«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 
193 
1
Bugungi kunda ham BMT tomonidan dunyo aholisi turmush darajasini oshirish va kambag`allikdan
aziyat chekayotgan mamlakatlarga ko`maklashish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
2
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2030 yilgacha bo`lgan davrda barqaror
rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida” 2018 yil 
20 oktabrdagi 841-son qarori ushbu maqsadlar ijrosiga qaratilganligi ahamiyatga molik bo`ldi. Mazkur 
qaror ilovasining “1-maqsad. Barcha joylarda aholining kam ta`minlanganligi darajasini pasaytirish.”deb 
nomlangan 1-bandi vazifalari sifatida belgilangan 7 yo`nalishda asosiy e`tibor ijtimoiy himoya va gender 
tenglikni ta`minlash hamda mikrokreditlash amaliyotlarida foydalanishga qaratilgan.
Hozirgi kunda O`zbekistonda kambag`allikni qisqartirishning 2030 yilgacha strategiya va 
konsepsiyasi tayyorlanmoqda. Unda kambag`allik tushunchasi, uni aniqlash mezonlari va baholash usullari, 
ijtimoiy ta`minotning minimal standartlari, ta`lim, sog`liqni saqlash, uy-joy ta`minoti va tadbirkorlikni
rivojlantirish orqali kambag`allikni qisqartirish bo`yicha ilg`or xorijiy tajriba xususan, Xitoy tajribasidan 
foydalanish ko`zda tutilgan. 
O`zbekistonda 2018 yildan boshlab iste`mol savatini shakllantirish ishlari hukumat darajasiga ko`rila
boshlandi. Bu masalada o`tgan yillar mobaynida “iste`mol savati”ga kiruvchi oziq-ovqat mahsulotlari
nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlarni o`z ichiga olgan tovarlar narxi davlat tomonidan qat`iy boshqarib 
turildi. Odatda iste`mol savatchasi aholining 3 ta asosiy ijtimoiy-demografik guruhi: mehnatga layoqatli 
aholi, pensionerlar va bolalar uchun ishlab chiqiladi.Iste`mol savati kamida 5 yilda bir marta uslubiy 
tavsiyalar asosida aniqlashtiriladi. 
O`zbekistondagi kambag`allik holatini o`rganish aniq chora-tadbirlarni talab etadi. Bunda rivojlangan 
davlatlarni tajribasini o`rganish o`ta muhim masala. Shu bilan birga, biz uchun muhim tomoni, 
kambag`allik holatini to`liq tugatib bo`lmaydi, balki uni darajasi va hajmini iloji boricha kamaytirish 
mumkin. Bu esa jamiyat va davlatga kambag`allikni salbiy ta`sirini kamaytirish bo`yicha choralarni
doimiy ravishda olib borishni taqoza etadi. 

Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling