«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar”


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar” 
192 
3. Экономика Европейского Союза, Учебник. Под. ред. проф. Р.К.Щенина. – М.: КНОРУС, 2012. - 
С. 139-140. 
KAMBAG`ALLIK VA UNI O`ZBEKISTONDA BAHOLASHGA YONDOSHUVLAR 
R.A. Achilova–Buxoro 
Davlat Universiteti magistranti
Iqtisod yo‘nalishi. Tel: +998905131988
Annotatsiya. Ushbu tezisda kambag`allik tushunchasi va uni mamlakatimizda baholashga yondoshuvlar, 
kambag`allikni bartaraf etish choralari to‘g‘risida so‘z yuritilgan. 
Kalit so‘zlar: kambag`allik, kambag`allik turlari, ijtimoiy siyosat,minimal iste`mol 
xarajatlari,kambag`allik chegarasi,yashash minimumi.
Kambag`allik – har bir shaxs yoki ijtimoiy guruhning yashashi, mehnat qobilyatini saqlashi, avlodni 
davom ettirishi uchun zarur bo`lgan minimal ehtiyojlar ma`lum doirasini qanoatlantirmaydigan iqtisodiy 
holatning tavsifidir. 
1
Dunyoning ko`pgina milliy iqtisodiyotlarida YAIM o`sishining sekinlashuvi, real 
daromadlarning pasayishi, ijtimoiy tabaqalanishning chuqurlashuvi va qashshoqlikning ortishi 
kuzatilmoqda.
Kambag`allik – bu hayot uchun muhim bo`lgan, eng zarur minimal ehtiyojlarni qondira 
olmaydigan, ishga layoqatli bo`lib, o`z naslini davom ettirishi mumkin bo`lmagan shaxs yoki ijtimoiy 
guruhni iqtisodiy holatining o`ziga xos xususiyatidir. Ba`zi manbalarda esa,”kambag`allik- muayyan 
maqbul turmush darajasini ta`min eta olmaslikdir”-deya ta`kidlangan. 
Kambag`allik – jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida katta to`sqinlik qiladi. Mamlakatda 
kambag`allar sonini ortishi iqtisodiy resurslardan samarali foydalanilmayotgaligini, tadbirkorlik muhiti 
yaxshi yo`lga qo`yilmaganligini, hukumat qarorlari ijrosi ta`minlanmayotganligini hamda korrupsiya avj 
olganligini bildiradi.Umuman olganda kambag`allikning kelib chiqish sabablarini jamiyatdagi bu kabi 
muammolarning yana bir nechtasi bilan bog`lash mumkin.Chunki inson dunyodagi notinchlik, g`irrom 
raqobat, tabiiy boyliklarni o`zlashtirish uchun mamlakatlar o`rtasidagi kurash va korrupsiya, jamiyatdagi 
tizimning tez-tez o`zgarib turishi mamlakat ravnaqiga salbiy ta`sir ko`rsatadi va oqibatda aholining ma`lum 
qismini kambag`alga aylantiradi. 
Kambag`allik avvalo savodsizlikni, jinoyatchilikni keltirib chiqaradi.Agarda uni o`z vaqtida 
oldi olinmasa, jumladan, kambag`al kishilarni ish bilan ta`minlash ularni bozor iqtisodiyotining salbiy 
ta`siridan himoya qilinmasa mamlakatda yuritilayotgan siyosatdan noroziligini bildiradi.Shu sababli ham 
kambag`allik muammosini hal etish doimo dunyo hamjamiyati e`tiborida turadi.
2
O`zbekistonda ilmiy adabiyotlarida, shuningdek, statistik hisobotlarida kambag`allik 
to`g`risida yoki aytaylik ”kambag`allik” tushunchasi haqida ma`lumotlar deyarli yuritilmas edi. 
Mamlakatimizda “kambag`allik” va “qashshoqlik” tushunchalarining o`rniga “kam ta`minlanganlar” 
tushunchasi ishlatilib kelinar edi. Ma`lumki, O`zbekistonda aholining kam ta`minlangan qatlami 
to`g`risida tushuncha va uni aniqlash tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 
15-fevraldagi “Kam ta`minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to`lash tartibi 
to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 44-son qarori belgilab berilgan.
Mamlakatimizda kambag`al aholi mavjudligi to`g`risida O`zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisda qilingan Murojaatnomada birin chi marta rasman qayd 
etildi. Unda aytilishicha,-“Har qanday mamlakatda bo`lgani kabi bizda ham kam ta`minlangan aholi 
qatlamlari mavjud. Turli hisob-kitoblarga ko`ra, ular taxminan 12-15 foizni tashkil etadi”- deya ta`kidlab 
o`tdilar. 
O`zbekiston kambag`allik muammosini bartaraf etish uchun hukumat tarkibiga Bosh 
vazirning moliya – iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimini 
kiritilishi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligining tashkil etilishida yanada 
yaqqol ko`rish hamda mazkur masalaning naqadar dolzarbligini anglash mumkin. Kambag`allikning turlari 
mavjud bo`lib ular quyidagicha ta`riflanadi: 
Mutloq kambag`allik – insonning o`z daromadlari hisobiga oziq -ovqat, kiyim-kechak, uy-
joyga bo`lgan minimal ehtiyojlarini qondira olmasligi yoki faqat biologik hayotni ta`minlaydigan minimal 
ehtiyojlarni qondira oladigan holatidir. 
1
Sh.Salimov “Kambag`allik va uni O`zbekistonda baholashga yondashuvlar”, Т.: 2021 
2
B.B.Mardonov,A.O.Abruev”Postindustrial jamiyatda kambag`allikni aniqlash tartibi”, T: 2021 



Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling