«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 
195 
1-rasm. 
1-rasm. Kamomadning asosiy qismi aniqlangan vazirlik va qo’mitalar.
1
 
 
Yuqoridagi ma’lumotlarni ko’zdan kechiradigan bo’lsak, ba’zi vazirlik va qo’mitalarda kamomad 
miqdori joriy yildagidan ancha oshib ketganini ko’ramiz va bu bo’yicha yetakchilikni Oliy va o’rta maxsus 
ta’lim vazirligi o’z qo’liga olgan.
Mavzuning bugungi kundagi holati. 2022-yil uchun davlat byudjeti bilan bog’liq asosiy 
ko’rsatkichlarni tahlil qiladigan bo’lsak, davlat byudjeti daromadi 200 trln. so’m etib belgilandi. Ulardan 
soliq tushumlari 68,5 trln. so’m, shu jumladan foyda solig’i- 43,7 trln. so’m, aylanmadan olinadigan soliq- 
2,7 trln so’m, JShDS- 22 trln so’mni tashkil etadi.
2
30.11.2021 yilda “O’zbekiston Respublikasining Davlat 
byudjeti to’g’risida”gi Qonun imzolandi. Ushbu qonunda asosan, tadbirkorlarga katta imkoniyatlar 
yaratilgan. Xususan, mol-mulk solig’i bo’yicha belgilangan foiz stavkalarining kamaytirilishi, yuqori 
likvidli tovarlarga nisbatan aksiz solig’ining pasaytirilishi, suyultirilgan gazga bo’lgan aksiz solig’ining 
bekor qilinishi tadbirkorlarning jami 1 trln. 800 mlrd. so’mga yaqin mablag’ining o’zida qolishiga imkon 
yaratadi. 2022-yilda inson qadri, uni ulug’lash bosh maqsad qilib olingan holda, ta’lim va tibbiyot uchun 
58 trln. so’m miqdorda davlat byudjetidan pul ajratildi. 
Xorijiy tajriba. Chuqur demokratik islohotlar, ayniqsa, boshlang’ich bosqichda, doimo jamiyatdagi 
muammolarni iqtisodiy ziddiyatlarni keskinlashtirishini xorijiy tajriba ko’rsatmoqda. Bu tabiiy hol. Shu 
bilan birga, o’zgarishlarning samarasini insonlar o’z hayotining yaxshilanishi bilan ko’rishlari maqsadga 
muvofiqdir. Bu esa hal qiluvchi jihatdan davlat boshqaruvi samaradorligi va noqonuniy amallar
korrupsiyani keskin kamaytirish maqsadida ishlab chiqilgan bir qator chora-tadbirlar samaradorligi bilan 
keskin bog’liqdir. So’nggi yillarda davlat boshqaruvida shaffoflik va aholining keng ishtirokini ta’minlash 
maqsadida “Mening fikrim” veb-portali. Mamlakat byudjeti shakllanishi va ijrosi ochiqligini ta’minlash 
uchun “Openbudget” information portali yaratilgani tizimlar zamonaviylashganining muhim 
ko’rsatkichlardan biridir. Davlat byudjetida ham noqonuniy mablag’ o’zlashtirishlarni oldini olish 
maqsadida uni omline monitoringini tashkil qilish maqsadga muvofiq bo’lardi. Byudjetdagi o’zgarishlarni 
ochiq-oydin kuzatib turadigan yuqori sondagi auditoriyaning to’planishi, byudjetdagi o’g’riliklarni 
kamayishini oldini oladi. 
Tahlil. Davlat byudjetining sezilarli qismini davlat tomonidan joriy etiladigan soliqlar tashkil etadi. 
Soliq tizimini takomillashtirish ham davlat byudjetiga ijobiy ta’sir etadi. Soliq tizimining muammolari va 
ularni hal qilishning mumkin boʻlgan istiqbollarini taqdim etishdan oldin, uni rivojlantirishning amaldagi 
sharoitlarini koʻrib chiqamiz. 2021-yil yakunlari boʻyicha Konsolidatsiyalashgan byudjet (Davlat byudjeti 
1
Uzreport.news rasmiy sayti orqali ma’lumot tayyorlandi. 
2
Review.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 



Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling