«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
[1] “O‘zbekiston Respublikasida investisiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi PF-5495-sonli Farmoni.
www.lex.uz
[2] 2017-2022 yillarda O‘zbekistonga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hajmi 1,5 barobar 
ortdi. 
Muallif: 
www.aniq.uz
 
https://aniq.uz/yangiliklar/2017-2022-yillarda-uzbekistonga-kiritilgan-
tugridan-tugri-xorijiy-investisiyalar-hajmi-1-5-barobar-ortdi
 
[3] Xalqaro arbitraj sudlari qarorlarini tan olish va ijroga qaratishni tartibga soluvchi milliy qonunchilik 
deganda nima tushuniladi? Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta'minlash markazi yetakchi 


“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar” 
32 
maslahatchisi 
M.Ismatov 
https://andijon.adliya.uz/main/uz/interaktivnye-uslugi/sizning-
savolingiz/title.php?ELEMENT_ID=19648
 
[4] O‘zbekiston Respublikasining 16.02.2021 y. O‘RQ-674-son “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi 
Qonuni 
https://lex.uz/docs/5294106
 
[5] O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil uchun Murojaatnomasi. muallif: 
www.review.uz
  
https://review.uz/uz/post/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-2023-yil-uchun-
murojaatnomasi-toliq-matn
 
[6] Mening Konstitutsiyam sayti. 
https://meningkonstitutsiyam.uz/uzc
 
XUSUSIY SEKTORGA INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH 
YO’LLARI 
Qosimova Lola Sultanovna
“Fermerlar maktabi” MChJ O’quv bo’limi boshlig’i 
Bugungi kunda xususiy sektorni davlat tomonidan moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash uning 
boshlang’ich bosqichini bosib o’tayotganligi, xususiy sektor tuzilmalari o’z faoliyatini rivojlantirish uchun 
yetarli resurslarga ega emasligi, yetarli mol-mulk yo’qligi, ssudani qaytarishni kafolatlay olmaslik
kreditlash amaliyotida huquqiy jihatlarning to’la shakllanmaganlik, moliyalashning rivojlangan 
mamlakatlar tajribalaridan yetarlicha foydalanila olinmayotganlik kabi sabablari bilan bog’liqdir. 
Bir vaqtning o’zida, bu sohada hali ko’plab muammolar mavjud. Bulardan asosiylari sifatida 
quyidagilarni keltirish mumkin: 
— sanoat sohasidagi kichik biznes subyektlari va yirik korxonalar o’rtasida sanoat 
kooperatsiyasining keng yo’lga qo’yilmaganligi; 
– xususiy sektorda jahon andozalariga mos keladigan texnika-texnologiyadan foydalanishning past 
darajadaligi; 
– xususiy sektorda investitsiyalarning tezda samara bermasligi natijasida berilgan kreditlarning 
qisqa muddatliligi; 
– xususiy sektorda investitsiyalarni sug’urtalash amaliyotining sust rivojlanganligi; 
– xususiy sektor vakillarida yetarlicha moliyaviy menejment, marketing sohasidagi bilim va 
malakaning yetishmasligi; 
– mahsulot sotishdagi qiyinchiliklar va bankdagi hisobvarag’ida turgan mablag’lardan 
foydalanishning cheklanganligi va boshqalar. 
Xususiy sektorga investitsiyalarni jalb qilish va uni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni 
takomillashtirish yo’lida quyidagilarga e’tibor qaratish lozim, deb hisoblaymiz. 
Birinchidan, xususiy sektor loyihalariga mablag’ ajratish jarayonini tartibga soluvchi normativ-
huquqiy hujjatlarni qayta ko’rib chiqish va ularni samarali moliyalashtirish uchun yetarli bo’lgan huquqiy 
hujjatlar ro’yxatini aniqlashtirish lozim.
Ikkinchidan, tijorat banklarida kredit hujjatlarini shakllantirish jarayoni soddalashtirilishi lozim.
Uchinchdan, kredit olish uchun taqdim etilgan hujjatlar birinchi bosqichdayoq kredit bo’limlari 
xodimlari tomonidan ma’suliyatli, adolatli va o’z vaqtida baholanishi lozim.
To’rtinchidan, tijorat banklarida Markaziy bank tomonidan tavsiya etilgan kichik biznes 
subyektlarining kredit hujjatlarini ko’rib chiqish tartibi muddatlarga muvofiq ishlab chiqilgan bo’lishish 
lozim.
Beshinchidan, tijorat banklari bo’limlarining vakolatlari kengaytirilishi lozim, xususan, xorijiy 
kreditlardan foydalanishda yoki o’z mablag’lari yetarli bo’lmaganda kredit taqdim etish imkoniyatlari 
to’g’risida qaror qabul qilish va baholash imkoni berilishi zarur. 
Oltinchidan, kichik biznes subyektlarining kreditga layoqatliligi va holatini baholash ishlari oddiy 
moliyaviy ko’rsatkichlarni aniqlash bilangina emas, balki, uning faoliyati samaradorligini, tovar va xizmat 
ko’rsatish bozoridagi, tarmoqdagi holatini (pozitsiyasini) hisobga oluvchi uslubiyot bo’yicha o’tkazilishi 
lozim.
Yettinchidan, xususiy sektor investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashini ekspertizadan 
o’tkazish uslubiyoti buxgalteriya hisobi standartlariga, soliqqa tortish va loyihaviy tahlil qoidalariga 
muvofiq bo’lishi lozim va bunda ularning xususiyatlarini hisobga olish kerak.
Sakkizinchidan, banklar manfaati va xususiy sektor korxonalari moliyaviy bazasining darajasi 
pastligini hisobga olib, manfaatdor bo’lgan davlat organlarining kafolat berishi asosida kreditlash 
sxemasini qo’llash foyda keltirishdan holi emas.



Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling