«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C
- Bu sahifa navigatsiya:
- XUSUSIYATLARI
“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar” 220 O’ZBEKISTONDA BOZOR IQTISODIYOTINING SHAKLLANISHI VA ASOSIY XUSUSIYATLARI Hojiyev Tal’at Toshpo’latovich-Kogon tuman hokimligi. O’zbekiston shakllangan bozor iqtisodiyoti erkin raqobatga asoslangan va tadburkorlik bilan shug’ullanish uchun erkinlik berilganligi vositasida bilan ajralib turadi. Hozirgi paytda, barqaror o’sish sur‘atlarini ta‘minlab turadigan yangi bozor mexanizmi markazida inson turadi, inson omili yotadi. Hozirgi zamon iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotidir. yer yuzidagi ko’pgina mamlakatlar har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan rivojlanib bormoqda. Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlardan biri, ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslarning erkin almashinuvidan iborat. Ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo’lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash ishlab chiqaruvchiga ular faoliyatining nisbatan samarali yo’nalishlarini ko’rsatib beruvchi erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi. Xalqimiz istiqlolning yigirma ikki yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan shu kunlarda mamlakatimizning mustaqil taraqqiyot yo‘liga yana bir bor nazar tashlaymiz. Bugungi yorug‘ kunlarga, yutuq va marralarga qanday omillar evaziga erishganimizni ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazamiz. Mamlakatimiz uchun hal qiluvchi bir paytda eng to‘g‘ri yo‘l sifatida tanlangan, bugungi kunda o‘zining yuksak samaralarini berayotgan O‘zbekistonning o‘ziga xos va o‘ziga mos taraqqiyot yo‘li – “O‘zbek modeli” ana shunday eng muhim omillardandir. Yurtimizda 80-yillar oxirida vujudga kelgan vaziyatni chuqur o‘rgangan olimlar, ekspert va tahlilchilar aynan ana shu iborani qo‘llaydilar. Darhaqiqat, o‘sha suronli yillarda O‘zbekistondagi ahvol juda qaltis edi. O‘sha paytda respublikamiz barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha sobiq ittifoq respublikalari ichida oxirgi o‘rinlarda turar edi. Aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish ittifoqdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha kam edi. Qishloq xo‘jaligida paxta yakkahokimligi oqibatida oziq-ovqat masalasida o‘zgalarga qaram edik. Kundalik ehtiyoj uchun zarur iste’mol mollarining uchdan ikki qismi, hatto oddiy tuz va gugurt ham chetdan olib kelinardi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan paytda ayrim xalqaro moliyaviy tashkilotlar rivojlangan davlatlarda qo‘llanilgan bozor mexanizmlarini tatbiq etishni maslahat berdi. Biz ulardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri nusxa ko‘chirmadik. Dunyoda tan olingan modellarning eng yaxshi jihatlarini o‘rganib, o‘zimizga mos va o‘zimizga xos taraqqiyot yo‘lini tanladik. Bu yo‘l davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, xalqimizning davlatchilik tarixi, milliy-diniy qadriyatlari hamda jahon tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqildi. Mashhur besh tamoyilga – iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi, davlat – bosh islohotchi, qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishga asoslangan ana shu model bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish strategiyasi sifatida barcha amaliy ishlarimizning mustahkam poydevori, taraqqiyotimizning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. Hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, bu strategiya bozor iqtisodiyoti nazariyalarini yanada boyitdi, o‘tish davrini boshidan kechirayotgan davlatlar uchun yana bir namunaga aylandi. Bu modelning barcha sinovdan muvaffaqiyatli o‘tishiga sabab bo‘lgan omillari ko‘p. Ularning eng asosiysi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishda turli xil sakrashlarsiz, ya’ni inqilobiy yo‘ldan emas, balki tadrijiy rivojlanish yo‘lidan borish tamoyilidir. Islohotlarni amalga oshirishda davlat bosh mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi ana shunday tadrijiylikning muhim jihatidir. Xalqaro tashkilotlar ham bugun o‘tish davri iqtisodiyotida, chuqur islohotlarni amalga oshirishda davlatning roli haqiqatan ham katta ekani, buni O‘zbekiston tajribasi amalda isbotlaganini keng tan oldi. Hozirgi vaqtgacha davom etayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida hatto rivojlangan mamlakatlarda ham iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli oshayotgani O‘zbekistonning bu boradagi yo‘li naqadar to‘g‘ri ekanini ko‘rsatdi. O‘zbekistonning rivojlanash dasturi yaqinlashib kelayotgan xatarning oldini olish hamda iqtisodiyotni yanada mustahkamlash, uning raqobatdoshligini oshirishga yo‘naltirilgani bilan ajralib turadi. Ana shunday uzoqni ko‘zlab ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli inqiroz avjiga chiqqan eng og‘ir yillarda ham mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlik saqlab qolindi, yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari ta’minlandi. O‘zbekiston iqtisodiyoti dunyodagi eng kam talofat ko‘rgan mamlakatlardan biri bo‘ldi. Toshkent shahrida ushbu dasturni va uning samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan jahon miqyosida ko‘zga ko‘ringan yirik iqtisodchi olimlar, ekspert va tahlilchilar O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lini to‘la qo‘llab-quvvatlab, bu tajribani boshqa davlatlar amaliyotida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling