«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar”


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar” 
196 
va Davlat maqsadli jamgʻarmalari) daromadlari 196,4 trln soʻmni (YaIMga nisbatan 26,7%) tashkil etdi. 
Bu shuni ko’rsatadiki, YaIMga nisbatan Konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari ulushi dinamikada 
deyarli oʻzgarmagan va aksincha oʻsish tendensiyasiga ega. Buni ayniqsa 2022 yil uchun daromadlar 
prognozi tasdiqlaydi - daromadlarning YaIMga nisbati 30,3% darajasida prognoz qilinmoqda.
1
Shuningdek, 2021-yil 7-dekabrda Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi va 
Moliya vazirligi hamkorligida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining mahalliy byudjet, iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirish, investitsiya va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy 
komissiyalari bilan “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun 
muhokamasi yuzasidan davra suhbati boʻlib oʻtdi. 
Axborot berilishicha, Qonunda keyingi yilda iqtisodiy oʻsish darajasi 6 foiz, inflyatsiya darajasi 9 
foiz, konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foiz miqdorda
shuningdek, yangidan imzolanadigan davlat tashqi qarzi yuqori chegarasi 4,5 milliard dollar miqdorida 
prognoz qilinmoqda. 
Shuningdek, davlat byudjeti daromadlaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun Davlat byudjeti 
xarajatlari yalpi ichki mahsulotga nisbatan 25,6 foiz miqdorida belgilanmoqda. 
Qonun bilan ijtimoiy soha xarajatlarining qariyb 45 foizi taʼlim sohasiga, xususan, maktabgacha 
taʼlim muassasalariga 8,6 trillion soʻm, xalq taʼlimiga 30,8 trillion soʻm, oʻrta maxsus va oliy taʼlimga 7,5 
trillion soʻm mablagʻ ajratilmoqda. 
Bundan tashqari, 2022-yilda Davlat byudjetidan sogʻliqni saqlash sohasiga (markazlashgan 
investitsiya xarajatlari bilan birga) 24,0 trillion soʻm mablagʻ yoki 2021-yil tasdiqlangan rejaga nisbatan 
3,5 trillion soʻm yoki 17 foizga koʻp mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilgan. 
Mamlakatning tez sur’atlarda rivojlanishi ham byudjet daromadlarining oshishiga imkon yaratdi. 
Investitsiyalar hozirgi kunda rivojlanishning asosiy poydevorlaridan biridir. 
2021-yil yakuniga koʻra, oʻzlashtirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 11,1 mlrd. dollarni tashkil etdi 
(yillik prognozga nisbatan 113% bajarildi), shu jumladan, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 9,8 
mlrd. dollarga yetdi (2020-yil koʻrsatkichlariga nisbatan oʻsish surʼati 110%). 
Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlar 9 mlrd. dollarga yoki prognozga nisbatan 
117%ga, shu jumladan, asosiy kapitalga 2020-yilga nisbatan 124 foizlik oʻsish bilan 8,2 mlrd. dollar 
oʻzlashtirildi. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlarining 
oʻzlashtirilishi 2,1 mlrd. dollar yoki yillik prognozning 100 foizini tashkil etdi. 
Bugungi kunda Oʻzbekiston iqtisodiyotiga 50 dan ortiq davlat investitsiya kiritayotgan boʻlib, 
xususan, Xitoy (2,2 mlrd. doll.), Rossiya (2,1 mlrd. doll.), Germaniya (800,7 mln. doll.), Turkiya (1,18 
mlrd. doll.) va Janubiy Koreya (137,4 mln. doll.) asosiy investor davlatlar hisoblanadi.
2

Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling