«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar”


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar” 
194 
zayomlaridan tushgan pul, davlat mulkini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan 
shakllanadi. Davlat byudetiga kelib tushgan daromad jamiyatga ijtimoiy xizmatlar, masalan, milliy 
xavfsizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, atrof-muhitni himoya qilish, aholining kam ta’minlangan 
qatlamiga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish kabilarga mamlakatning salohiyatidan 
kelib chiqib oqilona taqsimlanadi. Agarda byudjet xarajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet 
taqchilligi, yaʼni kamomadi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi milliy mahsulotining 3-3,5% 
ga teng boʻlishini meʼyoriy holar deb hisoblash mumkin. Byudjet kamomadining gʻoyat oshib ketishi 
byudjet xarajatlarini qisqartirilishiga sabab bo’lishi mumkin. Davlat byudjeti odatda, joriy yilda kelgusi yil 
uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. Davlat 
byudjeti hukumat tomonidan tuziladi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, jamiyat hayotini yaxshilash, uni tubdan isloh qilish uchun 
davlatning byudjeti juda katta ahamiyat kasb etadi. Ba’zi mamlakatlar byudjetni oqilona taqsimlagan holda, 
rivojlanishga erishsa ba’zilarida buning teskari holati kuzatiladi. Buning asosiy sababi shuki, rivojlangan 
mamlakatlarda byudjet bo’yicha pullar taqsimlangandan so’ng, to’g’ridan to’g’ri manzilga yetib boradi. 
Muvaffaqiyatga erishmagan mamlakatlarda esa ma’lum bir sohaga yo’naltirilgan mablag’ dastlab bir 
nechta korxona yoki tashkilotdan o’tib ko’zlangan sohaga yetib boradi va bu vaqt oralig’ida ma ‘lum bir 
shaxslar va tashkilotlar tomonidan ajratilgan mablag’ni noqonuniy o’zlashtirish holatlari vujudga keladi.
1-diagramma 

Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling