«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»
mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning bugungi kundagi holati.
- Xorijiy tajriba.
mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
195 1-rasm. 1-rasm. Kamomadning asosiy qismi aniqlangan vazirlik va qo’mitalar. 1 Yuqoridagi ma’lumotlarni ko’zdan kechiradigan bo’lsak, ba’zi vazirlik va qo’mitalarda kamomad miqdori joriy yildagidan ancha oshib ketganini ko’ramiz va bu bo’yicha yetakchilikni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’z qo’liga olgan. Mavzuning bugungi kundagi holati. 2022-yil uchun davlat byudjeti bilan bog’liq asosiy ko’rsatkichlarni tahlil qiladigan bo’lsak, davlat byudjeti daromadi 200 trln. so’m etib belgilandi. Ulardan soliq tushumlari 68,5 trln. so’m, shu jumladan foyda solig’i- 43,7 trln. so’m, aylanmadan olinadigan soliq- 2,7 trln so’m, JShDS- 22 trln so’mni tashkil etadi. 2 30.11.2021 yilda “O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to’g’risida”gi Qonun imzolandi. Ushbu qonunda asosan, tadbirkorlarga katta imkoniyatlar yaratilgan. Xususan, mol-mulk solig’i bo’yicha belgilangan foiz stavkalarining kamaytirilishi, yuqori likvidli tovarlarga nisbatan aksiz solig’ining pasaytirilishi, suyultirilgan gazga bo’lgan aksiz solig’ining bekor qilinishi tadbirkorlarning jami 1 trln. 800 mlrd. so’mga yaqin mablag’ining o’zida qolishiga imkon yaratadi. 2022-yilda inson qadri, uni ulug’lash bosh maqsad qilib olingan holda, ta’lim va tibbiyot uchun 58 trln. so’m miqdorda davlat byudjetidan pul ajratildi. Xorijiy tajriba. Chuqur demokratik islohotlar, ayniqsa, boshlang’ich bosqichda, doimo jamiyatdagi muammolarni iqtisodiy ziddiyatlarni keskinlashtirishini xorijiy tajriba ko’rsatmoqda. Bu tabiiy hol. Shu bilan birga, o’zgarishlarning samarasini insonlar o’z hayotining yaxshilanishi bilan ko’rishlari maqsadga muvofiqdir. Bu esa hal qiluvchi jihatdan davlat boshqaruvi samaradorligi va noqonuniy amallar, korrupsiyani keskin kamaytirish maqsadida ishlab chiqilgan bir qator chora-tadbirlar samaradorligi bilan keskin bog’liqdir. So’nggi yillarda davlat boshqaruvida shaffoflik va aholining keng ishtirokini ta’minlash maqsadida “Mening fikrim” veb-portali. Mamlakat byudjeti shakllanishi va ijrosi ochiqligini ta’minlash uchun “Openbudget” information portali yaratilgani tizimlar zamonaviylashganining muhim ko’rsatkichlardan biridir. Davlat byudjetida ham noqonuniy mablag’ o’zlashtirishlarni oldini olish maqsadida uni omline monitoringini tashkil qilish maqsadga muvofiq bo’lardi. Byudjetdagi o’zgarishlarni ochiq-oydin kuzatib turadigan yuqori sondagi auditoriyaning to’planishi, byudjetdagi o’g’riliklarni kamayishini oldini oladi. Tahlil. Davlat byudjetining sezilarli qismini davlat tomonidan joriy etiladigan soliqlar tashkil etadi. Soliq tizimini takomillashtirish ham davlat byudjetiga ijobiy ta’sir etadi. Soliq tizimining muammolari va ularni hal qilishning mumkin boʻlgan istiqbollarini taqdim etishdan oldin, uni rivojlantirishning amaldagi sharoitlarini koʻrib chiqamiz. 2021-yil yakunlari boʻyicha Konsolidatsiyalashgan byudjet (Davlat byudjeti 1 Uzreport.news rasmiy sayti orqali ma’lumot tayyorlandi. 2 Review.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling