mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
193
1
Bugungi kunda ham BMT tomonidan dunyo aholisi turmush darajasini oshirish va kambag`allikdan
aziyat chekayotgan mamlakatlarga ko`maklashish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
2
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2030 yilgacha bo`lgan davrda barqaror
rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida” 2018 yil
20 oktabrdagi 841-son qarori ushbu maqsadlar ijrosiga qaratilganligi ahamiyatga molik bo`ldi. Mazkur
qaror ilovasining “1-maqsad. Barcha joylarda aholining kam ta`minlanganligi darajasini pasaytirish.”deb
nomlangan 1-bandi vazifalari sifatida belgilangan 7 yo`nalishda asosiy e`tibor ijtimoiy himoya va gender
tenglikni ta`minlash hamda mikrokreditlash amaliyotlarida foydalanishga qaratilgan.
Hozirgi kunda O`zbekistonda kambag`allikni qisqartirishning 2030 yilgacha strategiya va
konsepsiyasi tayyorlanmoqda. Unda kambag`allik tushunchasi, uni aniqlash mezonlari va baholash usullari,
ijtimoiy ta`minotning minimal standartlari, ta`lim, sog`liqni saqlash, uy-joy ta`minoti va tadbirkorlikni
rivojlantirish orqali kambag`allikni qisqartirish bo`yicha ilg`or xorijiy tajriba xususan, Xitoy tajribasidan
foydalanish ko`zda tutilgan.
O`zbekistonda 2018 yildan boshlab iste`mol savatini shakllantirish ishlari hukumat darajasiga ko`rila
boshlandi. Bu masalada o`tgan yillar mobaynida “iste`mol savati”ga kiruvchi oziq-ovqat mahsulotlari,
nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlarni o`z ichiga olgan tovarlar narxi davlat tomonidan qat`iy boshqarib
turildi. Odatda iste`mol savatchasi aholining 3 ta asosiy ijtimoiy-demografik guruhi: mehnatga layoqatli
aholi, pensionerlar va bolalar uchun ishlab chiqiladi.Iste`mol savati kamida 5 yilda bir marta uslubiy
tavsiyalar asosida aniqlashtiriladi.
O`zbekistondagi kambag`allik holatini o`rganish aniq chora-tadbirlarni talab etadi. Bunda rivojlangan
davlatlarni tajribasini o`rganish o`ta muhim masala. Shu bilan birga, biz uchun muhim tomoni,
kambag`allik holatini to`liq tugatib bo`lmaydi, balki uni darajasi va hajmini iloji boricha kamaytirish
mumkin. Bu esa jamiyat va davlatga kambag`allikni salbiy ta`sirini kamaytirish bo`yicha choralarni
doimiy ravishda olib borishni taqoza etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |