«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar”


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar” 
24 
tipga bo’lishadi: an‘anaviy jamiyat, industrial jamiyat. Shunga monand ravishda iqtisodiy rivojlanishning 
olti bosqishi ajratiladi:
traditsion jamiyat
➢ o’tkinshi jamiyat;
➢ industrial jamiyatga o’tish; 
➢ industrial jamiyat; 
➢ ommaviy iste‘mol jamiyati; 
➢ yangi turmush tarsi. 
Iqtisodiy tizimlar mulkchilikka asoslangan holda vujudga keladi. Inson ma’lum bir faoliyat yoki 
mehnat orqali avloddanavlodga o’tgan oyliklar va tabiat in‘om etgan boyliklar mulk bo’lib kelgan. Mulk 
egasi bo’lish yoki bo’lmaslikka qarab, kishilarning jamiyatdagi mavqei, ularning ijtimoiy maqomi yuzaga 
keladi. Iqtisodiyot doimo mulkiy munosabatlarga asoslanadi. Mulkchilikning qay darajada rivojlanganligi 
mamlakat iqtisodiy ravnaqini ko’rsatib beradi.
O’zbekiston Respublikasida mavjud tabiy zaxiralar, iqtisodiy,moliyaviy resurslardan samarali 
foydalanish, cheklangan zahiralardan yuqori samara olish, aholini ish bilan ta’minlash, iqtisodiy o’sishni 
ta‘minlash bo’yicha islohotlar olib borilmoqda. O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni,ayniqsa, 
tadbirkorlarni rivojlantirishga oid iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, milliy valutamizni muntazam 
ravishda mustahkamlab borish, xo’jalik yurituvchi subyektlar uchun soliq yukini kamaytirish, chetdan olib 
kiriladigan sarmoyalarga keng yo’l ochib berish, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 
rag’batlantiruvchi omillar yaratish demakdir. Iqtisodiyotning ijtimoiy yo’nalishini kuchaytirish, ishlab 
chiqarishni iste’molchilar talablari asosida tashkil etish hamda fuqarolar erkinligiga keng yo’l ochib berish, 
ularning mavjud imkoniyatlardan to’la foydalanishi, yuqori unum, yoshlarimizning tashabbuskorlik va 
tashkilotchilik asosida tadbirkorlik faoliyati olib borishlarini ta’minlashdir. Ta’kidlaganimizdek kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatni ham iqtisodiy ham ijtimoiy tomonlama qo’llashidan kelib chiqib 
bu sohani mamlakatda rivojlantirish va uni tashkiliy huquqiy asoslarini ta’minlash orqali yurtimizda olib 
borilayotgan iqtisodiy - ijtimoiy siyosatlar yetarli darajadadir. 
Jamiyatda mulkchilik munosabatlari davlat hududida mavjud bo’lgan moddiy va moliyaviy 
boyliklarni o’zlashtirish xususidagi iqtisodiy munosabatlar. Mulkchilik, birinchidan, inson bilan boylik 
o’rtasidagi munosabat, ikkinchidan, boylik yuzasidan kishilar o’rtasidagi munosabat. Mulkchilik 
o’zlashtirish borasidagi munosabat bo’lar ekan, u egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishning yaxlitligini 
taqozo etadi. Mana shu uch jihat mulkchilikning ajralmas unsurlaridir. Egalik qilish - mulkdorlik 
huquqining mulk egasi qo’lida saqlanib turishidir. Egalik sharoitida mulk bo’lgan boylik qisman 
o’zlashtiriladi. Mulkka egalik saqlangan xolda, uni amalda ishlatish o’zga qo’lida bo’ladi. Buning oqibatida 
mulkdan kelgan naf ikki qismga ajraladi: bir qismini mulkdor, ikkinchisini mulkni amalda ishlatuvshi 
o’zlashtiradi. Foydalanish, ishlatish-mulk bo’lgan boylikni iqtisodiy faoliyatda qo’llab, xo’jalik jarayoniga 
kiritib, undan natija olish. Foydalanish yuz berganda boylik daromad topish yoki shaxsiy 
ehtiyojni qondirish uchun ishlatiladi. Mulkdor o’z mulkini o’zi ishlatganda egalik qilish va foydalanish bir 
qo’lda bo’ladi. Ya‘ni mulkdor mehnatidan topgan foydani o’zi o’zlashtiradi. Tasarruf etish - mulk bo’lgan 
boylik taqdirini mustaqil ral etish, ya‘ni mulkni sotib yuborish, ijaraga berish, merosga qoldirish, 
asrabavaylab ko’paytirish yoki uni yo’qotib yuborishdan iborat xattixarakatlarni amalga oshira bilishdir. 
Mulkdor o’z molmulkiga nisbatan qonunga zid bo’lmagan har qanday xattixarakatlarni qilishga raqlidir. U 
mulkdan qonun bilan taqiqlanmagan har qanday xo’jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshira oladi.
O’zbekiston Respublikasida rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asoslangan holda tadbirkorlik va 
xususiy sektorni shakllantirish hamda rag’batlantirishda katta e’tibor berilmoqda. Mamlakatimizda 
O’zbekiston Respublikasining “ Tadbirkorlik to’g’risidagi” va “ Tadbirkorlikni rag’batlantirish”, “ 
Tadbirkorlik sohasini erkinlashtirish kafolatlari” to’g’risidagi qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlarning 
qabul qilinishi mamlakatda tadbirkorlikni shakllantirish va rivojlantirish uchun muhim baza sifatida xizmat 
qilmoqda. Iqtisodiy qonunlar vositasida tarmoqlar tizimini tashkil qilishdan asosiy maqsad mamlakat 
iqtisodiyotida mavjud bo’lgan ijtimoiy- iqtisodiy muammolarni hal qilish bilan birga bu sohani birinchi 
navbatda qonuniy bazasini yaratishni tadbiq etadi.Bu esa o’z navbatida kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik subyektlariga ko’proq erkinlik berilishi ularda o’z faoliyatining yakuniy natijalari uchun 
javobgarlik hissini yanada oshiradi. Shu jihatdan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish 
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor yo’nalishlaridan biridir.

Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling