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Respublikada qishloq xoʼjalik mahsulotlari yalpi ulushining 44 foizi chorvachilik tarmoqlari mahsulotlari hisobiga toʼgʼri kelishi kuzatilmoqda. Chorvachilik xalqimizni oziq-ovqat mahsulotlariga boʼlgan talabini qondirishda alohida oʼrin egallaydi. Shu tufayli bu muhim sohani rivojlantirishga Respublikamiz Prezidenti va Hukumatimiz tomonidan katta eʼtibor berib kelmoqdalar. Prezidentimiz tomonidan sohaga doir ko’plab qarorlar imzolangani ushbu sohani isloh qilishga har qachongidan ham bugun dolzarbligining isbotidir. Jumladan, 2019 yil 16 martda qabul qilingan “Chorvachilik tarmogʼini yanada rivojlantirish va qoʼllab quvvtlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4243-sonli, 2019 yil 28 martdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Veterinariya va Chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʼmitasi faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PQ- 4254-sonli hamda 2019 yil 20 maydagi “Yaylov toʼgʼrisida”gi OʼRQ- 538-sonli Qonuni bunga yaqqol misol boʼladi. Bu Qonun va Qarorlar shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʼjaliklarida chorva mol bosh sonlarini koʼpaytirishni ragʼbatlantirishga hamda chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirishga yoʼnaltirilgan boʼlib, ular sohani rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Respublikamizda chorvachiligimizni yanada rivojlantirish uchun yetarli imkoniyatlar mavjud. Buning uchun barcha chorvachilik yoʼnalishlaridagi institutlarimizning, ulardagi tadqiqotchi olimlarimizning asosiy vazifasi chorva mollarimizning mahsuldorligini taʼminlash, ularni toʼla qiymatli oziqlantirish, chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini koʼpaytirish va sifatini oshirish, yuqumli va yuqumsiz kasalliklarning oldini olish va davolash, ozuqabop ekinlarning sermahsul nav va duragaylarini yaratishning ilmiy asoslarini va samarali usullarini ishlab chiqish hisoblanadi. Fermer va dehqon xoʼjaliklarida chorva-mollarning mahsuldorlik xususiyatlarini yaxshilash, ularni toʼla qiymatli oziqlantirish, asrash sharoitlarini yaxshilash, pushtdorlik xususiyatlaridan unumli foydalanish, yiliga har bir bosh sigirdan bir boshdan buzoq olish, sunʼiy urugʼlantirish usulidan keng foydalanish, buzoqlarni maqsadga muvofiq oʼstirishni tashkil etish va qoramol zotlarining mahsuldorlik salohiyatidan toʼliq foydalanish bugunning eng dolzarb vazifalaridandir. Qora-ola zotli qoramollar mintaqa hududlarida urchitish va koʼpaytirish uchun rayonlashtirilgan, ushbu tur Oʼzbekistonda bosh soni va sigirlarining sut mahsuldorligi jixatidan birinchi oʼrinni egallaydi. Ushbu zotga mansub tugʼilgan buzoqlar tirik vazni 32-42 kg, yetuk ѐshdagi sigirlar 480-500 kg, buqalar 850-1000 kg va undan yuqori vaznga ega. Buzoqlari jadal oʼstirilganda oʼrtacha 800-1000 g va undan yuqori sutkalik vazn orttiradi, 15-16 oyligida buqachalari goʼsht uchun boqilganda oʼrtacha 420-480 kg tirik vaznga ega boʼladi. Soʼyim chiqimi 52-55 foizni, boʼrdoqiga boqilganda 60 foizni tashqil etadi. Chorvamollarni oziqlantirishda ozuqa meʼyori belgilanadi. Bunda 20 dan ortiq koʼrsatkich hisobga olinadi. Bularga ratsion tarkibidagi quruq modda, quruq modda tarkibida energiyaning miqdori, xom protein, hazmlanuvchi protein, yogʼ, qand, kraxmal, kletchatka, vitamin А (karotin), vitaminlar D va Ye hamda makro va mikroelementlar hisobga olinadi. 1-jadval Download 4.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling